11-Mavzu. O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rni va nufuzini ortib borishi. Reja


Hozirgi kunda mamlakatimiz qaysi reyting va indekslarda quyi pog’onalarda qolmoqda va buning asosiy sabablari nimalardan iborat?



tải về 180.32 Kb.
trang6/6
Chuyển đổi dữ liệu13.04.2024
Kích180.32 Kb.
#57179
1   2   3   4   5   6
11 мавзу тарих узб

Hozirgi kunda mamlakatimiz qaysi reyting va indekslarda quyi pog’onalarda qolmoqda va buning asosiy sabablari nimalardan iborat?
— Asosan, siyosiy-huquqiy reyting va indekslarda mamlakatimiz o’rinlari nisbatan quyi pog’onalarda. Masalan, So’z erkinligi va hisobdorlik indeksida 191-o’rinda, Normativ sifat indeksida 184-o’rinda, Korrupciyani nazorat qilish indeksida 183-o’rinda, Qonun ustuvorligi indeksida 182-o’rinda, Jahon matbuot erkinligi indeksida 156-o’rinda turibmiz. Albatta, so’nggi 3-4 yil mobaynida ushbu sohalarni tartibga soluvchi ko’plab qonun hujjatlari qabul qilindi, turli institucional o’zgarishlar ro’y berdi.
Xususan, mamlakatimizda so’z erkinligi hamda ommaviy axborot vositalarining cheklov va to’siqlarsiz faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Ommaviy axborot vositalari uchun media bozorida teng sharoit yaratish va ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida Milliy mass-mediani qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashkil etildi.
Korrupciyaga qarshi kurashish sohadagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida “Korrupciyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Bu boradagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, turli organlar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, jamiyatda korrupciyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida Korrupciyaga qarshi kurashish milliy kengashi tashkil etildi. Korrupciyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini yurituvchi Korrupciyaga qarshi kurashish agentligi tuzildi.
Qator sohalardagi o’zgarishlar bilan bog’liq qonunchilikning jadal rivojlanishi ayrim hollarda amaldagi qonun hujjatlariga zid bo’lgan ko’plab normalarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Shuning uchun ham qonunchilikni tubdan qayta ko’rib chiqish, uni tizimlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari sifatini oshirish, ijrosi monitoringini takomillashtirish maqsadida Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish koncepciyasi ishlab chiqildi.
Biroq shuncha ishlarga qaramay, indekslardagi ko’rsatkichlar bu borada hali kamchiliklarimiz borligini ko’rsatib turibdi. Shu bois, qator muhim vazifalarni belgilab olganmiz. Eng avvalo, O’zbekiston Respublikasining korrupciyaga qarshi kurashish bo’yicha uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqishimiz zarur bo’ladi.
Shuningdek, davlat organlarida korrupciyaviy xavf-xatarlarni majburiy baholash tartibini belgilash va davlat boshqaruvi sohasida korrupciyaning oldini olish bo’yicha reytingini shakllantirishni yo’lga qo’ymoqchimiz.
Shu bilan birga, mamlakatimizning Korrupciyaga qarshi davlatlar guruhi (GREKO) xalqaro tashkilotiga a`zo bo’lishi va bu tashkilotning korrupciyaga qarshi tegishli konvenciyalari talablarini milliy qonunchiligimizga implementaciya qilish masalasini ham o’rganib chiqishimiz lozim.
Ommaviy axborot vositalari, fikrlar xilma-xilligi va so’z erkinligini ta`minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashimiz zarur. Ayniqsa, jurnalistning qonuniy professional faoliyatiga to’sqinlik qilishga oid huquqbuzarliklarga nisbatan javobgarlikni belgilashimiz kerak.
Respublikaning siyosiy-huquqiy reyting va indekslarda quyi pog’onalardan joy olganligining sabablaridan yana biri mazkur reyting va indekslar, asosan, jamoatchilik fikri va xalq­aro ekspertlar xulosasi asosida shakllantirilishidadir. Qolaversa, indeks yurituvchi tashkilotlar so’rovnomalari faqatgina mustaqil fuqarolik jamiyati institutlari (nodavlat notijorat tashkilotlar) bilan hamkorlikda o’tkazilishini inobatga olib, respublika miqyosida bunday tashkilotlar kamligi hamda ular tomonidan tadqiqot ishlarini amalga oshirish salohiyati cheklanganligi kabi omillar ham bunga sabab bo’lishi mumkin.
Shu o’rinda alohida qayd etishimiz zarur, har bir davlat organi, ayniqsa, respublika darajasidagi vazirlik, idora, tashkilotlar huzurida nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan iborat jamoatchilik kengashlari tuzilib, ular bilan yaqin hamkorlik o’rnatilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Yaqinda BMTning “Raqamli hukumatni barqaror rivojlanishi yo’lidagi o’n yillik harakat” nomli hisoboti e`lon qilindi. 2020 yil uchun dunyoda elektron hukumat rivojlanishi natijalari taqdim qilingan ushbu reytingda O’zbekiston 6 ta pog’onaga tushib, 87-o’rinni egalladi. Nima deb o’ylaysiz, nima sababdan mamlakatimiz avvalgi o’rnini yo’qotdi?
— Albatta, O’zbekiston umumiy reytingda 6 ta pog’onaga pasaydi. Lekin reytingni shakllantiruvchi komponentlar bo’yicha birmuncha o’sish kuzatilgan. Masalan, ushbu reytingning “İnson kapitali”, “Elektron ishtirok” va “Telekommunikaciya infratuzilmasi” indekslari bo’yicha ko’rsatkichlar 0,01 dan 0,14 punktgacha oshgan.
“Elektron ishtirok” indeksi bo’yicha respublikamiz o’zining ko’rsatkichini 0,80 punktgacha oshirib, umumiy reytingdagi o’rnini 13 pog’onaga ko’tardi va 46-o’rinni egallab, elektron ishtirok indeksining juda yuqori rivojlanish darajasiga ega mamlakatlar ro’yxatiga kirdi. Vaholanki, 2018 yilda ushbu indeks bo’yicha mamlakatimiz 59-o’rinda edi.
Bundan tashqari, O’zbekistonga ochiq ma`lumotlar bo’yicha eng yuqori ball berildi. Albatta, “Elektron hukumatni rivojlantirish” reytingidagi o’rnimiz pasayishiga ayrim omillar ta`sir qildi. Eng avvalo, ta`kidlash joizki, 2018 yildan joriy yilning aprel’ oyiga qadar respublikamizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va “Elektron hukumat” tizimini joriy etishda yagona muvofiqlashtiruvchi organ mavjud bo’lmagan. Natijada reytingni oshirish bo’yicha aniq belgilangan chora-tadbirlar rejasi qabul qilinmagan va tegishli ishlar etarli darajada tashkil etilmagan. Hozir Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu ishga mas`ul etib belgilangan.
Shuningdek, milliy elektron xizmatlar portali hamda ta`lim, mehnat, ijtimoiy xizmatlar, sog’liqni saqlash, moliya va atrof-muhit sohalaridagi tegishli vazirlik va idoralarning veb-saytlari ham talabga to’liq javob beradi, deb ayta olmaymiz. Ushbu saytlar reytingning “Elektron xizmatlar” komponentida 148 ta jihat bo’yicha baholab boriladi. Milliy onlayn xizmatlar portali va rasmiy veb-saytlarning mobil’ ­qurilmalardan foydalanish uchun moslashgan shakllari etarli darajada joriy etilmagan.
Shuningdek, tranzakciya xizmatlari darajasining pastligi, davlat bojlari, turli yig’imlar va jarimalarni to’liq elektron tarzda to’lash ham oxiriga etmaganligi reytingdagi o’rnimizga salbiy ta`sirini ko’rsatmoqda.
Reytingning “İnson kapitali” komponenti bo’yicha ham ishlashimiz kerak bo’lgan ayrim kamchiliklar bor. Masalan, masofaviy o’qitish imkoniyatlaridan to’liq foydalanilmayotgani, oliy ma`lumotga ega aholi qatlami bo’yicha aniq ma`lumotlar etarli emasligi reytingdagi o’rnimizga ta`sir qilmoqda.
Mobil’ aloqa abonentlari, internet foydalanuvchilari ulushini begilaydigan “Telekommunikaciya infratuzilmasi” komponentida esa respublikaning uzoq hududlariga yuqori tezlikdagi simli internet tarmog’i etib bormaganligi ham reytingdagi o’rnimizga o’z ta`sirini o’tkazmoqda.
Bu kamchiliklarni to’g’rilash bo’yicha ustuvor vazifalarni belgilab olganmiz. Umid qilamizki, navbatdagi hisobotlarda ushbu yo’nalishda mamlakatimiz o’rni yanada yaxshilanishiga erishiladi.
Koronavirus pandemiyasi ko’p islohotlarimizga salbiy ta`sir qildi. İqtisod deysizmi, sanoatmi, ta`lim va boshqa sohalar qiyin raqobat muhitida qoldi. Nima deb o’ylaysiz, bu holat reyting va indekslarda qanday baholanadi?
— Darhaqiqat, bugungi kunda koronavirus pandemiyasi global miqyosda butun insoniyatga xavf solayotganiga, barcha sohalarda turli qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotganiga barchamiz guvoh bo’lib turibmiz.
Pandemiya sharoitida, albatta, birinchi zarba iqtisodiyotga tushadi, rejalashtirilgan ko’plab islohotlar ijrosi ortga suriladi, asosiy e`tibor sog’liqni saqlash tizimini qo’llab-quvvatlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, uning turmush darajasini yaxshilashga qaratiladi.
Xalqaro reyting agentliklari indekslarni hisoblab chiqishda yoki reytinglarni tuzishda, asosan, mamlakatning turli statistik ko’rsatkichlariga tayanadi. Tan olish lozim, pandemiya sababli statistik ko’rsatkichlarning yaxshi tomonga o’zgarishiga nisbatan ularning yomonlashish ehtimoli yuqoriroq.
Shu sababli keyingi yillarda xalqaro reyting va indekslardagi o’rnimizning joriy holatida saqlab qolinishi yoki pastlashishi ehtimolini nazardan qochirib bo’lmaydi. Biroq unutmaslik kerakki, pandemiya bitta yoki bir nechta davlatda emas, balki butun dunyo mamlakatlariga bevosita salbiy ta`sirini o’tkazmoqda.
Shu bois, balki boshqa davlatlarning ham reytinglardagi o’rni pastlashishi sabab mamlakatimizning o’rni tom ma`noda ko’tarilishi yoki joriy holatda saqlanib qolishi ham ehtimoldan xoli emas.
Har qanday vaziyatda ham xalqimizning azaliy qadriyatlaridan kelib chiqib hamisha yaxshi niyat qilish, ertangi kunga umid bilan boqish tuyg’usi dilimizda yashamoqda. İshonchimiz komilki, barchamiz, butun xalqimiz bir jon, bir tan bo’lib bahamjihatlikda harakat qilsak, bu sinovlarni albatta engamiz. Pandemiyadan taraqqiyotimizning ertangi yo’nalishlarini belgilaydigan yangi xulosalar, yangi g’oyalar, yangi kuch bilan chiqib, rivojlanish yo’lini izchil davom ettiramiz. So’nggi 4 yil mobaynida mamlakat «İqtisodiy erkinlik» indeksida 52, «Logistika samaradorligi» indeksida – 19, «Doing Business» indeksida – 18 pog’onaga, İHTTning «Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash» tizimida 6-guruhdan 5-guruhga ko’tarildi, deb ta`kidlanadi  hujjatda.
Norma’ning yozishicha, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo’yicha respublika kengashi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifasi ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston o’rnini quyidagilar orqali yaxshilashdan iborat: mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlarni hisobga olish, shuningdek mazkur yo’nalishdagi ishlarning samaradorligiga to’siq bo’layotgan muammolarni bartaraf etish; davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg’or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo’yicha tashabbuslarni ilgari surish; davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan NHH va ularning loyihalarini mamlakatimizning o’rniga ta`siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.
Kengashning ishchi organlari – Moliya va Adliya vazirliklari. İshchi organlar bo’yicha taqsimlangan ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizning o’rnini yaxshilashga qaratilgan ta`sirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yo’nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishi ustidan Kengash tomonidan nazorat o’rnatiladi.
Ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslar bo’yicha mamlakatimizning o’rnini yaxshilash – mas`ul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri. U bo’yicha eng muhim ko’rsatkichlar (KPI) belgilandi. Ularga erishish maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan quyidagilar ishlab chiqilishi va kengashga tasdiqlash uchun taqdim etilishi lozim: 2020 yilning ikkinchi yarmi davomida amalga oshirilishi lozim bo’lgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlari (bir oy muddatda); kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo’lgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlari (har yil 1 dekabrga qadar). Ularda xalqaro reyting va indekslarning navbatdagi nashrida zarur ko’rsatkichni qayd etishga qaratilgan amaliy takliflar, shuningdek reyting va indekslarni e`lon qiluvchi tashkilotlar hamda ularni tuzishda foydalaniladigan axborot manbalari bilan hamkorlik qilish mexanizmlari nazarda tutilishi lozim.
tải về 180.32 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương