sindi deb hamma bolalar baqiradi. Ona echki bolalarni quvib ketadi. Kaysi
birining ushlab olsa, o‘sha ona echki bo‘ladi. O‘yin qaytadan boshlanadi.
O‘yinning pedagogik ahamiyati. O‘yinda
bolalarni diqqat, sezgirlik
malakalarini tarbiyalaydi. O‘yin bolalarda chaqqonlik, tezlik, chidamlilik
koordinatsiya harakatlarini rivojlantiradi. O‘yinning
asosiy harakati yugurish
hisoblanadi.
«
JAMBIL»
O‘yinning tavsifi. Bu o‘yinda o‘quvchilar 2 guruhga bo‘linadi. O‘yinchilar asosan
har ikki guruhda 5 – 6 tadan bo‘ladi. 1 chi guruh o‘yinchilari bergilangan
uzoqlikdan to‘pni katakchalar ichiga taxlangan toshchalarga otishadi. Katakchalar
ichidagi toshlar 4 ta bo‘ladi.
Agar to‘p dumalatilganda katak ichidagi toshga tegib toshlar yiqilsa, 2
chi guruh
o‘yinchilaridan bir o‘yinchi jambil atrofida to‘p bilan qo‘riqlaydi. Agar birinchi
guruh o‘yinchilari toshlarni kataklarga qo‘yish uchun yaqinlashganda, qo‘riqlovchi
uni koptok bilan ursa, u o‘yinchi o‘yindan chiqadi.
Agar shu guruh toshlarni
kataklarga aniq qo‘yib chiqsa bu guruh yutadi. Agar qo‘yolmasa ular yutqazadi.
O‘yindan keyin 2 chi guruh asosiy o‘yinda o‘ynashadi. O‘yin shu tarzda davom
etadi.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: