11-Mavzu. O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rni va nufuzini ortib borishi. Reja



tải về 180.32 Kb.
trang1/6
Chuyển đổi dữ liệu13.04.2024
Kích180.32 Kb.
#57179
  1   2   3   4   5   6
11 мавзу тарих узб


11-Mavzu. O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rni va nufuzini ortib borishi.
Reja
1. O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish borasidagi davlat siyosati.
2. O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi samaradorligiga to’siq bo’layotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar: jamiyatni demakratlashtirish, ilg’or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, axborot-kommunikaciya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, ta`lim tizimini takomillashtirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xalqaro savdoda xususiy tadbirkorlikning raqobatbardoshligini oshirish, innovaciyani rivojlantirish va boshqalar.
3.«Biznes yuritish» indeksi, Boshqaruv sifati indekatorlari, Elektron hukumatni rivojlantirish reytingi, «Korrupciyani qabul qilish» indeksi, «Logistika samaradorligi» indeksi.
4. Jahon bankining Statistik salohiyat indeksi, İqtisodiy erkinlik indeksi, İqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (İHTT) mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimi.
5. İnson kamoloti indeksi, Huquq ustuvorligi indeksi, Jahon mamlakatlari demakratiyasi indeksi, Matbuot erkinligi indeksi (umumiy 13ta).

Bugun O’zbekiston mintaqada barcha sohalarda jadal sur`atlarda rivojlanayotgan mamlakat – bu xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilayotgan e`tirof. Rivojlanish, taraqqiyot esa o’z-o’zdan bo’lmaydi. İqtisodiyot va ijtimoiy hayotda kuzatilayotgan hozirgi o’zgarish va yutuqlar mamlakat rahbari tomonidan ko’tarilgan keng qamrovli chora-tadbirlar hamda ijrochilarning mashaqqatli mehnat mahsuli ekanligi shubhasiz. Bu e`tiroflar, dastlabki yutuqlar o’zimizniki albatta. Lekin ularni yanada yaxshilash mamlakat siyosatining asosiy maqsadlaridan biridir.


Davlatimiz rahbarining «O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to’g’risida»gi Farmoni ana shu sa`y-harakatlarni yangi pog’onaga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Oqibat natijada mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi jozibadorligini oshirish mezoni bo’lib xizmat qiladigan xalqaro reyting va indekslarni oshirish jarayonida parlamentning o’rni qanday bo’ladi? Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 4 iyun’ kuni «O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash borasida parlamentning, xususan, Qonunchilik palatasining roli» mavzusida o’tkazilgan seminar ana shu mavzuga qaratildi va Prezident farmoni mazmuni va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda parlament oldida turgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Jahon banki, Birlashgan millatlar tashkiloti, Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi, İqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon iqtisodiy forumi, Xalqaro byudjet hamkorligi, INSEAD xalqaro biznes-maktabi va Economist Intelligence Unit kabi xalqaro reyting agentliklari va tashkilotlari bilan rasmiy aloqalar yo’lga qo’yildi.
O’tgan davr mobaynida xalqaro reyting agentliklarining 2019-2020 yillarda chop etilgan hisobotlariga binoan respublikaning iqtisodiy reytinglardagi o’rni sezilarli darajada o’sdi. Xususan “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentliklarining bahosiga ko’ra 2019 yilda mamlakatning suveren kredit reytingi «BB–» barqaror darajada saqlanib qolmoqda.
Jahon banki «Biznes yuritish 2020» yangi yillik hisobotida (Doing Business 2020) so’nggi bir yilda O’zbekiston Respublikasi biznes islohotini amalga oshirishda eng katta yutuqlarga erishgan 20 ta mamlakat qatoriga kirishga imkon bergan to’rtta islohotni amalga oshirgani to’g’risidagi axborotni tarqatdi. Shuningdek, 2019 yilda O’zbekiston ushbu reyting hisobotida dunyoning 190 mamlakati orasida 69-o’rinni egallab, 7 pog’onaga ko’tarildi.
2019 yilning sentyabr’ oyida Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining 2018 yil uchun e`lon qilgan hisobotida O’zbekiston Respublikasi bir qator indikatorlardan yaxshilanganligini ma`lum bo’ldi. Xususan, «Korrupciyani nazorat qilish» indeksida 1 pog’onaga, «Hukumat samaradorligi» indeksida 3 pog’onaga, «Normativ sifat» indeksida 7 pog’onaga, «Qonun ustuvorligi» indeksida 4 pog’onaga, «So’z erkinligi va hisobdorlik» indeksida 5 pog’onaga ko’tarildi.
Seminarda Prezidentimizning 2020 yil 2 iyundagi Farmoni bilan xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo’yicha respublika kengashi tashkil etilayotgani, davlat organlarining birinchi rahbarlari O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash uchun mas`ul qilib belgilangani alohida qayd etib o’tildi.
Shuningdek, mazkur hujjat bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasining tashkil etilishi mazkur yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish imkoniyatini yaratishi, bu esa o’z navbatida ko’zlangan natijaga erishishda ayni muddao bo’lishi qayd etildi.
Tadbirda so’nggi to’rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg’armasining «İqtisodiy erkinlik» indeksida 52 pog’onaga, Jahon bankining «Logistika samaradorligi» indeksida 19 pog’onaga, «Biznes yuritish» indeksida 18 pog’onaga ko’tarilganligi e`tirof etilib, ushbu yo’nalishdagi ishlarning natijasini aks ettirishga mo’ljallangan 2020 yil 1 oktyabrga qadar İnternet tarmog’ida ishga tushirilishi belgilangan «O’zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali haqida ma`lumot berildi.
Bu borada mamlakatimizda reytinglar bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi va mazkur sohada so’nggi yillarda 10 ga yaqin qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilingani, biroq mazkur yo’nalishning ahamiyatini hisobga olgan holda parlamentning shu maqsadlarga yo’naltirilgan faoliyatini sezilarli darajada takomillashtirish lozimligi qayd etildi.
Xalqaro reyting va indekslarni belgilashda qanday faktorlar, ko’rsatgichlar mezon bo’lib xizmat qiladi? Mamlakatimizning xalqaro hamjamiyat o’rtasidagi imidjini yaxshilash uchun, investorlar uchun jozibadorlikni ko’tarish uchun qanday omillarga e`tiborni kuchaytirish kerak? Aynan shunday maqsadlarga erishilishini huquqiy jihatdan to’liq ta`minlash uchun parlament qanday hujjatlar qabul qilinishiga e`tiborni oshirishi talab etiladi? Seminarda tegishli mas`ul vazirlik va idoralarning mutaxassislari deputatlar tomonidan ko’tarilgan shunday masalalarni atroflicha va to’liq yoritganliklari iliq qabul qilindi. Parlament a`zolari o’zlarining qimmatli takliflarini bildirish barobarida ushbu yo’nalish uchun xos bo’lgan o’ta nozik jihatlarni, ko’nikmalarni o’rganganliklarini e`tirof etdilar.
Shu bilan birga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o’rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta`minlashda parlamentning nazorat va qonun ijodkorligi funkciyalarini takomillashtirish lozimligi ta`kidlandi.
Seminarda deputatlar xalqaro reytinglar nafaqat iqtisodiy ko’rsatkichlar, balki muayyan mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, jumladan inson huquqlarini, siyosiy hayotda jamoatchilikning ishtirokini ta`minlash sohasidagi amaliy ishlarga ham baho berishi haqida to’xtalib, bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini «İlm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 4-bandida belgilangan «qonun loyihalarining O’zbekistonning xalqaro reytinglardagi o’rnini yaxshilash bo’yicha tavsiyalarga mosligini o’rganish amaliyotini yo’lga qo’yish» bo’yicha parlament tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga to’xtaldilar.
Seminar yakunida O’zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o’rnini yaxshilashda parlamentning rolini yanada oshirishga qaratilgan zarur vazifa va chora-tadbirlar belgilab olindi.

tải về 180.32 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương