O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq


Ulug‘ sanalar, an’anaviy bayramlar va turli milliy udumlarda harakatli



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang32/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
 
Ulug‘ sanalar, an’anaviy bayramlar va turli milliy udumlarda harakatli 
o‘yinlardan foydalanish. 
Mustaqillikning ulug‘ sanalari. O‘zbekistonning mustaqilligi tufayli ulug‘ 
sanalarni belgilash va ularni tantanalar ravishda o‘tkazishda tub burilishlar bo‘ldi. 
Sho‘rolar zamonadagi 1 – may, 7 – nayabr, 5 – dekabr va h.k. sanalarda 
o‘tkaziladigan bayramlar to‘xtatildi va yoshlar ongidan chiqib bormoqda. 
Mamlakatimizda ulug‘ sanalar g‘oyat ko‘p. Ular orasida Mustaqillik kuni 
(31 avgust – 1 sentabr) eng ulug‘, ustuvor sanadir. Shuningdek buyuk sarkarda, 
sohibqiron Amir Temur, sharq she’riyatining sultoni hazrati Alisher Navoiy, Ibn 
Sino, Bobur, shuningdek Oybek, G‘ofur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Xamid Olimjon 
kabi mutaffakirlar, yaqin o‘tmishimizning adiblari, san’at, madaniyat, davlatni 
idora etish va boshqa ko‘p jabhalarda o‘z mehnatlari bilan nom qozongan 
kishilarning tavalludlariga bag‘ishlab katta tantanalar o‘tkazilmoqda. 
1991 yildan boshlab Mustaqillik kuniga bag‘ishlab katta bayram tomoshani 
zo‘r tantana va quvonch bilan o‘tkazib kelinmoqda. Uning dasturidagi 
san’atkorlarning qo‘shiq va raqslarga ko‘proq o‘rin egallaydi. Shunday bo‘lsada 


jismoniy madaniyat va sport, ayniqsa halq milliy o‘yinlari chetda qolib ketgani 
yo‘q. Ular quyidagi ko‘rinishda o‘z ifodasini topmoqda. 
1. Kurashchilar, bokschilar, badiiy gimnastikachi qizlari, chavandozlarning 
namoyish – ko‘rgazmali chiqishlari. 
2. Raqqosalar va o‘yinchi yigitlarning jozibali o‘yinlarida ot choptirish, otdan 
ag‘darish, otda qilichlashish, yelkada kurash, tortishish kabi milliy harakatli 
o‘yinlarning ramziy ijrolari. 
3. Balet raqslarida yigit va qizlarning quvlashib o‘ynashlari, suvda suzishlari, 
kurash va boshqa turlarning ifodalanishi. 
4. Bog‘cha bolalari va maktab o‘quvchilarining sahnaviy o‘yin – raqslari va jam 
bo‘lib hamda yakka tartibdagi qo‘shiqlarda “Alpomish”, “Barchinoy”, “To‘maris” 
Jaloliddin Manguberdi kabi afsonaviy va halq qahramonlari timsollarini namoyish 
etish. 
Ulug‘ adiblar tavalludi munosabati bilan o‘tkazilib kelinayotgan 
yubileylarda kurash va boshqa sport turlari bo‘yicha xalqaro turnirlar tashkil etilib, 
uning boshlanishida turli harakatli o‘yinlar (tosh/gir) ko‘tarish, keksalarning 
olishuvi, arqon tortish, yelka urishtirish, ot o‘yinlari va h.k.. namoyish etilmoqda. 
San’at saroylari, muhtasham kechalarda o‘tkazilayotgan tantanalarda sahna 
yoki ochiq maydonlarda bolalarning kurash tushishi, san’atkorlar raqsida xalq 
milliy o‘yinlarining ramziy ma’nolari ijro etilishi ham diqqatga sazovordir. 
Bunday tadbirlarda xalq milliy harakatli o‘yinlarini ifoda etish - milliy 
qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiboridan darakdir. 
Yurtimizda an’ananaviy bayramlar mustaqillik ko‘hna qilgan adolat
erkinlik, sog‘lom turmush tarzini kechirish va boshqa juda ko‘p madaniy jihatlarni 
o‘zida mujassamlashtirgan ulkan tadbirlarda namoyon bo‘lmoqda. Ular Navro‘z, 
kasb - xunar kuni, hosil bayrami, katta to‘ylar shaklida o‘tkazib borilmoqda. 
Navro‘z - yangi kun, yangi yil, bahor bayrami timsolidir. Navro‘zning asosiy 
belgisi sumalakdir. Navro‘z boshlanadigan kechasi sumalak pishirishda ayollar, 
erkaklar, ayniqsa o‘g‘il va qiz bolalar yig‘ilishib, yuz - ne’matlarni yig‘ishib, 
birgalikda baham ko‘rishadi. Ayollar qozon atrofida yallalar, laparlar aytib raqsga 
tushishadi. Bolalar esa maydonlarda quvlashib turli harakatli o‘yinlarni bajarishadi. 


Bunda “Bekitmachoq”, “Durra soldi”, “Kim keldi”, “Ovozdan top” kabi milliy 
o‘yinlar qiziqarli ravishda o‘tkaziladi. 
Navro‘z bayrami bir - ikki kun emas, hatto hafta va o‘n kunlab o‘tkaziladi. 
Namoyishlar - ko‘rgazmali chiqishlarda kurashchilar, tosh ko‘taruvchilar, bilak 
kuchini sinovchilar, arqon tortish o‘yini va zamonaviy sport turlaridan (akrobatika, 
boks, shtanga, sharqona yakka kurashchilar va h.k.) bahs - musobaqa tashkil 
etiladi. 
Otchoparlar va keng yaylov - qirlarda ko‘pkari - uloq, poyga otdan ag‘darish 
kabi xalq milliy o‘yinlari chiqadi. Tomoshabinlarga “Arqon tortish”, “Chillik” kabi 
milliy harakatli o‘yinlar namoyish qilinadi. 
E’tiborli tomoni shundaki. Navro‘z bayramiga barcha jamoalar ancha vaqt 
ilgari tayyorgarlik ko‘rishadi va bunda ko‘pchilik kishi ishtirok etib, barcha 
tadbirlar qatorida milliy harakatli o‘yinlarni tanlash, ularni ijrochilarga o‘rgatish va 
ular bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarda mutaxassis xodimlar, jamoatchi faollar 
jiddiy ravishda ish tutadilar. 
Navro‘z bayramining mazmunida hayotiy ehtiyojlarni o‘yin shaklida 
ifodalash ancha ustuvor turadi. Ya’ni yer haydash, don yetish, chorvalarni 
ko‘paytirish, boqish, o‘t o‘rish, hashak to‘plash, mehnatdan keyin dam olish kabi 
juda ko‘p faoliyatlar o‘yinlarning mazmunini tashkil etadi. 
Masalaga nazariy jihatdan yondashilsa, har bir jismoniy tarbiya xodimi 
Navro‘z bilan bog‘liq tayyorgarlik ishlarida ijodiy yondoshish bilan faol 
qatnashishlari lozim. Shu asosda o‘quvchi yoshlar va talabalar Navro‘z 
bayramidagi tadbirlardan andaza olishdari, ularni amaliy jihatdan bajarish 
yo‘llarini qunt bilan o‘rganishlari lozim bo‘ladi. 
Navro‘zning davomi va ajralmas bo‘lagi hosil bayrami deyish mumkin. 
Chunki bahorda ekilganlarning hosilini yig‘ib olish, ularni nobud qilmay saqlash 
va xoridorlarga yetkazib berish bilan yakunlanadi. Ba’zi donli ekinlarning hosili 
yozda yig‘ib olinsada, odatda kuzgi “Paxta bayrami” bilan qo‘shib nishonlangan. 
Chunki kuzda dehqonlar, fermerlar, xo‘jalikdagi rahbarlar va qishloq aholisi 
kuzning oxirida tinib - tinchiydi, to‘ylar, bayramlarga tayyorgarlik va ularni 
o‘tkazisha imkoniyat bo‘ladi. 


Hosil bayramining dasturida asosan san’atkorlarning bayram konserti, 
kurashchilar, chavandozlarning o‘yinlari va zamonaviy sport turlari bo‘yicha 
ko‘rgazmali chiqishlar joy oladi. Shunday bo‘lsada oramizda milliy harakatli 
o‘yinlarga ham alohida o‘rin beriladi. Bunda keksayu - yoshlar “quloq cho‘zma”, 
“piyoda poyga”, “chillik”, “poda to‘p”, “eshak mindi”, “ot - eshaklarda poyga, 
ag‘darish, tortishish, kuch sinash bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil milliy harakatli 
o‘yinlar tashkil etiladi. 
Bunday ulkan va murakkab an’anaviy bayramlarni tashkil qilish yo‘llarini 
talabalar puxta o‘rganishlari va amalda qo‘llashi faol ishtirok etishlari maqsadga 
muvofiqdir. 
An’anaviy bayram tusini olayotgan xilma - xil ommaviy madaniy va sport 
tadbirlari ham ko‘paymoqda. Ellarning tarkibida e’tiborga molik bo‘lgan turlardan 
biri xalq milliy o‘yinlariga bag‘ishlangan respublika festivallaridir. Ular asosan 
“Alpomish o‘yinlari”, “To‘maris o‘yinlari” kabilar tashkil etilib kelindi. 
Bu milliy o‘yinlar negizida qadriyatlar, g‘urur va iftixor mazmunlari 
mujassamlashganligi tufayli davlat arboblari, ma’naviy - madaniy sohalarning 
fozillari, yetakchi olimlari katta e’tibor berishdi. 
1991 yil 25 aprelda ilk bor xalq milliy o‘yinlari Respublika musobaqasi 
Jizzax viloyatining Forish tumanida tashkil etilib, u to 1996 yilgacha shu yerda va 
shu tarzda o‘tkazildi. Respublika hukumatining maxsus qarori asosida 1998 yil 
Termizda uni “Alpomish o‘yinlari Respublika festivali” nomi bilan atalib, u har 
ikki yilda bir marotaba o‘tkazilmoqda. 
Xotin - qizlar sportga bog‘ishlab “To‘maris o‘yinlari Respublika festivali” 
1999 yil Jizzaxda tashkil etilib, u ham har ikki yilda bir marotaba o‘tkazilib 
kelindi. Mazkur festivallarni xalq xursandchilik bilan kutib oldi va yuksak baholar 
berdi. Chunki ularning mazmuni asosan xalq milliy o‘yinlari, harakatli o‘yinlar 
saralanib, tanlab olinib namoyish etildi. Bunda atoqli olimlar U.Qoraboev va 
T.Usmonxo‘jaevlarning katta tashabbuskorligi sabab bo‘ldi. 
Xalqimiz orasida qadimdan davom etib kelayotgan milliy urf - odatlar va 
udumlar ham g‘oyat ko‘p. Ularni tashkil qilish va o‘tkazishda yurtimizning o‘zligi, 
milliy g‘ururi, iftixori va eng muhimi ma’naviyat - ma’rifat madaniyati mazmunga 


boy. Ularning eng muhimlari to‘ylar (o‘g‘il farzand tug‘ilishi, beshik, payg‘ambar 
yoshi, yubiley va h.k.), hayit, qadrlash, xotirlash va h.k. marosimlardir. Ayniqsa 
yigitlar va katta yoshdagi kishilar, ayollarning har xil yig‘inlari (gapi, gashtagi), 
qizlar yig‘ini, maktabni bitiruvchilar kechasi va shu kabi xar xil odatlar ham 
ma’naviy kuch - quvvat va jismoniy kamolot sababchisi bo‘la oladi. Chunki ular 
turli xil harakatli o‘yinlarni ham tashkil etadilar. 
Xudoyi, iftorlik va qazo qilgan kunlarni eslash marosimlarda mullalar, 
zamonaviy ishbilarmonlar, madaniyat arboblari va qatnashchilar o‘tgan - ketgan 
ajdod va avlodlarni xotirlash yo‘li bilan oila a’zolari, qarindosh - urug‘lariga sabr – 
toqatli bo‘lishga undaydi. O‘zlarning salomatligini saqlash, farzandlarni yaxshi 
tarbiyalash, ularni jismonan chiniqtirishga tilaklar bildirishadi. Ya’ni milliy 
qadriyatlarimizni e’zozlash, ma’naviy - ma’rifiy va jismoniy jihatdan barkamol 
bo‘lish yo‘llarini keng ochib beradi. Ta’biiyki, bu ma’noda jismoniy tarbiya va 
sport bilan shug‘ullanish, ayniqsa milliy harakatli o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lish 
ko‘zda tutiladi. 
Xulosa shundan iboratki, ulug‘ sanalar, an’anaviy bayramlar, turli xil urf - 
odatlar, udumlarning negizida insonlarni ulug‘lash, Vatan sharafi uchun, el - yurt 
tinchligi deb mehnat qilish, o‘qish va yashash g‘oyalari mazmun topadi. 
O‘tkaziladigan ommaviy - madaniy sport tadbirlari mazmunida halollik, 
vijdonlilik, kuch - g‘ayrat to‘plash, iqtidorli yoshlarni va istedodli mutaxassislar 
hamda sportchilarni kashf etish maqsadlari yuksak darajada bo‘ladi. Ularning 
tarkibida xalq milliy o‘yinlarining tarkib topishi eng muhim ahamiyatga molikdir. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương