Mavzu : iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar 1-§. Iste’mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi


-chizma. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha modeli



tải về 171.1 Kb.
trang10/10
Chuyển đổi dữ liệu03.04.2024
Kích171.1 Kb.
#57058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar 1-§. Iste’mol va

8-chizma. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha modeli.

CHizmadan ko‘rinadiki, grafik ko‘rsatkichlarining joylashuvi ham klassik modeldan farq qiladi. Tik o‘qda jamg‘arma (S) va investitsiya (I) darajasi, yotiq o‘qda esa milliy daromad darajasi (NI) joylashgan. Iqtisodiyotdagi jamg‘arma darajasi milliy daromad hajmiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Milliy daromad hajmi amalda investitsiya darajasiga ham ta’sir ko‘rsatsada, mazkur modelda uni milliy daromadga bog‘liq bo‘lmagan, ya’ni avtonom holda beriladi.


Grafikda investitsiya va jamg‘arma egri chiziqlari E nuqtada kesishadi. Agar iqtisodiyotdagi to‘la bandlik holatiga milliy daromadning F darajasida erishiladi, deb tasavvur qilsak, u holda bu darajada investitsiya va jamg‘arma muvozanatini (EF nuqta) ta’minlash uchun investitsiya IF darajada bo‘lishiga erishish lozim bo‘ladi. Biroq, Keyns talqiniga ko‘ra, investitsiya va jamg‘arma darajasining muvozanati to‘la bandlik bo‘lmagan sharoitda ham ta’minlanishi mumkin: grafikdagi milliy daromadning N hajmida aynan shu holatga (E nuqta) erishiladi.
Investitsiya va jamg‘arma darajalari muvozanatining klassik va keynscha modellari o‘rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi: birinchidan, klassik modelda bu muvozanat ro‘y berishi uchun iqtisodiyotning doimiy ravishda to‘la bandlik holatida bo‘lishi taqozo etiladi. Keynscha modelda esa, yuqorida ko‘rib chiqilganidek, bu muvozanatga to‘la bandlik bo‘lmagan holatda ham erishish mumkin; ikkinchidan, klassik modelda narx mexanizmi juda harakatchan bo‘ladi. Keynscha modelda narxning bunday moslashuvchanligi inkor etiladi; uchinchidan, yuqorida ta’kidlanganidek, klassik modelda jamg‘arma foiz stavkasining funksiyasi sifatida, keynscha modelda esa daromad funksiyasi sifatida qaraladi.
Demak, yuqoridagilardan ko‘rinadiki, jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan, real hayot, ya’ni iqtisodiyotning to‘la bandligi mavjud bo‘lmagan holatga nisbatan ham tatbiq etilib, takomillashtirilgan model hisoblanadi. SHunga ko‘ra, biz ham makrodarajadagi boshqa muammolarni ko‘rib chiqish va tahlil qilishda asosan ushbu modeldan foydalanamiz.


Takrorlash uchun savol va topshiriqlari:

1. Iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalarning iqtisodiy mazmunini qisqacha ta’riflang.


2. Iste’mol va jamg‘armaning miqdorini aniqlovchi asosiy omillarini sanab ko‘rsating.
3. Iste’mol va jamg‘arma funksiyalarining grafikdagi tasvirini chizib, ularga shartli raqamlar qo‘llagan holda tushuntiring.
4. Manfiy va musbat (ijobiy) jamg‘arma nima va ularning grafikdagi joylashishi qanday bo‘ladi?
5. Jamg‘arish normasi qanday aniqlanadi? Unga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
6. Iste’molga va jamg‘armaga o‘rtacha moyillik deganda nimani tushunasiz? Iste’mol va jamg‘armaga qo‘shilgan moyillik qanday aniqlanadi?
7. Investitsiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar belgilab beradi? Ularning qisqacha tavsifini bering.
8. YAlpi investitsiya va amortizatsiya nisbati o‘zgarishining iqtisodiyotga ta’siri qanday?
9. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning klassik modelining mohiyatini tushuntirib bering.


1 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Т.: «Янги аср авлоди», 2001, 63-бет.

2 ЎзР Иқтисодиёт вазирлиги Самарали иқтисодий сиёсат маркази. Ўзбекистон иқтисодиёти. Таҳлилий шарҳ, 2004 йил. № 8, март 2005 йил. 53-62-бетлар.

tải về 171.1 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương