ashula aytib berishlari, raqsga tushishlari mumkin.
O‘yinning pedagogik
ahamiyati. O‘yin bolalarda jasurlik botirlikni koordinatsion harakatlanishni
tarbiyalaydi. O‘yinda sakrovchanlik, chaqqonlik, chidamlilik, rivojlantirishga
yordam beradi.
"DANAK YaShIRISh" O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin bolalar bilan ayni o‘rik pishgan vaqtda aylanib, ularni
avaylab- asrash, tashilab yubormasdan, uni yig‘ish kabi odatlarni shakllantiradi. Bu
o‘yinni juft- juft yoki guruhlarga bo‘linib o‘ynasa ham bo‘ladi. o‘yinni birinchi bo‘lib
kim boshlashini aniqlash uchun o‘yinchilardan biri qo‘liga bir danakni yashirib uni
topgan o‘ynovchi boshlaydi.
O‘yin tavsifi. O‘yin galini olgan o‘yinchi qo‘liga siqqanicha danak oladi va deydi:
-Chanta- chanta danaklarim nechta? O‘ynovchilardan har kim o‘z chamasini aytadi.
Keyin danak yashirgan bola qo‘lini
ochadi va hamma danakni oladi, kam aytgan
ham, ortiq aytgan ham farqini danak bilan to‘laydi.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: