Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



tải về 0.79 Mb.
trang13/27
Chuyển đổi dữ liệu01.03.2024
Kích0.79 Mb.
#56678
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Misol
ax2+bx+c=0 kvadrat tenglamaning ildizlarini topish dasturi tuzilsin.
PROGRAM Corni;
Label 20;
Var A, B,C, D, E, F, X, X1, X2, Z:real;
BEGIN
Writeln (‘a, b, c koeffitsiyentlar qiymatini kiriting:’);
Read (A,B,C);
if A=0 THEN
BEGIN
x:=-B/C; writeln (x);
goto 20
end
else
BEGIN
D:=B*B-4.0*A*C; Z:=2.0*A; E:=-B/Z; F:=sqrt(ABS(d)/Z;
End;
if D>=0 THEN
BEGIN
x1:=E+F; x2:=E-F; writeln (x1,x2);
End
else if D=0 then
begin X:=E; writeln(x); end else writeln (‘echim yo’q’);
20: end.
Sikl operatorlari.
Ayrim masalalarda bir yoki bir necha parametrlarning o’zgarishiga qarab ma’lum hisoblashlar bir necha marta takrorlanib bajarilishi mumkin. Masalan, y=ax+b funksiyani x ning bir necha qiymatida uning mos qiymatlarini hisoblash kerak deylik. Bunday hisoblashlarni kompyuterda dastur tuzib bajarish uchun siklik strukturali dasturlar tuzish kerak bo’ladi. Bu kabi dasturlarni shartli o’tish operatori yordamida ham tuzish mumkin. Lekin Paskal tilida siklik strukturali dastur tuzish uchun bir necha maxsus operatorlar mavjud.
For operatori takrorlanishlar soni aniq bo’lgan sikllik jarayonlar tashkil etishda ishlatiladi. Uning umumiy ko’rinishi quyidagicha:
For i:=m1 to m2 Do S;
Bu yerda i-sikl parametri; m1,m2 -i parametrining boshlanQich va oxirgi qiymati bo’lib, ular o’zgarmas son yoki ifoda bo’lishi mumkin; S-sikl tanasi bo’lib, bir necha operatorlardan tashkil topishi mumkin.
Agar sikl tanasi bir necha operatordan iborat bo’lsa ular Begin va End ichiga olinadi.
Misol. 1,2,...10 conlar yiQindisini hisoblash dastursini tuzing.
Program S10;
Const kn=10;
Var i: Integer; S: Real;
Begin
S:=0;
For i:=1 to kn do S:=S+i;
Write (‘S=’,S); Readln;
End.
Agar to so’zni DoWnto so’ziga almashtirilsa sikl parametri teskari bo’yicha o’zgaradi, ya’ni -1 qadam bilan. U holda sikl ko’rinishi quyidagicha bo’ladi.
For i:=m1 DoWnto m2 Do S;
Misol. 10 dan 1 gacha conlarni ekranga chiqarish dastursini tuzing.
Program SP;
Var i: Integer;
Begin
For i:=10 DoWnto 1 do Write (i); Readln;
End.
While sikl operatori takrorlanishlar soni oldindan aniq bo’lmagan hollarda takrorlanishni biror bir shart asosida bajaradi. Berilgan shart oldin tekshiriladi va keyin shartning bajarilishiga qarab kerakli operatorlar ketma-ketligi bajariladi. Bu operatorning umumiy ko’rinishi quyidagicha: While B Do S;
Bu yerda B -mantiqiy ifoda; S -sikl tanasi bo’lib, bir yoki bir necha operatorlar ketma-ketligidan iborat bo’lishi mumkin. Mantiqiy ifoda ‘True’ yoki ‘False’ qiymat qabul qiladi.
Agar mantiqiy ifoda ‘True’ qiymat qabul qilsa S operatorlari bajariladi, aks holda bajarilmaydi, ya’ni sikl ishlashdan to’xtaydi.
Misol. 1,2,...,10 conlar yiQindisini hisoblash dastursini tuzing.

Program S10;


Const kn=10;
Var i: Integer; S: Real;
Begin
S:=0; i:=0;
While i<=kn do Begin i:=i+1; S:=S+i; End;
Write (‘S=’,S);
Readln;
End.
Repeat sikl operatori ham takrorlanishlar soni oldindan aniq bo’lmagan hollarda takrorlanishni biror bir shart asosida bajaradi. Oldin sikl tanasidagi operatorlar ketma-ketligi bajariladi. Berilgan shart keyin tekshiriladi. Agar berilgan shart rost (True) bo’lsa, boshqaruv sikldan keyingi operatorni bajarishga o’tadi, aks holda sikl takrorlanadi. Bu operatorning umumiy ko’rinishi quyidagicha:

tải về 0.79 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương