Эссе ёзиш талаблари



tải về 483.57 Kb.
trang3/6
Chuyển đổi dữ liệu25.04.2024
Kích483.57 Kb.
#57369
1   2   3   4   5   6
ESSENING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI, ESSE YOZISHDAGI TALABLAR

ESSE YOSHISH

Esse yozish oʼquvchilarga oʼz fikrini erkin bildirishga, mavzuga aloqador maʼlumotni ongli qabullashga va tushunishga, muammoning yechimini topishga aloqador dalillardan foydalanib, oʼz xulosasini aniq va savodli bayon etishga imkon yaratadi. Muhimi, keltirilgan fakt va dalillarning oʼrinli qoʼllanishidir.

Esse yozishda quyidagi talablarga qatʼiy rioya qilinadi:

• shaxsiy munosabatning bildirilishi;

• tezis – kalit soʼzni toʼgʼri aniqlash;

• faktli dalillar (argumentlar);

• nazariyaga asoslanish;

• atamalarni oʼz oʼrnida qoʼllash;

sitatalar keltirish;

• turli xil koʼzqarashlarni misolga keltirish;

• mantiqiy qonuniyatning saqlanishi;

• taqqoslash va xulosalash usullaridan foydalanish;

• savodlilik (uslubiy, imlo, tinish belgilari);

• yumor, oʼtkir hajv;

• foydalanilgan ilmiy manbalarga havolalar.

Yozma imtihon ishi – esse 180 minut

Oʼquvchilarga besh mavzu tavsiya etiladi. Har bir oʼquvchi oʼzi uchun maʼqul bir mavzuni tanlab oladi. Oʼquvchilar tanlangan mavzu boʼyicha hajmi 250-300 soʼzdan iborat esse yozadilar. Yozilgan imtihon ishi oʼquvchining tanlagan mavzuni tushunishi, shaxsiy fikr-munosabatlarining izchil va dalilli tarzda, savodli yozma bayon eta olish qobiliyatini koʼrsatadi.

Oʼquvchilar ishni ikki xil: xomaki va oq nusxada yozadilar. Xomaki nusxa ham yozma ish bilan birga topshiriladi (xomaki nusxa zarurat boʼlgandagina tekshiriladi).

Imtihon davomida lugʼatlardan, darsliklardan va qoʼshimcha adabiyotlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.

Essening tuzilishi


KIRISH
Mavzu haqida tushuncha, mavzuning dolzarbligini ifodalovchi fikr beriladi.
Tezis (asosiy gʼoya, shaxsiy munosabat\nuqtai nazar) yoziladi va keltirilgan tezisga taʼrif (2-3 gap) beriladi.

tải về 483.57 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương