11-Mavzu. O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rni va nufuzini ortib borishi. Reja



tải về 180.32 Kb.
trang5/6
Chuyển đổi dữ liệu13.04.2024
Kích180.32 Kb.
#57179
1   2   3   4   5   6
11 мавзу тарих узб

Xalqaro reyting va indekslar


İnsoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv jarayonlar, sifat va tarkibiy o’zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi bosqichga ko’tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko’ndalang qo’ymoqda. Bu esa, eng avvalo, o’sha mamlakatning jahon miqyosidagi o’rni, xalqaro reyting va ko’rsatkichlarda tutgan mavqei bilan belgilanadi.
Bugun hayotning har bir jabhasida yangilik va bunyodkorlik ishlari jadal sur`atlarda davom etmoqda. Tabiiyki, bunday yangilanishlar natijasi nafaqat xalqimiz hayotida, balki nufuzli xalqaro reyting va indekslar ko’rsatkichlarida ham o’z ifodasini topayotir.
Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish jarayonini o’zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o’sish va ­raqobatbardoshlik kabi muhim jihatlarning ko’zgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida ham mujassam. Bularning barchasi inson qadrini ulug’lashga, odamlarning hayotdan rozi va mamnun bo’lib yashashini ta`minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran mazmun kasb etadi.
Prezidentimizning shu yil 2 iyunda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to’g’risida”gi farmoni yurtimizda bu yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko’tarishda muhim dasturilamal bo’ldi.
Mazkur farmonga muvofiq, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo’yicha respublika kengashi tuzilib, sohada parlament nazorati o’rnatildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila NARBAEVA bilan suhbatimiz mazkur farmon ijrosini ta`minlash, mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini mustahkamlash borasida qilinayotgan ishlar xususida bo’ldi.
 — İlgari ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo’yicha ishlarni hukumatning maxsus komissiyasi muvofiqlashtirib kelar edi. Prezidentimiz farmoni bilan bu borada respublika kengashi tuzilishiga nima sabab bo’ldi?
— Xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institucional muhitning sifatini baholashda iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan vositadir. Ular nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida ham islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy siyosat mezoni sifatida qo’llanib kelinadi.
Keyingi yillarda mamlakatimiz ko’pgina ustuvor reytinglarda yuqorilab borayotgani yurtimizda aholi turmush farovonligini oshirish, jamiyatimizda ochiqlik, oshkoralikni ta`minlash borasida qilinayotgan ezgu ishlarning muhim natijasidir.
Masalan, yaqinda BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkilotining ­(YuNİDO) “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo’yicha hisoboti chop etildi. Unda mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 152 ta mamlakat orasida 92-o’rinni, MDHga a`zo davlatlar orasida 5-o’rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 2-o’rinni egalladi.
Aytish kerakki, bugun jamiyatimizdagi islohotlarning bosh maqsadi xalqimizni rozi qilishdek ezgu maqsadga yo’naltirilmoqda. Barcha sa`y-harakatlarimiz, islohotlarimiz, qabul qilayotgan qonun va qarorlarimiz zamirida ham ushbu maqsad mujassam. Aholi yuritilayotgan siyosatdan qanchalik rozi bo’lsa, turli reyting va indekslardagi o’rnimiz o’z-o’zidan oshib boraveradi.
Xususan, iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash, iqtisodiy o’sish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan bosqichma-bosqich islohotlar 2020 yilda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksida 76-o’rindan 69-o’ringa ko’tarilishimizga, “Transparency International”ning Korrupciyani qabul qilish indeksi hamda “World Justice Project”ning Qonun ustuvorligi indeksida mamlakatimiz o’rni yaxshilanishiga olib keldi.
Shu bilan birga, bu yo’nalishda hali qilinishi kerak bo’lgan vazifalar talaygina. Prezidentimiz farmoni asosida davlat organlari faoliyati natijadorligini oliy, ya`ni parlament darajasida nazorat qilish belgilanganidan maqsad — bu borada vazirlik va idoralar rahbarlarining mas`uliyatini oshirishdir. Shu bois, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo’yicha respublika kengashi tashkil etildi. Oliy Majlis deputatlari va senatorlarining xalq tomonidan saylanishini inobatga oladigan bo’lsak, mazkur mexanizm sohadagi chora-tadbirlar ijrosi ustidan xalq nazorati o’rnatilganligini anglatadi.
Endilikda vazirlik va idoralar rahbarlari o’zlari mas`ul bo’lgan reyting va indekslarda ko’rsatkichlarni yaxshilash bo’yicha amalga oshirilgan ishlar va belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan respublika kengashida hisobot berib boradilar.
Xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatimiz o’rnining yaxshilanishi ko’p jihatdan qabul qilayotgan qonunlarimizning joylardagi ijrosiga bog’liq. Shuning uchun ham kengash tarkibiga mahalliy hokimlar kiritildi. Bu esa qonun talablarining joylardagi ijrosi yuzasidan muammolarni vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish imkonini beradi.
Shu orqali bu yo’nalishdagi ishlarda parlament, vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklarning o’zaro hamkorligi ta`minlanadi, sansalorlik holatlarining oldi olinadi, barcha ishlar muvofiqlashtirilgan holda tashkil etiladi.
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash mamlakatimiz uchun butkul yangi yo’nalish hisoblanadi. Shu ma`noda vazirlik va idoralar, sud va prokuratura organlari, mahalliy hokimliklar bunga qay darajada tayyor?
— Albatta, bu ko’p vaqt sarflanadigan, progressiv bilimlarni talab etuvchi yangi jarayonlardan biri. Bu, shubhasiz, mas`ul davlat organlarining o’zlariga biriktirilgan xalqaro reyting va indekslar metodologiyasini izchillik bilan o’rganish, uni to’g’ri talqin qila olgan holda amaliyotga tatbiq eta olish, xalqaro reyting va indeksni beruvchi tashkilot bilan aloqalarni o’rnata olish bilan bog’liqdir.
Ochig’i, barcha vazirlik va idoralar, ayniqsa, joylardagi hokimliklar yoki parlament a`zolarining barchasi ham masalaning tub mohiyatini to’la anglab etdi, deb aytish mushkul. Yuqorida aytganimdek, reyting va indekslar joylardagi vaziyatga bog’liq, qonunlarning ijrosiga bog’liq. Ming afsuski, joylardagi hokimliklar yoki davlat organlari vakillarining ba`zida bilib-bilmay aytgan gap-so’zlari yoki xatti-harakatlari reyting va indekslardagi o’rnimizga salbiy ta`sir qiladi.
Shu o’rinda barcha rahbarlar, ular qaysi darajadagi rahbar bo’lishidan qat`i nazar, o’z harakatlarini qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshirishlari zarur ekanini yana bir karra ta`kidlamoqchiman. Odamlar bilan muloqotlarda esa inson sha`ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi shart.
Har bir tizimda ishlarimizni samarali tashkil etish maqsadida barcha vazirlik va idoralarda xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo’yicha tarkibiy bo’linmalar tashkil etilishiga erishdik. Bu esa ishimizni ancha osonlashtiradi. Ajratilgan alohida xodimlar doimiy ravishda o’zlarining vazirligi yoki idorasi mas`ul bo’lgan xalqaro reyting va indeks bo’yicha ish olib boradi.
Xalqaro reyting va indekslarning ahamiyati, oldimizda turgan ustuvor vazifalarni belgilash, reyting agentliklarining metodologiyalarini o’rganish maqsadida mahalliy hokimliklar hamda vazirlik va idoralar mas`ullari uchun maxsus treninglarni boshladik.
Shu bilan birga, eng asosiy ishimiz qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amaldagi ijrosini, bir so’z bilan aytganda, qonun ustuvorligini ta`minlashdir. Bu borada biz parlament va jamoatchilik nazoratini qat`iy yo’lga qo’yishga kirishdik va, albatta, ijobiy natijalarga erishamiz.
Bugungi kunda xalqaro miqyosda ustuvor hisoblangan to’rtta xalqaro reyting va indeksda O’zbekiston hali e`tirof etilmagan. Buning sababi nimada? Ushbu reytinglarda mamlakatimiz o’rnini aks ettirish bo’yicha qanday choralar ko’rilmoqda?
— O’zbekistonning ushbu xalqaro indekslarda e`tirof etilmaganiga bir necha sabablar bor. Masalan, Jahon iqtisodiy forumining “Global raqobatbardoshlik indeksi”ga mamlakatimizni kiritish masalasi yuzasidan Moliya vazirligi olib borgan muzokaralar natijasida indeksga kirish jarayoni 2 yil muddatni talab etishi ma`lum bo’ldi.
Birinchi yilda tashkilot tomonidan O’zbekistonda rasmiy so’rovnoma o’tkazish uchun hamkor, ya`ni nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari tanlab olinadi va so’rovnoma o’tkaziladi. İkkinchi yilda so’rovnoma natijalaridan kelib chiqib, O’zbekistonning indeksdagi norasmiy o’rni belgilanadi hamda ularning O’zbekiston ko’rsatkichlarining haqiqiy tendenciyalari bilan qay darajada mos kelishi tekshirib ko’riladi. ­Tendenciyalar maxsus ekspertlar tomonidan 2 yil mobaynida muntazam kuzatilib boriladi va tahlil qilinadi.
Xalqaro byudjet hamjamiyatining “Byudjet ochiqligi indeksi”ga kirish masalasiga to’xtaladigan bo’lsak, indeks bo’yicha mamlakatda tadqiqot o’tkazish uchun zarur resurslar (jumladan, mablag’lar) faqatgina xalqaro nodavlat tashkilotlar va institutlar (donorlar) hisobidan amalga oshiriladi.
Hamjamiyatning asosiy talablaridan biri — tadqiqot o’tkazishdagi mahalliy hamkor sifatida mustaqil fuqarolik jamiyati institutlari (nodavlat notijorat tashkilotlar) bo’lishi zarur. Mazkur indeks hisobotida mamlakatimizni aks ettirish bo’yicha yakuniy qaror tashkilotning joriy yil avgust oyidagi yig’ilishida ko’rib chiqilishiga kelishilgan.
İqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investiciyalarni tartibga solish cheklovlari indeksi”da O’zbekistonni e`tirof etish maqsadida tuzilma mas`ul rahbarlari bilan muzokaralar o’tkazildi. Xususan, İqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan birgalikda “İnvesticion siyosat sharhi — O’zbekiston” nomli hisobotni ishlab chiqish va bu orqali indeksda mamlakat o’rnini aks ettirish imkoniyatlarini kengaytirish bo’yicha kelishuvlarga erishildi.
Kornell universiteti, Xalqaro intellektual mulk tashkilotining “Global innovaciyalar indeksi”da mamlakatimiz o’rnini aks ettirish masalasida İnnovacion rivojlanish vazirligi muzokaralar o’tkazmoqda. Hozir ushbu indeksda talab etilgan zarur statistik ma`lumotlarni jamlash bo’yicha hamkorlikda ishlar yo’lga qo’yilgan.
Xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi tashkilotlarni mamlakatimizdagi islohotlar bo’yicha xolis va zarur ma`lumotlar bilan o’z vaqtida ta`minlash masalasi o’z echimini topganmi?
— Albatta, bunday ma`lumotlar turli axborotnomalar shaklida tegishli tashkilotlar, xususiy investorlar hamda xalqaro ekspertlarga jo’natilmoqda. Shuningdek, ular vazirliklarning rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida ham keng jamoatchilik e`tiboriga havola etib borilmoqda.
Bundan tashqari, ayrim reyting va indekslarda talab etilgan statistik ma`lumotlar respublikamizning davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan shakllantirilgan statistik ma`lumotlar bazasiga asoslanadi.
Masalan, BMTning “Barqaror rivojlanish maqsadlari”da jami 206 ta milliy indikator tasdiqlangan. Davlat statistika qo’mitasi tomonidan yaratilgan maxsus saytga bu boradagi zarur ma`lumotlar doimiy ravishda joylashtiriladi. Shuningdek, xalqaro reyting va indekslar uchun kerakli ma`lumotlar davlat idoralari tomonidan muntazam yangilanib boriladi.
Misol uchun, hukumat portali doirasida “Ochiq ma`lumotlar portali” ishga tushirilgan. Mazkur portal Davlat statistika qo’mitasining davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma`lumotlar bazasi yuritilishi va yangilanishi, shuningdek, tegishli axborotlarning o’z vaqtida aks ettirilishini muvofiqlashtirib kelmoqda.
Umuman olganda, xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi tashkilotlar tadbirkorlar va aholi o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomalar natijalariga, nodavlat notijorat tashkilotlar ma`lumotlariga hamda milliy va xorijiy ekspertlar xulosalariga tayanadi. Bu esa, o’z navbatida, respublika miqyosida iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohadagi islohotlar va ularning natijalaridan mahalliy aholi va tadbirkorlar qay darajada xabardor ekanini ko’rsatib beradi.

tải về 180.32 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương