O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
ICHKI ISHLAR ORGANLARI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-avgustda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining (bundan
buyon matnda ichki ishlar organlari deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari
Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan,
qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashdan,
shuningdek
huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iborat.
Oldingi
tahrirga qarang.
3-modda. Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonunchilik
Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik
hujjatlaridan iboratdir.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli “Ichki
ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda
ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qarori
.
4-modda. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Ichki ishlar organlari faoliyatni o‘z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar
bo‘yicha amalga oshiradi:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish;
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash;
Oldingi
tahrirga qarang.
tergovga qadar tekshiruvni, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, jinoyat ishlari
bo‘yicha surishtiruv hamda dastlabki tergovni o‘tkazish;
(4-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
38
,
39
1
,
344-moddalari
.
jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashish, shu jumladan terrorchilik harakatlariga chek
qo‘yishda hamda garovga olinganlarni ozod qilishda ishtirok etish yo‘li bilan kurashish, shuningdek
odam
savdosiga qarshi kurashish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon berayotgan
shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir
etishga moyil shaxslarni
aniqlash;
Oldingi
tahrirga qarang.
ehtiyot choralarini, jinoiy jazoni va jinoiy-huquqiy ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralarini
ijro etish, shuningdek shaxslarni qidirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
(4-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish, ma’muriy jazolarni qo‘llash
to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etish;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash;
pasport tizimi talablarining bajarilishini ta’minlash, O‘zbekiston
Respublikasidan chiqish
va unga kirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, doimiy va vaqtincha yashash uchun ruxsatnomalarni
berishga hamda rasmiylashtirishga doir ishlarni, pasport tizimiga va O‘zbekiston Respublikasi
hududida bo‘lish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishni amalga oshirish;
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning o‘q-dorilarining, sanoat uchun mo‘ljallangan
portlovchi materiallarning, shuningdek pirotexnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, ular
analoglarining, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi sohasini nazorat qilish;
(4-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-
772-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son —
2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
(4-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-
597-sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y.,
03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
ekspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirish;
davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan obyektlarni va boshqa obyektlarni, jismoniy
va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlash;
litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, shuningdek litsenziya va
ruxsat etishga oid talablarga hamda shartlarga rioya etilishini nazorat qilish;
harbiy-safarbarlik ishlarini va fuqaro muhofazasi
tadbirlarini amalga oshirish;
qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirishga doir ishlarda ishtirok etish.