11-Mavzu. O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rni va nufuzini ortib borishi. Reja


O’ZBEKİSTON RESPUBLİKASİNİNG XALQARO REYTİNGLAR VA İNDEKSLARDAGİ O’RNİNİ YaXShİLASh ChORA-TADBİRLARİ TO’G’RİSİDA



tải về 180.32 Kb.
trang3/6
Chuyển đổi dữ liệu13.04.2024
Kích180.32 Kb.
#57179
1   2   3   4   5   6
11 мавзу тарих узб

O’ZBEKİSTON RESPUBLİKASİNİNG XALQARO REYTİNGLAR VA İNDEKSLARDAGİ O’RNİNİ YaXShİLASh ChORA-TADBİRLARİ TO’G’RİSİDA
2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy obro’sini shakllantirish, O’zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o’rnini xolis va haqqoniy baholashni ta`minlash bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, ko’rilayotgan choralarga qaramasdan, mamlakatda tegishli yo’nalishlar bo’yicha milliy reytinglarni yuritishga yordam beradigan, amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro mezonlar va standartlarga muvofiqligini baholashning yaxlit tizimi mavjud emas.
Mazkur holat xalqaro tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan tizimli hamkorlik aloqalarini o’rnatish, mas`ul vazirlik va idoralarda baholanayotgan yo’nalishlar bo’yicha tavsiyalar va boshqa davlatlarning ijobiy tajribasini o’z ichiga olgan tegishli ma`lumotlar bazasini, xodimlarda esa xalqaro reytinglar metodologiyasini qo’llash bo’yicha dunyoqarashni shakllantirish imkonini bermayapti.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, shuningdek, respublikaning xalqaro reytinglardagi o’rnini yaxshilashni ta`minlash maqsadida:
1. O’zbekiston Respublikasi İnnovacion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligining O’zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o’rnini monitoring qilish va baholash milliy tizimini (keyingi o’rinlarda — Milliy monitoring tizimi) yaratish to’g’risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Boshqaruv sifati va siyosatning samaradorligini o’lchash, mamlakatda yuz berayotgan o’zgarishlar jarayonini baholash, tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqqan holda islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini ishlab chiqishga yordam beruvchi ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari Milliy monitoring tizimining tarkibiy qismi etib belgilansin.
2. Milliy monitoring tizimi faoliyatini tashkil etishning dastlabki bosqichi sifatida respublikadagi tadqiqot institutlariga alohida xalqaro reytinglar ilovaga muvofiq biriktirilsin va ularga quyidagi vazifalar yuklansin:
xalqaro reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlash, ularni amaldagi qonunchilikka implementaciya qilish, O’zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi past ko’rsatkichlariga sabab bo’layotgan asosiy omillarni aniqlash;
o’zini o’zi baholash uchun ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari asosida milliy indekslarni ishlab chiqish;
loyihalar va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o’rnini yuksaltirishga to’sqinlik qilayotgan normalarni aniqlash nuqtai nazaridan ekspert tahlil qilish hamda tahlil natijalariga ko’ra tegishli tavsiyalar ishlab chiqish;
O’zbekiston Respublikasining tegishli reytinglardagi rivojlanish jarayoni to’g’risidagi axborotlarni, shuningdek, baholanayotgan yo’nalishlar bo’yicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilg’or tajribasini o’z ichiga olgan axborotlar ma`lumot bazasini yaratish;
O’zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reytinglardagi o’rnini yaxshilashga to’sqinlik qilayotgan mavjud haqiqiy muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari va ilmiy muassasalarning ekspertlari bilan hamkorlik o’rnatish va konstruktiv muloqotni yo’lga qo’yish;
tegishli tarmoqlardagi muammolarni aniqlash va ahvolni o’rganish uchun ijtimoiy so’rovlar o’tkazish, shuningdek, mamlakatda keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish doirasida turli sohalarda yuz berayotgan tub o’zgarishlar to’g’risida jamoatchilik va xalqaro reyting agentliklarini xabardor qilish.
3. Ko’rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat organlari faoliyatidan qoniqishi darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy mahoratini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasining «davlat xizmatlarining sirli mijozi» institutini joriy etish to’g’risidagi taklifiga rozilik berilsin.
4. Belgilansinki:
«davlat xizmatlarining sirli mijozi» institutidan foydalanish doirasidagi chora-tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etiladi;
«davlat xizmatlarining sirli mijozi» institutidan foydalanishda huquqbuzarliklar va vakolatni suiiste`mol qilishga undovchi usullarni qo’llash taqiqlanadi;
«davlat xizmatlarining sirli mijozi» instituti ma`muriy tartib-qoidalar amalga oshirilishi qulayligi va davlat organlari, shuningdek, ularning xodimlari tomonidan davlat xizmatlarini ko’rsatishda normativ-huquqiy hujjatlar talablari, xodimlarning professionalligi va tezkorligi, ularning aholi bilan muomala qilish etiketi darajasini baholaydi;
ma`lumotlarni yig’ish uchun haqiqiy «mijoz» ko’rinishida monitoringni amalga oshiruvchi xodimlar va boshqa shaxslar («sirli mijozlar»)dan foydalaniladi;
«sirli mijoz» tomonidan monitoring nafaqat bevosita ob`ektlarga tashrif buyurishlar, balki monitoring amalga oshirilayotgan davlat xizmatlariga qarab boshqa vositalar (telefon qo’ng’iroqlari, elektron pochta orqali murojaat qilish va boshqalar) orqali ham amalga oshirilishi mumkin;
«davlat xizmatlarining sirli mijozi» monitoringi natijalari shaxsiy bo’lmagan shaklda rasmiylashtiriladi hamda qonun hujjatlari va huquqni qo’llash amaliyotini takomillashtirish uchun tegishli davlat xizmatlarini ko’rsatadigan vazirlik va idoralarga majburiy tartibda ko’rib chiqish uchun taqdimnomalar yuboriladi;
«davlat xizmatlarining sirli mijozi» monitoringi natijalari tegishli davlat xizmatlarini ko’rsatadigan vazirlik hamda idoralar xodimlarini javobgarlikka tortish uchun asos bo’lmaydi va tavsiyaviy ko’rinishga ega bo’ladi;
«davlat xizmatlarining sirli mijozi» instituti faoliyatini yuritish bilan bog’liq xarajatlar Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg’armasi hamda O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi.
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligi, O’zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o’rnini yaxshilash uchun mas`ul bo’lgan boshqa vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari bilan birgalikda 2019 yil 1 aprelga qadar İnternet tarmog’ida quyidagilarni o’z ichiga olgan «O’zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portalini yaratsin:
xalqaro reytinglar bo’yicha yillik hisobotlar, shuningdek, hisobotlarni o’rganish va e`lon qilish muddatlarini ko’rsatgan holda tegishli yo’nalishlar bo’yicha ishlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning tavsiyalari;
xalqaro reytinglar indikatorlari bo’yicha xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribasiga oid axborotlar;
tegishli reytinglar yo’nalishlari bo’yicha jamoatchilik fikri so’rovnomalari, shuningdek, ijtimoiy va ilmiy tadqiqotlar natijalari;
xalqaro reytinglar savolnomalari shaklida har bir indikator kesimida to’liq va aniq ma`lumotlar, shu jumladan statistik ma`lumotlar;
tegishli reytinglar bo’yicha turli ijtimoiy so’rovlarni o’tkazish imkoniyati;
tegishli xalqaro reyting metodologiyasi bo’yicha onlayn o’qitish resursi;
respondentlar tomonidan joylarda qonunchilik va huquqni qo’llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo’yicha takliflarni taqdim etish imkoniyati.
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirligi «O’zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali faoliyatini qo’llab-quvvatlash va yangilash bo’yicha mas`ul organ etib belgilansin.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o’rnini yaxshilash uchun mas`ul vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari har chorak yakuni bo’yicha keyingi oyning 15 sanasiga qadar O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirligiga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risidagi ma`lumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etishni ta`minlasin.
Bunda, O’zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o’rnini yaxshilash uchun mas`ul vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari rahbarlari «O’zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portalida e`lon qilinadigan axborotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
6. Alohida reytinglar uchun mas`ul bo’lgan tadqiqot institutlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son Farmonida belgilangan, O’zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o’rnini yaxshilash uchun mas`ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2019 yil 1 aprelga qadar O’zbekiston Respublikasining milliy manfaatlari va qonunchilik talablarini hisobga olgan holda xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasiga asoslangan tegishli reytinglar metodologiyasini ishlab chiqish va tasdiqlashni ta`minlasin;
2019 yil 1 mayga qadar tegishli reytingda O’zbekiston Respublikasining rivojlanishi tendenciyalari haqidagi ma`lumotlarni, baholanayotgan yo’nalish bo’yicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilg’or tajribasini o’z ichiga olgan axborotlar ma`lumot bazasini shakllantirsin;
2019 yil 1 iyunga qadar vazirlik va idoralar xodimlarini baholash metodologiyasi bilan tanishtirish, ularda reytinglar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha seminar-treninglarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda tashkil qilsin;
ikki oy muddatda xalqaro reytinglarni tuzuvchilar, shuningdek xalqaro reytinglarga aloqador boshqa xalqaro, ilmiy-tadqiqot, nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikni o’rnatish masalasini ko’rib chiqsin.
O’zbekiston Respublikasi İnvesticiyalar va tashqi savdo vazirligi O’zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o’rnini yaxshilash uchun mas`ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda tadqiqot institutlariga hamkorlikni yo’lga qo’yishda va grantlar, shu jumladan xorijiy grantlarni jalb etishda har tomonlama ko’maklashsin.
7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son Farmonida belgilangan, O’zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o’rnini yaxshilash uchun mas`ul vazirlik va idoralar:
O’zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro reytinglardagi o’rnini, shu jumladan tadqiqot institutlarining ma`lumotlari va o’rganish natijalarini hisobga olgan holda yaxshilash bo’yicha har yili «yo’l xaritalari» ishlab chiqilishini ta`minlasin;
bir oy muddatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasiga 2019 yilda O’zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro reytinglardagi o’rnini yaxshilash bo’yicha «yo’l xaritalari» loyihalarini kiritsin.
8. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi hamda «Yuksalish» umummilliy harakati O’zbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglardagi o’rnini oshirishga to’sqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning natijalari to’g’risidagi axborotni, jumladan subsidiyalar, grantlar ajratish hamda ijtimoiy buyurtmalar berish orqali xalqaro reytinglarni tuzuvchilarga etkazish borasidagi ishlarga fuqarolik jamiyati institutlarini faol jalb etishni ta`minlasin.
9. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda «davlat xizmatlarining sirli mijozi» tomonidan monitoringni o’tkazishning aniq maqsadlari, parametrlari, ob`ektlari va mezonlarini nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqsin.
10. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligi O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda xalqaro reytinglar indikatorlari doirasida o’tkazilayotgan islohotlar to’g’risidagi axborotlarning ommaviy axborot vositalari va İnternet tarmog’ida keng yoritilishini, shuningdek, aholi va tadbirkorlik sub`ektlari orasida tushuntirilishini ta`minlasin.
11. Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o’zgartirish va qo’shimchalar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o’rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.

tải về 180.32 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương