Эссе ёзиш талаблари


Mavzuga tegishli ikki qarama-qarshi fikr keltiradi. Masalan



tải về 483.57 Kb.
trang4/6
Chuyển đổi dữ liệu25.04.2024
Kích483.57 Kb.
#57369
1   2   3   4   5   6
ESSENING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI, ESSE YOZISHDAGI TALABLAR

Mavzuga tegishli ikki qarama-qarshi fikr keltiradi. Masalan:
(Baʼzi odamlar uyali telefonni kerak narsa deb hisoblaydi, baʼzilari esa uyali telefonsiz hayot ruhiy zarbalarsiz boʼlar edi deb hisoblaydi.) Odamlar koʼpincha...deb aytadi.
Koʼpchilik odamlar ... degan fikrni qoʼllaydi. Аyrim odamlar... ga qarshi.
Fikrni umumlashtiruvchi gap
(Bu dolzarb masala boʼlganligidan, har tomonlama tahlil qilish kerak... Mening fikrimcha, bu masala munozarali hisoblanadi... Bu masalaga munozarali boʼlganlikdan, izlanish talab qilinadi... Bu qiziqarli masala, chunki... va h.k. )
Kirish – mavzuni mantiqiy va uslubiy jihatdan bogʼlab oydinlashtirish. Bu bosqichda qalamga olingan mavzuni yoritish uchun savolni toʼgʼri qoʼyish muhim.
Chunonchi, bu oʼrinda esse yozuvchi "Kirish qismida ushbu mavzuga maʼlumot berish kerakmi?", "Men tanlagan mavzuning dolzarbligi qay darajada?", "Men esse yozish davomida oʼz fikrimni dalillash uchun qanday manbalarga tayanaman?", "Men kalit soʼzdan kelib chiqqan holda tezis qoʼya olamanmi?" kabi savollarni oʼz oldiga qoʼyishi va shuning doirasida fikr yuritgani maʼqul.
Essening kirish qismi kamida, ikki xatboshidan iborat boʼlishi va har bir xatboshida ikki-uch gap ifodalanishi mumkin. Oʼquvchini qiziqtirish, uning eʼtiborini jalb etish maqsadida essening kirish qismi jonli va aniq yozilishi kerak. Bunda xitob, undov, shaxsiy tajribaga ishora, ritorik soʼroq kabilardan foydalanish oʼrinlidir.
Kirish qismida oʼquvchi esse mavzusiga tushuncha beradi, shu orqali uning esse mavzusini qanday tushunganligi aniqlanadi va bu mavzu nima uchun dolzarb ekanligi yoritiladi. Mavzu va uning dolzarbligi yoritilgandan keyin tezis qoʼyiladi. Tezisdan keyin asosiy qismga bogʼlovchi gap yoziladi. Аgar tezis aniq va yaqqol berilsa, gap yozilmasligi ham mumkin.
Tezis qoʼyish essening eng muhim shartlaridan biridir. Tezis – essening kaliti. Kaliti topilmasa, essening asosiy maqsadiga yetish qiyin. Tezis – muallifning shaxsiy nuqtai nazarini bildirib, u asosiy qismda isbotlanadigan fikrni yoʼnaltiruvchi gʼoya hisoblanadi. Tezis essening kirish qismida yoziladi.

tải về 483.57 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương