O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang28/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
Cog‘lomlashtiruvchi maxsus maskanlar deganda, asosan turli idoralar va 
xodimlarning salomatligini yaxshilash, jismonan chiniqtirishga qaratilgan saunalar 
tushuniladi. Ularda bug‘li hammom, sovuq suvli hovuzlar, uqalash (massaj) 
xonalari va trenajyor uskunalari mavjud bo‘ladi. Kishilar eng avvalo 
mutaxassislarning tavsiyasi bo‘yicha turlicha mashqlar – o‘yinlarni bajaradi. 


Futbol va boshqa o‘yin maydonlari, sport zallarga ega bo‘lgan yoki 
saunalarga yaqin bo‘lgan sport inshoatlarida odatda ko‘pchilik kishilar futbol 
(qoidasi ixchamlashgan), voleybol, basketbol, tennis, badminton kabi sport 
o‘yinlarining elementlari bo‘yicha bahs o‘tkazishadi. Qaysi birlari esa turli 
estafetalar, bu osilish, tortilish, osilib tushish, bilak kuchini sinash kabi o‘yin - 
mashqlar bo‘yicha bir-birini sinadilar. 
Estafetalarda esa tana a’zolari, ayniqsa bo‘g‘inlar, mushaklarning kuchi, 
chidamligini oshirish bo‘yicha mashq qilishadi. Oyoqlarning bo‘g‘in va 
mushaklarini 
mustaxkamlash 
uchun 
maxsus 
moslamalarda 
(velosiped, 
aylanayotgan rezina - yo‘l va h.k.) vaqtga yugurishadi va kim ko‘p chidaydi 
kabilarda bahslashadilar. 
E’tiqod etish lozimki, ko‘p qavatli uylarning bolaxonalari (balkon), 
shuningdek hovlilarda turnik, hamda gantel, boks – kurash moslamalari, turli 
to‘ldirilgan to‘plar. Arqoncha, gimnastika tayoqchalari, kabi sport buyumlari bilan 
jihozlab ulardan uy sharoitida foydalanuvchilar ko‘paymoqda. Ba’zi kishilar esa 
trenajyorlar o‘rnatib, oilaviy ravishda ularda shug‘ullanishni odat qilib oladilar. 
Xulosa shundaki. Maxsus sog‘lomlashtirish maskanlari va uy sharoitida 
harakatli o‘yinlardan foydalanish jismonan baquvvat bo‘lishning omiliga aylanadi. 
Bu esa sog‘lom turmush tarzini kechirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Davolash muassasalari deganda faqat shifoxonalar tushanilmaydi. Balki 
poliklinikalar. Sanatoriyalar, shaxsiy davolovchi maskanlar ham bu yo‘lda o‘ziga 
xos sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishlar bo‘lib xizmat qiladi. 
Bunday maskanlar tarkibini quyidagi turlarga ajratiladi, ya’ni: 
1. Shifoxonalarda jismoniy mashqlar bilan davolash 
2. Poliklinikalarda jismoniy tarbiya vositalari orqali davolash 
3. Dam olish uylari va sanatoriyalarda jismoniy mashqlar, harakatli o‘yinlar bilan 
davolash 
4. Doimiy (statsionar) maxsus davolash muassasalarida (shifoxona, sanatoriy va 
h.k.) jismoniy mashq - o‘yinlarni qo‘llash. 


Ta’kidlash zarurki mazkur muassasalardagi jismoniy tarbiya vositalari 
(harakatli o‘yinlar) bilan davolash ishlari asosan maxsus jismoniy tarbiya 
mutaxasislari tomonidan olib boriladi. 
O‘zini yaxshi his qilgan va ijobiy tomonga o‘zgarishlarni sezayotganlar 
trenerlar ruxsati hamda tavsiyasi ostida mashq-o‘yinlarni mustaqil ravishda 
boshqarishlari mumkin. 
Shifoxonalarda jismoniy mashqlar-o‘yinlarni qo‘llash asosan shamollagan, 
unga og‘ir dardga ega bo‘lmaganlar bilan guruh bo‘lib shug‘ullanishlar amalga 
oshiriladi. Qattiq lat etgan, singan, chiqqan suyaklar, mushaklar harakatini 
yaxshilovchi mashq-o‘yinlar (bukish, yozish, aylantirish, tortish, itarish va h.k.) 
o‘yin tarzida olib boriladi. Og‘ir jarrohlikdan (operatsiyalar) keyin yaxshilanib 
borayotgan bemorlar xam ma’lum darajadagi o‘yinlar, turli mashqlar qo‘llaniladi. 
Poliklinika, dam olish uylari va sanatoriyalarda odamlarning jismoniy 
jihatdan tayyorgarligiga qarab turli o‘yinlar o‘tkaziladi. 
Trenajyorlardagi mashq – o‘yin qilish uqalash (massaj) qabul qilish, sovuq 
suvlar (vanna va suv bosishgan napor) bilan davolash amalda bajariladi. Jismonan 
tetik va sog‘lom bo‘lgan kishilarga oldin futbol, voleybol, tennis, badminton kabi 
sport o‘yinlarining qismlari (elementlari), gimnastika, yengil atletika (chopish, 
yugurish, sakrash, uloqtirish) suvda suzish kabi o‘yinlar bilan musobaqada 
shug‘ullanish tavsiya etiladi. Maxsus harakatli o‘yinlarni (quvlatish, 
turtirish,”qopqon”, sakrash; “qarmoq”, ortiqcha;”, “ko‘z bog‘lash” kabilar) alohida 
tashkil etilib, ommaviy ravishda ijro etilishini ko‘zda tutiladi va bunga erishiladi. 
Natijada esa dam oluvchilar, qatnashchilarning zavqlanishi mazmunli xordiq 
chiqarish va eng muhimi esa jismonan baquvat bo‘lishini ta’minlashga erishiladi. 
Jismoniy tarbiya sohasidagi talabalar va o‘quvchi yoshlar o‘quv 
jarayonlaridagi maxsus fanlar va jismoniy madaniyat – davolash (vrachebnaya 
fizkultura) kabi fanlarni chuqurroq egallashlari lozim. O‘quv amaoliyotlari 
jarayonlarida tegishli ko‘nikmalar hosil qilish va zarur amaliy malakalarni 
egallashlari lozim. Chunki, o‘quv yurtlari va mehnatkashlarning dam olish 
hududlarida jismoniy tarbiya – o‘yinlari tashkil qilishda birinchi tibbiy yordam 


ko‘rsatish va zarur bo‘lganda ommaviy ravishda turli xil sog‘lomlashtirish 
tadbirlarida harakatli o‘yinlarni maqsadli tashkil qilishga to‘g‘ri keladi. 
Xulosa qilib aytganda davolash muasasalaridagi jismoniy mashq – 
o‘yinlardan foydalanish eng avvalo oyoqqa turg‘azish, mehnat va turmushdagi 
qayta tiklashda xizmat qiladi. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương