O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang48/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
«DARRA» O‘YINI 
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin bolalarda hushyorlik va tezkorlikni tarbiyalaydi. 
Diametri 15-20 metrli doira chiziladi. Uning ichidagi 2-3 m bo‘lgan yana bitta 
doira chiziladi. Qur’a tashlab o‘yin boshi aniqlanadi. Doiraning o‘rtasida 
o‘yinboshi joylashadi. Uning qo‘lida yechilgan arqon (ip yoki ro‘mol). 
O‘ynovchilar katta doira bo‘ylab joylashadilar. 
O‘yin tavsifi. O‘yinboshi doiraning o‘rtasida tizzasiga boshini qo‘yib uxlaydi. 
Bitta yoki bir nechta o‘ynovchi uni turtib uyqudan uyg‘otadi. U tezda joyidan turib 
darra u bilan o‘ynovchilarni dog‘lash kerak. O‘ynovchilar o‘yinboshiga dog‘ 
qildirmasdan katta doiradan chiqib ketishlari lozim. Agar o‘yinboshi o‘ynovchini, 
uni kichik doiraga o‘tqazib qo‘yadi. Endi o‘ynovchilar dog‘langan o‘yinovchini 
qutqarishga harakat qiladilar. O‘yinboshi esa uni qo‘riqlaydi u o‘yinboshi bironta 
o‘yinchini bog‘lasa, uni ham birinchi bog‘langanning yoniga o‘tqiziladi. O‘yinni 
bitta ham bog‘lanmagan o‘yinchi qolmaguncha davom etadi. 
O‘yin qoidalari.
1. 
O‘yinboshini darrani siltab qattiq urib bog‘lamasligi kerak. 
2. 
O‘yinboshining katta doiraga kirish mann qilinadi. 
3. 
Bog‘langanlar tinch qo‘zg‘almasdan o‘tirishlari shart. 


O‘yinning pedagogik ahamiyati. O‘yin bolalarda xushyorlik, sezgirlik, tezkorlik 
malakalarini tarbiyalaydi. O‘yinda kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik 
sifatlarini tarbiyalashga yordam beradi. O‘yinning o‘ziga xos harakati tez 
yugurishdir. 
 
 
«ChAVANDOZ» yoki «KIChIK ULOQ». 
O‘yinga tayyorlanish. O‘yinning bu turi ko‘kalamzor maydonda yoki sport zalida 
o‘tkaziladi. O‘yinda faqat o‘g‘il bolalar ishtirok etishlari mumkin. Ular soniga, 
jismoniy baqquvvatligiga kamida to‘rt kishidan tashkil topgan ikki komandaga 
bo‘linadi. Bu maydonning bir chetiga 1,5 m doira chiziladi. Bu doira marra deb 
atalib, «uloqni» tashlash uchun belgilanadi. O‘yin uchun oddiy qo‘y yoki echki 
terisidan bo‘yiga 40sm, eniga 15- 20 sm bo‘lgan bolishcha «uloq» tiqiladi. Teri 
topilmagan holatda matodan yoki eski ko‘rpachadan yasasa ham bo‘ladi. 
O‘yin tavsifi. O‘yin boshlashdan oldin jamoalar maydon chetida saflanib turadilar, 
hakam yoki o‘qituvchining xushtagi chalinishi bilan «uloq» maydon o‘rtasiga 
tashlanadi. O‘yinchilar kelishib, bir- birlarining orqasiga opichib olishadi va 
maydonga qarab «uloq»ni olish uchun yugiradilar. Haqiqiy kurash- tortishuv 
maydonda bo‘lib qaysi bir «chavandoz» birinchi bo‘lib «uloq»ni marraga, ya’ni 
doirachaga olib kelib tashlasa o‘sha jamoa g‘olib deb hisoblanadi. O‘yin davom 
etadi bu gal ham o‘yin hakamning boshlashiga binoan hakamning boshlashiga 
binoan ko‘rsatilgan tartibda o‘tadi. O‘yin tugallangandan so‘ng o‘yinchilar ichida 
ildam, chaqqon va kuchli «chavandoz»lar aniqlanib, g‘oliblar rag‘batlan-tiruvchi 
mukofotlar bilan taqdirlanishi lozim. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương