O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq


III bo‘lim JISMONIY MADANIYaT HARAKATINING TURLI TARMOQLARIDA



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang26/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
III bo‘lim
JISMONIY MADANIYaT HARAKATINING TURLI TARMOQLARIDA 
MILLIY HARAKATLI O‘YINLARNI TAShKIL QILISh YO‘LLARI. 
Milliy harakatli o‘yinlarni tashkil qiluvchi mas’ul tashkilotlar. 
Jismoniy tarbiya harakatini boshqaruvchi va ifoda etuvchi davlat idoralari va 
jamoatchi tashkilotlar mavjud. Ular asosan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va 


sport ishlari vazirligi, Respublika prezidenti devonidagi mas’ul xodimlar, 
Respublika xukumati tarkibidagi mas’ul vakillar, deyarli barcha vazirliklar 
qoshidagi jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari kabi davlat yo‘li bilan 
boshqaruvchilardir. 
Jamiyat tashkilotchilari kasaba uyushmalari, yoshlar ijtimoiy harakati 
“Kamolot”, Xotin - qizlar qo‘mitasi, xayriya jamg‘armalari va kabilardan iboratdir. 
O‘zbekistonni ifoda qiluvchi “Dinamo”, “Yoshlik”, “Talaba”,”Paxtakor”, 
“Vatanparvar”, kasaba uyushmalari sport jamiyati, markaziy harbiy sport klubi 
(MHSK) va bir qator davlat idoralari qoshidagi sport klublar jismoniy madaniyat 
va sport ishlarini olib boruchi maxsus tashkilotlardir. Ularning viloyatlar, shahar - 
tuman tarmoqlari ham mavjud.
Mazkur sport tashkilotlari va uyushmalari o‘quvchi yoshlar (Yoshlik), 
talabalar (Talaba), mehnatkashlar (kasaba uyushmasi sport klubi, “Paxtakor”), 
harbiylari ko‘maklashuvchi (MHSK), ichki ishlar xodimlari (Oinamo) va shu kabi 
ko‘p tarmoqli sohalarni o‘zlariga uyushtiradi. Ularning asosiy maqsad va vazifalari 
asosan ommani jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullantirish turli - tuman
musobaqalarini o‘tkazish, turli jamoalarni tashkil qilib xalq aro sport 
musobaqalarga tayo‘rlash hamda qatnashtirishdan iboratdir. 
Shuningdek, ommaviy sog‘lomlashtirish sport tadbirlari, turli xil sport 
baylarmlari hamda musobaqalari ko‘rgazmali sport tizimlarida milliy harakatli 
o‘yinlardan foydalanishni amalga oshiradi. Shu asosan har bir sport tashkilotlari va 
uyushmalarining quyi tarmoqlarida ta’kidlangan tadbirlarni ommaviy ravishda 
o‘tkazish asosiy o‘rinni egallaydi. 
Masalan: Navro‘z, mustaqillik kuni, hosil bayramlari, kasb - xunar kunlarini 
nishonlash, ko‘p bosqichli va jamoalardagi turli sport musobaqalarini tashkil 
etadigan xarakatldi o‘yinlardan foydalanadilar. 
Masalan: 
Ko‘p bosqichli (“Umid nixollari”, “Barkamol avlod”, 
“Universiada”) sport musobaqalari, xalq milliy o‘yinlari Respublika 
musobaqalarini tashkil qilishda barcha vazirliklar va jamoat tashkilotlari o‘zaro 
hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadilar. Ularning ochilish va yopilish marasimlarida 
turli harakatli o‘yinlar naoyish etiladi. Ayniqsa milliy kurashlarimizning qissalari 


(element), ot o‘yinlari, arqon tortirish, bilak kuchini sinash kabi milliy harakatli 
o‘yinlar ko‘rsatma-namoyish mazmunida chuqur o‘rin egallaydi. 
“Alpomish o‘yinlari”, “To‘maris o‘yinlari” kabi Respublika festivallarda 
dasturning asosiy mazmunini harakatli o‘yinlar tashkil etadi.
Yana etiborli tomoni shundaki, “Paxtakor” sport klubining quyi tarmoqlaridagi 
xodimlar ishtirokida qishlaqlar, qo‘g‘onlardagi (posyolka) katta to‘ylarda xilma-xil 
harakatli o‘yinlarni tashkil qilish an’anaga aylanmoqda. Buni “yelkadan oshirib 
otish, bilak kuchini sinash, ko‘prik, tuya, xo‘kizlarni ko‘tarish. Otdan og‘darish, 
poyga kabi qadimiy milliy o‘yinlar keng qo‘llanilmoqda. Xulosa qilib aytilsa
davlat va jamiyat tashkilotlari milliy harakatli o‘yinlarni ommalashtirish yo‘lida 
mas’uliyat bilan ish olib bormoqda. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương