so‘ngra yakka g‘oliblar aniqlanadi. Z.Danakni har bir o‘ynovchi
alohida- alohida
ham yashirish mumkin. 4. Qo‘llarni ushlab ko‘rish man etila-di. O‘yin 2- sinf
o‘quvchilariga mo‘ljallangan.
O‘yinning pedagogik ahamiyati. O‘yin bolalarda chamalash, aniq mo‘ljalga
olish, topqirlik va did – farosatni tarbiyalaydi. O‘yinda epchillik, tezkorlik,
chidamlilik, kuchli rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinni o‘ziga xos harakati –
yurishdir.
"ChILLAK"O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin o‘xpoq joyida yoki sport maydonchasida o‘tkaziladi.
O‘yin uchun uzunligi 80- 100 sm, 2- 2,5 sm bir uchi yassilangan tayoq (dasta) va
uzunliga 20
sm tayoqcha— chillik kerak bo‘ladi.
O‘yinda 2 tadan 10 tagacha o‘quvchi qatnashishi mumkin. O‘yinni yakkama-yakka
o‘ynasa ham, guruhlarga bo‘linib o‘ynasa ham bo‘ladi.
O‘yinning tavsifi. Oldingi chiziqdan 2 m nariga dastani qo‘yiladi. O‘yinchilar
chillakni yerda yotgan ana shu dastaning ustiga irg‘itadilar. Chillakni birinchi bo‘lib
dastaga tekkizgan o‘yinchi o‘yinni boshlash xuquqiga ega bo‘latsi.
Buning uchun
o‘yinchi chillakni dastaning uchiga qo‘yib turib yengilgina ko‘tarib tashlashi va
chillakni qayta tushib, dastaga tegishi va yana sapchib ko‘tarilib, qayta dasta ustiga
tushishi kerak. Chillak dastgohi bir tekkani uchun bittadan ochko beriladi.
O‘yinchi shu tartibda necha ochko to‘plasa, u shuncha
marta dasta bilan chillakni
urib uni to‘g‘riga otadi. Agar har bir otganda chillak 20 – 30 metr nariga borib
tushsa, 3- 4 ochko bo‘yicha otilganda 90 – 100 metr masofaga yetkazilishi mumkin.
Yutqazgan o‘yinchi yoki raqib guruh o‘yinchisi
ana shu masofaning hammasi
yugurib o‘tishi kerak. Bunda u nafas olmay yugurishi lozim. Chopib ketayotganida
nafas olsa, o‘sha joyda yana dasta bilan chillakni sakratib urib qaytadan chopib
o‘tiladigan masofa belgalanatsi.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: