Mavzu : iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar 1-§. Iste’mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi


-chizma. Iste’mol funksiyasining grafikdagi tasviri



tải về 171.1 Kb.
trang2/10
Chuyển đổi dữ liệu03.04.2024
Kích171.1 Kb.
#57058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar 1-§. Iste’mol va

1-chizma. Iste’mol funksiyasining grafikdagi tasviri.

Har ikkala o‘q o‘rtasidan 45 ostida o‘tuvchi 0F to‘g‘ri chiziq iste’mol sarflari va ixtiyordagi (sof) daromadning miqdoran tengligini ifodalaydi. 0Y o‘qidagi har qanday daromad miqdorini ifodalovchi ushbu chiziqda joylashgan nuqta 0S o‘qning tegishli miqdordagi iste’mol sarfiga teng bo‘ladi. Boshqacha aytganda, uy xo‘jaligi sof daromadning barcha hajmini to‘liq iste’molga sarflaydi. Biroq, bunday tenglik amalda doimo ham ro‘y beravermaydi. Iste’mol sarflari miqdori ba’zida joriy sof daromadlar miqdoridan past bo‘lishi, ba’zida esa oshib ketishi ham mumkin. SHuning uchun iste’mol egri chizig‘i S sof daromad 0F chizig‘iga mos tushmay, unga nisbatan ma’lum darajada og‘adi. Har ikkala chiziqning o‘zaro kesishgan V nuqtasi «0 darajadagi jamg‘arma»ni anglatadi. Bu nuqtaning chap tomonida iste’mol sarflari daromad miqdoridan yuqori bo‘lib, bu manfiy jamg‘arma deb ataladi.


SHuni ham ta’kidlash lozimki, real hayotda iste’molning ma’lum qismi daromad hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, biron-bir shaxsning daromadi kutilmaganda juda past darajaga tushib qolishi mumkin. Biroq, bu shaxs, daromadi bunga imkon bermagan taqdirda ham, ma’lum darajada ovqatlanish, kiyinish va boshqa zarur iste’mol xarajatlarini amalga oshirishga majbur. U mazkur sarflarni yo oldingi davrda jamg‘arilgan daromadlari hisobiga, yoki o‘zgalardan qarz olish hisobiga qoplashi mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda iste’mol sarflarining bu darajasi avtonom (ya’ni, joriy sof daromaddan mustaqil) holdagi iste’mol darajasi deyiladi. Bizning grafigimizda bu daraja S0 nuqtadan boshlanadi.
CHizmadagi V nuqtaning o‘ng tomoni esa ijobiy (musbat ishorali) jamg‘arma deb ataladi. Aynan V nuqtada aholi daromadlari va sarflarining muvozanatiga erishiladi. Daromad miqdori oshib borgan sari bu muvozanat buzilib, jamg‘arma miqdori ortib boradi. CHizmadagi daromadning Y1 darajasida iste’mol miqdori E1E0 kesmadan, jamg‘arma miqdori esa E0E2 kesmadan iborat bo‘ladi.
Jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri bir oz o‘zgacha ko‘rinishda bo‘ladi (2-chizma).
S
S=S(Y)

E0



B E2
0 Y1 Y



tải về 171.1 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương