Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


PROTSEDURA VA FUNKSIYALAR



tải về 0.79 Mb.
trang5/27
Chuyển đổi dữ liệu01.03.2024
Kích0.79 Mb.
#56678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti

3. PROTSEDURA VA FUNKSIYALAR
Ko‘pincha ma’lum amallar majmuini dasturning turli qismida takrorlashga to‘g`ri keladi. Paskalda ko‘p takrorlanadigan amallar majmuini asosiy dasturdan ajratib olib, ulardan alohida bloklar - protsedura va funksiyalar tashkil qilish mumkin. Har bir shunday tashkil etilgan protsedura va funksiyaga albatta nom beriladi. Kerakli protsedura yoki funksiyaga uning nomi orqali murojaat etiladi. Protsedura va funksiyalardan oqilona foydalanib tuzilgan dastur, odatda, sodda va tushunarli bo‘ladi.
Protseduralar ham, funksiyalar ham ma’lum amallar majmuidan iborat bo‘lsa, ular bir biridan nimasi bilan farq qiladi?
Funksiyalar, umuman olganda, biror bir qiymatni hisoblashga mo‘ljallab tuziladi. Pirovard natijada hisoblangan qiymat funksiya nomiga o‘zlashtiriladi.
Protseduralar esa ma’lum bir amallar ketma-ketligini bajarish maqsadida tuziladi. Bunda biror natijaviy qiymat hisoblanishi emas, balki berilgan amallar ketma-ketligi bajarilishining o‘zi ahamiyatga ega.
Masalan, dasturda tomonlari berilgan uchburchak yuzini bir necha marta hisoblash kerak bo‘lsa, funksiyadan foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki bunda har safar birgina qiymatni - uchburchakning yuzi hisoblanadi. Agar uchlarining berilgan tomonlari bo‘yicha ekranda bir nechta uchburchak chizish talab etilgan bo‘lsa, tabiiyki, birgina qiymatni hisoblashga mo‘ljallangan funksiya emas, balki, ekranda uchburchak chizish jarayonini tashkil etuvchi protsedura tuzish lozim.
• FUNKSIYA - ma'lum bir vazifani bajaruvchi, qandaydir nomga ega, bir yoki bir necha qiymatni qabul qiluvchi, ishni tugatganidan keyin esa asosiy dasturga bir yoki bir necha natija qiymatlarini qaytaruvchi qism dastur.
• PROTSEDURA - funksiyaga o‘xshash ko‘p marta foydalanilishi mumkin bo‘lgan qism dastur bo‘lib, yagona farqli jihati hech qanday qiymatni qaytarmaydi. Python dasturlash tilining har xil masalalarni yechishga mo‘ljallangan bir necha foydali standart funksiyalari mavjud.
Protsedura va funksiyalarni ularga murojaat etishda beriladiganma’lum bir qiymatlarga bog`liq qilib tashkil etish ham mumkin. Bu qiymatlar parametrlar, shu tarzda tashkil etilgan protsedura va funksiyalar esa parametrli protsedura va funksiyalar deyiladi.
Protsedura va funksiyalar sarlavha bilan boshlanadi. Protsedura sarlavhasi quyidagi umumiy ko‘rishga ega:

tải về 0.79 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương