belgalangan masofani chopib o‘tishdan
bosh tortsa, u ashula aytib yoki o‘ynab
berish, she’r o‘qishi ham mumkin.
Metodik ko‘rsatmalar. Nafas olish yuzasidan tushunmovchilik chiqmasligi
uchun yugurayotgan o‘yinchi qo‘ng‘izning yuziga o‘xshagan ovoz chiqarib borishi
lozim.
Pedagogik
ahamiyati.
O‘yinda
birgalikda
harakat
qilishi,
epchillik,
tezkorlik,chidamlilik sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
"DURRA"O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish. O‘yinni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘ynaydilar.
O‘yinchilar doira hosil qilib cho‘qqayib o‘tiradilar. Bir o‘yinchi (boshlovchi) durrani
qo‘liga o‘ragan holda ushlab turadi.
O‘yin tavsifi. O‘qituvchi signal berishi bilan o‘yinchilar boshlarini tizzaga qo‘yib
ko‘zlarini yumadilar. Shunda durrachi o‘yinchi qo‘lidagi
durra bilan doira chetida
aylanib yurib, bildirmasdan birorta o‘yinchining orqa tomoniga qo‘yadi va yurishni
davom ettiradi. O‘yinchilar darrov orqalariga qaraydilar, orqasiga durra qo‘yilgan
o‘quvchi durrani oladi va boshlovchini doira cheti bo‘ylab quva boshlaydi.
Boshlovchi doirani aylanib kechib quvayotgan o‘quvchining joyiga o‘tirib olishi
kerak. Agar boshlovchi o‘tirishga ulgurmasdan quvayotgan o‘yinchi
durrasi bilan
boshlovchini ursa, boshlovchi durrali o‘yinchini quvadi. U ham o‘zini joyiga o‘tarib
olishga harakat qiladi. O‘tirib olmasa o‘zi boshlovchi bo‘lib qoladi. O‘yin
qaytadan boshla-nadi. O‘yinning qachon tugashi belgilanmaydi. O‘yinni 3- 6
daqiqagacha davom ettirish mumkin.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: