Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Kurs ishimning dolzarbligi



tải về 0.79 Mb.
trang3/27
Chuyển đổi dữ liệu01.03.2024
Kích0.79 Mb.
#56678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Kurs ishimning dolzarbligi: Ushbu kurs ishi hozirgi kunda yoshlarga bir necha xil protsedura va funktsiyalarning qo‘llanishiga misollar berilgan masalalarni dasturlash tillari orqali yechish va foydalanish kabi vazifalarni o‘rganish ifoda etadi.
Kurs ishimning maqsadi: bir necha xil protsedura va funktsiyalarning qo‘llanishiga misollar haqida tushunchalar berish. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarida ishlash, amaliy masalalarga dasturlar tuzishga oid nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Kurs ishimning vazifasi: bir necha xil protsedura va funktsiyalarning qo‘llanishiga misollar haqida tushunchalar hosil qilish.
1.Dasturlash tillari rivojining birinchi qadamlari
Dasturlash tillari rivojining birinchi qadamlari Birinchi EHM lar uchun dasturlani dasturchilar mashina kodi tilida yozganlar. Bu juda qiyin va uzoq vaqt talab etadigan jarayon edi. Dastur tuzishni boshlash va ishlatib ko`rish orasida ancha vaqt o`tar edi. Bunday muammolarni yechish faqatgina dasturlash jarayonini rivojlantirish, optimizatsiya qilish orqaligina bajarilishi mumkin edi. 
Dasturchilar mehnatini iqtisod qiluvchi bunday “jixoz” o`rnini qism dasturlari egalladi. 1944 yil avgustida releli “Mark-I” mashinasi uchun Greys Xopper (dasturchi ayol, AQSH ning dengiz ofitseri) boshchiligida sin x ni hisoblovchi qism dasturi yozildi.
Greys Xopperdan boshqalar ham bu ishda ortta qolmadilar. 1949 yilda Jon Mouchli (ENIAK EHM si ixtirochilaridan biri) yuqori darajali dasturlash tillarining dastlabkilariga asos bo`lgan Short Code sistemasini ishlab chiqdi. 1951 yilda Greys Xopper birinchi bo`lib A-O kompilyatorini yaratdi.
Birinchi yuqori darajali dasturlash tillari: Cobol ва Fortran. O`tgan asrning 50-yillarida Greys Xopper boshchiligida yangi dasturlash tili va kompilyatori V-O ni ishlab chiqishga kirishildi. Yangi til dasturlashni ingliz tiliga yaqin tilda yuajarish imkonini berdi. 30 ga yaqin inglizcha so`zlar tanlandi.
1958 yilda V-O sistemasi Flow-Matic nomini va tijoriy ma`lumot-larni qayta ishlashga yo`naltirildi. 1959 yilda COBOL (Common Business Oriented Language – umumiy tijoratga yo`naltirilgan til ) tili io`lab chiqildi. Bu til mashinadan mustaqillikka ega bo`lgan yuqori darajali biznesga yo`naltirilgan dasturlash tilidir. Mashinadan mustaqillikka ega bo`lgan dasturlash tillarida yozilgan dasturlar istalgan turdagi EHM da maxsus kompilyatorlar vositasida bajarilaveradi. COBOL tilini yaratishda ham Greys Xopper maslahatchi bo`lgan.
1954 yilda FORTRAN (FORmula TRANslation) tili yaratilayotgani haqidagi xabar chop etildi. Bu dastur IBM kompaniyasining Nyu Yorkdagi shtab kvartirasida yaratildi. Uni a tuzuvchilardan biri Jon Bekus bo`ldi. U BNF(NFB - normalnaya forma Bekusa – Bekusning normal formasi ) muallifi bo`lib, bu forma ko`plab dasturlash tillarining sintaksisini izohlashda qo`llaniladi.
Bu vaqtda Yevropa davlatlarida mashhur til ALGOL edi. Xuddi Fortran kabi u ham matematik topshiriqlarga yo`naltirilgan edi. Unda o`sha davrning ilg`or texnologiyasi – tarkibli dasturlash amalda qo`llangan.
Ko`plab dasturlash tillari o`tgan asrning 60-70-yillarida paydo bo`ldi. Uzoq vaqt yashagan tillar sirasiga BASIC tilini kiritish mumkin. Bu dasturlash tili 1964 yilda Jon Kemeni va Tomas Kurs boshchiligida Dartmut universitetida ishlab chiqildi. Mualliflarining fikriga ko`ra bu til sodda, o`rganishga oson va murakkab bo`lmagan hisoblashlarni bajarishga mo`ljallangan. BASIC ko`proq mikro EHM va shaxsiy kompyuterlarda keng tarqaldi. Dastlab bu til tarkib(struktura)li bo`lgani uchun sifatli dasturlashni o`rganishga qiyin bo`ldi. 1985 yilda uning True BASIC ishlab chiqildi. Bu dasturni tuzganlarni fikriga ko`ra bu til PASCAL ko`ra mukammalroqdir. 1991 yilda Visual BASIC ning birinchi versiyasi paydo bo`ldi.


tải về 0.79 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương