3. Kadrlar bo’limida xodimlarga ta’til hisoblash


Ish haqiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar



tải về 0.93 Mb.
trang11/13
Chuyển đổi dữ liệu27.04.2024
Kích0.93 Mb.
#57383
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
9-1 mahzuna.212121
Blockchain Technology

Ish haqiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar


Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqi xajmiga bir qator bozor omillari (tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif oʻzgarishlari, mehnatga boʻlgan talab narxining oʻzgaruvchanligi, isteʼmol tovarlari va xizmatlar narxi oʻzgarishi va boshqalar) va bozordan tashqari omillar taʼsir koʻrsatadi, buning natijasida mehnatga haq toʻlashning muayyan darajasi vujudga keladi.

Ish haqini tartibga solish]


Rivojlangan mamlakatlarda ish haqini tashkil etish (ish haqi miqdori, mehnat miqdori va sifati bilan unga toʻlanadigan haq miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni taʼminlash, mehnatni meʼyorlash, tarif tizimi va boshqalar) va tartibga solishda davlat muhim rol oʻynaydi. Ularda tarixan ish haqini tashkil etish va tartibga solishning markazlashgan davlat tizimi va markazlashmagan tizimi qaror topgan. Ish haqini tartibga solishning markazlashmagan tizimi xususiy mulk egalari yoki jamoa mulkdorlar hamda kasaba uyushmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, kooperativlar va boshqalar tomonidan amalga oshiriladi.
Ish haqini tartibga solishning davlat tizimi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha korxonalar va tashkilotlar uchun umumiy va majburiydir.
Ish haqini davlat tomonidan tartibga solish va tashkil etishning muhim unsuri tarif tizimi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mamlakat boʻyicha hukumat belgilagan, asosan ishchi va xizmatchilar ish haqini tashkil qilishda foydalanishi uchun tavsiya etiladigan yagona tarif tizimi (setkasi) amal qiladi, korxona (tashkilotlar)lar yagona tarif setkasi asosida oʻz tarif setkasini ishlab chiqish va razryadlar sonini belgilash huquqiga ega.
Oʻzbekistonda dastlab 1993-yil 1-yanvardan 28 ish haqi razryadlariga boʻlingan va 0—28 razryadlar oʻrtasida tarif koeffitsiyentlari farqi 14,28 boʻlgan yagona tarif stavkalari joriy qilindi. 1996-yil 1-sentabrda esa ish haqi razryadlari 22 ta va 0—22 ish haqi razryadlari oʻrtasida tarif koeffitsiyentlari farqi 5,998 boʻlgan yangi yagona tarif setkasi qabul qilindi. Yagona tarif stavkasi xodimlarning barcha kasb-malaka guruhlari boʻyicha tarif stavkalari va maoshlari nisbatini belgilashda mehnat tafovutlariga baho berishga yagona yondoshuvni taʼminlaydi.
Ish haqini tartibga solishning davlat tizimi 3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi: 1) davlat tomonidan ish haqi minimumi (eng kam ish haqi miqdori) belgilanadi. Inflyatsiya jarayonida eng kam ish haqini indeksatsiyalash hukumatning maxsus qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi; 2) korxonalarda ishlovchi xodimlarning barcha toifalari uchun oʻrtacha ish haqining ortib borishi maʼlum darajada cheklanadi. Davlat bu usuldan tanglik holatlarida inflyatsiya surʼatlarini pasaytirishda foydalanadi; 3) ish haqining oʻrtacha ortib borishiga qarab ortib boruvchi soliq stavkalari belgilanadi. Bu eng yuqori ish haqi darajasining oʻsishiga taʼsir koʻrsatish va uni iqtisodiy usullar bilan cheklash imkonini beradi.
Yollanma xodimlar ish haqini davlat yoʻli bilan tartibga solish aholining eng kam taʼminlangan qatlamlari — yoshlar, malakasiz xodimlar, mehnat qobiliyati cheklanganlar va boshqalarni ijtimoiy himoya qilishda, inflyatsiya, real ish haqining pasayishini cheklashda muhim ahamiyatga ega.
Mehnat kodeksining 257-moddasida o'rtacha ish haqini hisoblash tartibi keltirilgan va u Kodeksda nazarda turilgan barcha hollar uchun bir xil tarzda hisoblab chiqarilishi belgilab qo'yilgan. UzASBO-1'da mehnat ta'tili va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini hisoblashda qaysi to'lov turlari lavozim maoshiga va qaysilari 1/12 qismiga kirishini sozlash har bir tashkilotning o'z ixtiyorida edi. UzASBO-2'da esa to'lov turlari barcha uchun umumiy va o'rtacha ish haqi hisoblanadigan holatlar uchun lavozim maoshi va 1/12 to'lovlar barcha uchun bir xil qilib sozlangan.
Bunda qaysi to'lov turlari lavozim maoshiga kirishini bilish uchun Ma'lumotlar-Ish haqi ma'lumotlari-To'lov turlari qismiga kirib, Mehnat ta'tili (Idsi 25) to'lov turini tanlash va ko'rish tugmasini bosib, Shakllantirish uchun asos bo'ladigan to'lov turlari qismiga o'tish kerak. Qaysi to'lov turlari 1/12 qismiga kirishini bilish uchun esa Barcha hollarda 1/12 uchun avvalgi daromadlar (Idsi 49) to'lov turini ochib qarash kerak. Shundan kelib chiqib, xodimlarning avvalgi daromadlarini kiritishda eski dasturdagi lavozim maoshi va 1/12 ga kiradigan to'lovlarni bu yerda aytilganidek to'g'ri sozlash kerak bo'ladi.
Shuningdek, Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Avvalgi daromadlarni kiritish qismida ham avvalgidek mehnat ta'tili va kasallik varaqasi uchun 1/12 to'lovlar alohida kiritilmaydi, O'rtacha ish haqi uchun 1/12 to'lovlar qismida umumiy kiritiladi.
UzASBO-2'da 5-memorial order ma'lumotlarini kiritish tartibi
1. zp.mdm.uz'da hisoblangan ish haqi ustida Otpravit (UzASBO-Balans) tugmasi bosilsa, tegishli o'tkazmalar main.uzasbo.uz'ga ya'ni UzASBO-1'ga ketadi. Shu sababli uni jo'natish shart emas va undagi summalarning UzASBO-2'ga ta'siri bo'lmaydi.
2. Eski dasturda oylik hisoblagan tashkilotlar 5-MO ma'lumotlarini UzASBO-2'ning Hujjatlar-Jamlanma ish haqi hisoboti-Ish haqi hisobi va Ish haqidan ushlanmalar qismiga har bir SHG'H kesimida kiritib qo'yishadi. Bunda 173-231 kabi o'tkazmalar uchun 710000-343400 o'tkazma tanlanib, summa minusdan kiritilsa bo'ladi.
3. UzASBO-2'da oylik hisoblagan tashkilotlar esa dastlab Hisobotlar-Memorial orderlar-5 - Memorial order (Ish haqqi va stipendiyalar bo‘yicha xulosa hisoblash aylanma) qismiga kirib, tegishli oylik hujjati aylanmaga borgan yoki bormaganligini tekshirib olishadi (aylanmaga bormagan oylik hujjatlarini bekor qilib, qayta tasdiqlashga urinmaslik kerak, bunda eski davrdagi hujjatlarda turli muammoli holatlar yuzaga kelishi mumkin). Aylanmaga bormagan oylik hujjatlari bo'yicha 5-MO ma'lumotlarini 2-bandda aytilgan hujjatga kiritib qo'yishadi. Bunda tegishli summalarni hujjatning ichidagi jamlanma qismidan yoki hujjatning o'zini pechat qilib aniqlanadi.
1. Shtatlar jadvalining ro'yxatga olingan (zaregistrirovan) statusda emasligi quyidagi muammolarga sabab bo'ladi:
- Ishga qabul qilishda lavozimlar chiqmasligi (shtatlar jadvali ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lsa-da, shtatlar jadvalida ko'rsatilgan tarkibiy bo'limlar passiv holatga o'tkazib qo'yilganligi sababli ham lavozimlar chiqmay qolishi mumkin);
- Avvalroq xodimlar ishga qabul qilingan bo'lsa, tabelni to'ldirishda xodimlar chiqmasligiga, chunki tabelda faqat ro'yxatga olingan shtatda mavjud lavozimlargina chiqadi;
Shuningdek, shtatlar jadvali ro'yxatga olingan bo'lsa ham tabelni to'ldirishda barcha xodimlar chiqmasligi mumkin. Buning sababi xodimlarni ishga qabul qilishda boshqa lavozim, ro'yxatga olingan shtatlar jadvalida boshqa lavozim tanlangan bo'ladi. Afsuski, tizimga bir nomdagi lavozim qayta-qayta qo'shilishi natijasida tashkilot strukturasiga avvalgi shtatlar jadvalida turgan nomdagi lavozimning o'zi qo'shilgan bo'lsayam, ularning IDlari farqli bo'ladi. Bu holatda tegishli xodimlarni Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Xodimni ishga qabul qilish (bo'shatish) qismida Xodimni tayinlash to'g'risidagi buyruq turi joyida Boshqa lavozimga o'tkazishni tanlab hujjat kiritish kerak bo'ladi.

2. Xodimlar ishga qabul qilingan bo'lsa-da, tabelni to'ldirishda xodimlar chiqmasligiga tegishli xodimlarga Hujjat-Ish haqi hisobi-Xodimning ish haqini belgilash yoki pedagog xodimlarga Ped.xodimlarga ish haqi biriltirish hujjatining kiritilmaganligi sabab bo'ladi.

3. Plastik vedomostlarni to'ldirishda xodimlar chiqmasligiga Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Xodimlar qismida tegishli xodimlarning plastik karta ma'lumotlarida boshqa MFO turganligi sabab bo'ladi. Xodimlar UzASBO-2'ga ancha avval import qilingan va bugunga kunga kelib plastik karta MFOlari o'zgargan bo'lishi mumkin. Xodimlarga plastik karta raqamini ko'rsatish bo'yicha bu yerda ma'lumot berilgan.

4. Avans sifatida xodimga hisoblanadigan ish haqining 40 foizi chiqadi va bunda avvalgidek qaysidir to'lov turlarini hisobga olish yoki olmaslik imkoniyati mavjud emas. Bu qoida barcha tashkilotlar uchun umumiy hisoblanadi.

5. To'lov hujjatini tuzishda so'rovnoma tanlashga kirilsa, u yerda eski tizim ma'lumotlari va yangi tizim ma'lumotlari nomli ikkita qism mavjud. Avtomatik tarzda eski tizim ma'lumotlari qismi ko'rinadi, avans uchun so'rovnoma yangi tizimda tuzilgani uchun tegishli so'rovnomani tanlash uchun yangi tizim ma'lumotlari qismiga o'tish kerak bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (2-sonli BHS) "Yagona schyotlar rejasi" (ro'yxat raqami 3078, 2018-yil 20-oktyabr)ning 88-bandida quyidagilar belgilangan: Byudjet tashkilotlari tomonidan naqd pul mablagʻlari olish uchun tranzit hisobvaraqlariga mablagʻlar oʻtkazilganda 111 100 «Byudjet hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar» va 111 300 «Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar» subschyotlari debetlanadi va tegishli pul mablagʻlarini aks ettiruvchi schyotlarning subschyotlari kreditlanadi. (Bu o'tkazma Hujjat-To'lov hujjatlari-To'lov hujjatlari qismida beriladi)
Xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan naqd pul toʻlanganda, ushbu mablagʻlar byudjet tashkilotining kassasiga kirim qilingunga qadar 111 100 «Byudjet hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar» va 111 300 «Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar» subschyotlarida kreditlanadi va 111 900 «Yoʻldagi boshqa mablagʻlar» subschyoti debetlanadi. (Bu o'tkazmani berish uchun UzASBO-2 da Hujjat-To'lov hujjatlari-Chek qismiga kiriladi)

Naqd pul mablagʻlari byudjet tashkilotining kassaga kirim qilinganda 109 100 «Milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlari» va 109 200 «Xorijiy valyutadagi naqd pul mablagʻlari» subschyotlari debetlanadi va 111 900 «Yoʻldagi boshqa mablagʻlar» subschyoti kreditlanadi. (Bu o'tkazma Hujjat-Kassa hisobi-Kassa kirim orderi qismida beriladi)


UzASBO-2 dasturida Hujjat-To'lov hujjatlari qismiga chek nomli yangi alohida hujjat qo'shilgan. Unda yuqorida aytilgan o'tkazmalar beriladi. Shuningdek, eski dasturdan farqli tomoni, tranzit hisobraqamga o'tkazilgan to'lov hujjatlari ham endilikda kassa kirim orderi orqali emas, shu chek hujjati sanasi bilan aylanmaga boradi. Hujjatni tuzishda g'azna mijoz qismidagi chek tanlansa, sana, summa, SHG'H, chek seriyasi, chek raqami, izoh qismlari avtomatik to'ladi. Hujjatda to'lov topshiriqnomasi va kassir tanlab qo'yiladi. Shuningdek, g'azna mijoz qismidagi chekni tanlamasdan ham hujjat tuzish imkoni mavjud (bu markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatida va bir to‘lov topshiriqnomasiga bir nechta chek hujjati yozilgan holatlarda kerak bo‘ladi).
Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped. xodimlarga ish haqi biriktirish qismida hujjatni to'ldirish tartibi
UzASBO-2'da barcha buxgalteriya o'tkazmalarida hisobraqam tanlanadigan qilingan. Aylanma qaydnomada ham ma'lumotlar hisobraqamlar bo'yicha ko'rinadi. Tashkilotlar tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishda xatolikka yo'l qo'yilmasligi va hisobotlarda chiqadigan ma'lumotlar to'g'ri shakllanishi uchun o'tkazma tanlanadigan hujjatlarni tasdiqlashga quyidagicha cheklov qo'yildi: o'tkazmada 710 000 (231) - Byudjet mablagʻlaridan hisoblangan haqiqiy xarajatlar, 720 000 (241) - Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar, 730 000 (251) - Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar, 741 000 (261) - Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar, 742 000 (261) - Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar, 750 000 (271) - Boshqa daromadlar boʻyicha haqiqiy xarajatlar, 760 000 - Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar subchyotlari ishtirok etayotgan bo'lsa, shu subchyotda tanlangan hisobraqamga Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Tashkilot shaxsiy g'azna hisobvarag'i qismida aynan shu subchyot haqiqiy xarajat subchyoti sifatida biriktirilganligini tekshiriladi.
Misol uchun, Hujjat-Asosiy vositalar hisobi-Asosiy vositaning eskirishini hisoblash qismida hujjatni tasdiqlashda quyidagicha xatolik chiqdi: Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Tashkilot shaxsiy g'azna hisobvarag'i qismida 400122860122387073101054001 SHG'Hga haqiqiy xarajat subchyoti sifatida 741000 subchyoti biriktirilgan, hujjatda esa 710000 subchyot ko'rsatilyapti. Hujjatdagi subchyot va SHG'H to'g'ri tanlanayotganini tekshiring. SHG'H Dt 400122860122387073101054001
Subkonto Dt 1 - Компьютерное оборудование, вычислительная, аудио-видео техника, информационная технология и принадлежности
SHG'H Kt 400122860122387073101054001
Subkonto Kt 1 - Монитор (компютер) (aynan qaysi qatorda yoki ma'lumotda xatolik borligini topish oson bo'lishi uchun subkontolarda ko'rsatilgan ma'lumotlarga e'tibor berish kerak va shu orqali hujjatdagi tegishli qatorni to'g'rilash kerak)
Bunda yoki asosiy vositani kirim qilishda hisobraqam xato tanlangan, yoki asosiy vosita ma'lumotida eskirish xarajati subchyoti xato tanlangan bo'ladi. Qaysi biri xato ekanligidan kelib chiqib tegishli joyda ma'lumotlar tuzatiladi. Agar asosiy vosita ma'lumoti xato bo'lsa, Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Asosiy vositalar qismida xatolikda aytilayotgan Монитор (компютер) nomli asosiy vosita topib olinadi va uning eskirish xarajati subchyoti to'g'rilab qo'yiladi.


tải về 0.93 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương