Hovli va ko‘p qavatli uylar sharoitida oilaviy va mustaqil ravishda yakka
tartibda jismoniy mashqlar – o‘yinlar orqali o‘z salomatligini yaxshilash maqsad
qilib olayotgan kun sayin ko‘payib bormoqda.
Keng maydonlar bolalarning o‘yin maydonlari, xiyobonlar kun bo‘yi,
ayniqsa dam olish kunlari, ta’til joylari va bayramlarda turli o‘yinlar
bilan band
bo‘lganlar, ko‘payib bormoqda. Ularni tashkil qilishda ota-onalar, ba’zi faol
jamoatchilar, mutaxassislar bevosita faoliyat ko‘rsatmoqda.
Qishloq joylaridagi katta to‘ylar, an’anaviy bayram kunlari va boshqa
madaniy tadbirlar katta-kichik kishilar va bolalar o‘rtasida kurash, ot o‘yinlari,
turli
xil milliy harakatli o‘yinlar mazmuni jihatdan tashqari tashkil qilinmoqda. Ayniqsa
qiz va o‘g‘il bolalarning “Quvlashmoq”, “Arqon tortish”, “Yelkada kurash”,
“Piyoda ko‘pkari”, “To‘qqiz bosh”, “Bo‘ta soldi”, “Ko‘z bog‘lash”, “Kim qoldi”
kabi milliy harakatli o‘yinlar ruschaga tarjima qilingan. Bolalar va o‘smirlarning
qir – adirlarda eshak va otlarga minib qilichbozlik, otdan ag‘darish, tortishish
o‘yinlari zavqli o‘tishi bilan bir qatorda ularning jismoniy kamolotini o‘stirishda
xizmat qilmoqda. Xo‘roz urishtirish, qo‘chqor shoxlatish, it urishtirish, kaklik va
bedanalarni sayratish (bahs), kampirlar va chollarning aytishuvlari, raqslari, turli
harakatli o‘yinlari qadimiy milliy o‘yin sifatida namoyish qilish odati davom
etmoqda. Ularning estetik zavq berishi va sog‘lom bo‘lib uzoq umr ko‘rishda
kishilarga madaniy meros sifatida xizmat vazifasini o‘tamoqda.
Toshkent, viloyatlarining markazlari, shahar tusini olgan tuman markazlari,
katta qo‘rg‘onlarda (posyolka) ommaviy sog‘lomlashtirish tadbirlari keng
ko‘lamda tashkil qilinadi. Ayniqsa, mahalla va ko‘pqavatli uy joy shaoitlarida
estafetali o‘yinlar va milliy harakatli o‘yinlardan keng foydalanilmoqda.
Bunda
bolalar va o‘smirlarning guruh, jamoa bo‘lib musobaqalashishi, kichik yoshdagi
(2-6 yoshli) bolalarning mustaqil ravishda quvlashib o‘ynashi. To‘plar orqasidan
yugurish, futbol, xokkey kabi o‘yin qismlari (element) qiziqarli o‘tmoqda.
Ota-onalar, aka-ukalar yordamida yosh bolalarning (1-6 yoshli) maxsus
moslamalardan (narvonlar, g‘ildiraklar terib qo‘yilgan to‘siqlar, g‘orlar – teshik va
h.k.) o‘ynashi harakatchanligini ta’minlash bilan bir qatorda ularning sho‘x, zavqli
harakatlarini takomillashtirish, estetik hamda emotsional tarbiyasiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatmoqda.
E’tiborli tomoni shundaki, ya’ni mahalla faollari, ayni xotin-qizlar yig‘ilishi,
maktablardagi ota-onalar qo‘mitasi majlislarida ta’lim-tarbiya
mazmunida turli
harakatli o‘yinlarni bolalar bilan maqsadli tashkil qilish ishlari tez-tez muhokama
qilinmoqda. Buning boisi shundaki, madaniyatli, sog‘lom oilalarning farzandlari
o‘qimishli, madaniyatli, sog‘lom bo‘lib, ular el-yurt oldida namuna bo‘lmoqda.
Qaysi birlariga pedagoglik va san’at,
yana birlari sanoat, tijorat, qurilish, texnika
harbiy xizmat va boshqa sohalarda istedodga ega bo‘lmoqda. Demak yashash
joylari, ayniqsa oilada milliy harakatli o‘yinlarning xosiyatlari cheksiz bo‘ladi.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: