O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq


Boshlang‘ich tashkilotlarda harakatli o‘yinlarni tashkil qilish yo‘llari



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang27/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
 
Boshlang‘ich tashkilotlarda harakatli o‘yinlarni tashkil qilish yo‘llari 
Ommaviy sog‘lomlashtirish - sport maskanlarida harakatli o‘yinlar 
Ommaviy sog‘lomlashtirish - sport maskanlarida quyidagi turlarga bo‘lish 
mumkin: 
1. sport inshoatlari 
2. maktab o‘quvchilarining yozgi dam olish oromgoxlari 
3. o‘quvchi yoshlar va talabalarning sog‘lomlarshtirish - sport maskanlari 
4. mexnatkash va ziyolilarning dam olish uylari 
5. sog‘lomlashtiruvchi maxsus markazlar 
6. davolash muassasalari 
Ma’lumki ularning faoliyatida turli yo‘llar bilan sog‘lomlashtirish, jismoniy 
rivojlantirish va chiniqish jarayonlari asosiy maqsad va vazifa qilib qo‘yiladi. 
Sport inshoatlarida sog‘lomlashtirish tadbirlari ham har-xil bo‘ladi. Asosan 
sog‘lomlashtirish guruhlarning mashg‘ulotlari va dam olish kuni yoki turli 
bayramlar munosabati bilan o‘tkaziladigan ommaviy jismoniy madaniy tadbirlari 
(maxsus testlarga tayyorgarlik, bo‘lim, sex yoki jamoalar o‘rtasidagi musobaqalar, 
yakka tartibda shug‘ullanish, oilaviy o‘yin - mashqlari va h.k.). 
Turli hil sabablar ( og‘ir dard, og‘irlikni kamaytirish va h.k.) bilan 
salomatligi pasaygan kishilar yoki jismoniy chiniqishi maqsad qilib qo‘yganlar 


bilan maxsus sog‘lomlashtirish guruhlari tashkil etiladi. Ularning turlariga qarab 
maxsus mashqlar va harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullashtiriladi. Bunday paytlarda 
“kim tez” mazmunida bo‘yin, yelka, qo‘l, gavda va oyoq bo‘g‘inlarni aylantirish, 
burish, bukish va h.k harakatlar sanoq orqali yoki vaqtga qarab amalga oshiriladi. 
Shuningdek, “Bo‘sh”, “Qopdan” kabi harakatli o‘yinlar shug‘ullanuvchilar uchun 
qiziqarli bo‘lish mumkin. 
Umumta’lim maktab o‘quvchilarning yozgi dam olish oromgoxlarida 
sayohatlar, turli musobaqalar, kechki gulxan, oqar suvlarda cho‘milish kabi 
sog‘lomlashtirish tarkibida harakatli o‘yinlar muhim o‘rin egallaydi. Ayniqsa 
maydon, keng o‘tloq va tabiat masharalariga boy bo‘lgan soya - salqin joylarda 
harakatli o‘yinlar, estafetalarni o‘tkazish yaxshi samaralar beradi. Bunday 
paytlarda “Yomg‘ir”, “Qopdan”, “Qarmoq”, “Xo‘rozlar jangi”, “Insiz quyon” kabi 
milliy harakatli o‘yinlar va turli estafetali o‘yinlar maqsad va mazmun jihatdan 
muxim ahamiyatga ega bo‘ladi. 
O‘yinlarni tushuntirish, tashkil qilish, o‘tkazish va yakunlashda tashkilotchi 
ya’ni jismoniy tarbiya o‘qituvchisi pedagogik tamoyillarning barcha usullaridan 
foydalanadi. 
O‘quvchi yoshlar va talabalarning sog‘lomlashtirish - sport maskanlari 
maktab o‘quvchilarining yozgi dam olish oromgohlari kabi tog‘li joylar yoki 
daryo sohillarida tashkil etiladi. 
Ta’kidlash lozimki ko‘pchilik kasb - xunar kollejlari va oliy o‘quv 
yurtlarining sog‘lomlashtirish sport maskanlari ilg‘or tajribalarga egadir. Ayniqsa 
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (Xumson), O‘zDjti 
(Kumushqon), Samarqand DU (Urgut), Farg‘ona DU (Xamzabod - Shohimardon) 
kabilarning sport oromgoxlarida sportakiadalar, o‘rtoqlik uchrashuvlar, sport 
turlari bo‘yicha birinchiliklar, ayniqsa bir kunlik va ko‘p kunlik (2-3) piyoda 
yurish sayohatlari, snaryadga chamalash (Mo‘ljallash) kam tadbirlar bilan bir 
qatorda turli estafetalar, turli harakatli o‘yinlar bo‘yicha ham qiziqarli bahslar 
tashkil qilinadi. Ular asosan; izlab top, arqonda tortilib chiqish, cho‘qqiga kim tez 
chiqadi, poda to‘p, chillik kabi milliy va zamonaviy harakatli o‘yinlar g‘oyat 


qiziqarli o‘tkazilib boriladi. Shu sababli shug‘ullanuvchilar va tomoshabinlarda 
jismoniy sifatlar bilan bir qatorda estetik zavq olib ongi ustuvor bo‘ladi. 
Mexnatkash va ziyolilarning dam olish uylari tog‘li joylarda joylashib
ularda sog‘lomlashtiruvchi milliy madaniyat tadbirlari rejali ravishda tashkil 
qilinadi. Ularning mazmunida harakatli o‘yinlar ham o‘ziga xos darajada o‘rin 
egallaydi. Ayniqsa guruh, jamoa bo‘lib turli o‘yinlar, estafetalar ko‘proq 
qo‘llaniladi. Tennis, badminton, qo‘l voleyboli, voleybol to‘ri, tennis to‘ri ustidan 
to‘pni tepib oshirish. Bosh bilan o‘tkazish kabi o‘yinlar qiziqarli ravishda tashkil 
etiladi. Maydonlarda arg‘amchi bilan sakrash, chambaraklar orasidan o‘tib 
yugurish, tayyoqlar, arqonlarni tortish, daraxt (turnik) va boshqa tabiiy 
moslamalarda (narvon) osilish, tortilish, qo‘llarda osilib o‘tish, otib tutish kabi 
harakatli ham qo‘llaniladi. Eng qizig‘i esa, “Uchinchisi ortiqcha”, “Qarmoq”, 
“Qopqon”, “To‘pni doirada aylantirish”, “Kartoshka ekish” kabi o‘yinlardan 
maqsadli foydalaniladi. 
Ma’lumki, tog‘li dam olish joylarda piyoda yurish sayoxati, oqar suvda 
cho‘milish, suv sepib o‘ynash, ariq, jar, to‘siqlardan sakrab, osilib chiqish kabi 
harakatli musobaqa shakilda o‘tkaziladi. 
Dam olish yakunlarida gulxan yoqish, baxslar, aytishuvlar, topishmoqlar 
mazmunida harakatli o‘yinlar joy oladi. 
Sog‘lomlashtirish tadbirlaridan mamnun bo‘lgan kattayu - kichik yoshdagi 
kishilar o‘z tassurotlari bilan o‘rtoqlashib, harakatli o‘yinlar, sayoxatlarni yanada 
mazmunli, qiziqarli ravishda tashkil etishi taklif qilishadilar. 
Umuman olganda mehnatkashlarning sog‘lomlash turini va dam olish 
o‘yinlaridagi jismoniy madaniyat tadbirlari, ayniqsa harakatli o‘yinlar, piyoda 
yurish sayohatlari maqsad va mazmun jihatdan ancha ustuvor turadi. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương