Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



tải về 0.79 Mb.
trang14/27
Chuyển đổi dữ liệu01.03.2024
Kích0.79 Mb.
#56678
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Repeat
S

Until B


Bu yerda B -mantiqiy ifoda, ‘True’ yoki ‘False’ qiymat qabul qiladi; S -sikl tanasi bo’lib, bir yoki bir necha operatorlar ketma-ketligidan iborat bo’lishi mumkin. Agar mantiqiy ifoda ‘False’ qiymat qabul qilsa siklda takrorlanish davom etadi, aks holda to’xtaydi.
Misol. 1,2,...,10 conlar yig’indisini hisoblash dastursini tuzing.
Program S10;
Const kn=10;
Var i: Integer; S: Real;
Begin
S:=0; i:=0;
Repeat
i:=i+1; S:=S+i;;
Until I>kn;
Write (‘S=’,S);
Readln;
End.
Odatda WHILE operatori REPEAT operatoriga nisbatan ko’p ishlatiladi. Bunga sabab ko’pchilik masalalarda sikl tugallanish sharti sikl boshlanmasdan tekshirish maqsadga muvofiqdar. Zarur bo’lsa siklni umuman bajarmasdan o’tish mumkin.
Ko’pchilik masalalarni yechishda tuzilgan dasturda ichma-ich joylashgan sikllar tashkil etishga to’g’ri keladi. Bunday sikllarga murakkab sikllar deyiladi. Murakkab sikllar tashkil etilganda quyidagi talablar bajarilishi zarur.
-ichki sikl tashqi sikl ichida to’liq yotishi kerak;
-sikllar bir-biri bilan kesishmasligi kerak;
-sikl ichiga tashqaridan to’g’ridan-to’g’ri kirish mumkin emas;
-sikl parametrlari boshqa-boshqa identifikatorlar bilan belgila-nishi kerak;
Misol. ifodani hisoblash dastursini tuzing.
Bu formulada agar yig’indini ochsak u quyidagi ko’rinishga keladi.

Program SP;
Var
i,j: Integer; S: Real;
Begin
S:=0;
For i:=1 to 10 do
Begin
P:=1;
For j:=1 to 5 do P:=P*(i+j)/Sqrt(i*j);
S:=S+P;
End; Write (‘S=’,S);
End.
Massivlar
Ko’p hollarda jadval yoki matritsalar ko’rinishidagi ma’lumotlar bilan ish yuritish kerak bo’ladi. Jadvalda ma’lumotlar juda ko’p bo’lgani sabab, ularning har bir yacheykasidagi sonni mos ravishda bitta o’zgaruvchiga qiymat qilib berilsa ular ustida ish bajarish ancha noqulayliklarga olib keladi. SHu sabab dasturlashda bunday muammolar massivlarni ishlatish yordamida hal qilinadi.
Massiv - bu bir nom bilan belgilangan qiymatlar guruhi yoki jadvaldir. Massivning har bir elementi massiv nomidan so’ng o’rta qavs ichiga olingan raqam va arifmetik ifoda yozish bilan belgilanadi. Qavs ichidagi raqam massiv indeksini belgilaydi. Vektorni bir o’lchovli massiv, matritsani ikki o’lchovli massiv deb qarash mumkin.
Bir o’lchovli massivda uning har bir elementi o’zining joylashgan o’rin nomeri bilan aniqlanadi va nomeri qavs ichida indeks bilan yoziladi. Ikki o’lchovli massiv elementi o’zi joylashgan satr va ustun nomerlari yordamida aniqlanadi. SHu sabab ikki o’lchamli massiv elementi ikkita indeks orqali yoziladi. Masalan: A[i,j] bu yerda i-satr nomeri j-ustun nomerini bildiradi.
Massivni e’lon qilish dasturning bosh qismida berilib, uning yozilishi umumiy holda quyidagicha bo’ladi:

tải về 0.79 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương