Psixologiya va yoshlar psixologiyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



tải về 170.97 Kb.
trang9/37
Chuyển đổi dữ liệu05.12.2023
Kích170.97 Kb.
#55882
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Psixologiya va yoshlar psixologiyasi-fayllar.org

Mavzu:Muloqot haqida tushuncha
Reja
1. Muloqot haqida tushuncha.
2.Nutq va uning turlari.
3. Muloqotning inson filogenetik va ontogenetik rivojlanishidagi ahamiyati.
4. Muloqot vazifalari va turlari .
Muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi
Kommunikatsiya – o‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi jarayoni.
Kooperatsiya - hamkorlik faoliyatini tashkillashtirish, guruh maqsadlariga erishishni ta’minlab beruvchi o‘zaro ta’sir.
Verbal kommunikatsiya - inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo‘llaniladi
Kommunikatsiya - tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi
Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z harakatla¬rini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.
Nizo – muloqot ishtirokchilarining har biri muhim bo‘lgan muammoni hal etish vaqtida ular o‘rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir
Kinesika – bu imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat bo‘lgan muloqot vositalari tizimi.
Paralingvistik tizim – bu vokallashtirish tizimi, ya’ni, tovush sifati, uning ko‘lami, tonalligi.
Ekstralingvistik tizim – nutqqa tanaffus va boshqalarni, masalan, tin olish, yo‘talish, yig‘i, kulgu, nutq jadalligini kiritish.
Proksemika – psixologiyaning muloqotni fazoda va vaqt bo‘yicha tashkil etish talablari bilan shug‘ullanadigan maxsus sohasi. Proksemikaning asoschisi amerikalik antropolog e. Xolldir. Proksemik xususiyatlarga sheriklarning muloqot vaqtidagi yo‘nalishi va ular o‘rtasidagi masofa kiradi.
Vizual muloqot – bu ko‘zlar orqali aloqa. Sрuni ta’kidlab o‘tish joizki, servis sohasi bilan bog‘liq ish faoliyatida verbal, hamda noverbal aloqalar bo‘yicha o‘z malakalarini muntazam oshirib boradiganlarga omad kulib boqadi.
Muloqot mazmuni – bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.Biz, ochiq ko‘ngilli va shodlanayotgan odamga qaraganda, g‘azablanayotgan yoki azob chekayotgan odamga nisbatan o‘zimizni boshqacha tutamiz. Bir mavjudotdan boshqasiga etkaziladigan tashqi muhit holati haqidagi ma’lumot, masalan, xavfdan yoki yaqin atrofda ijobiy, biologik muhim omillarning, deylik, ozuqaning mavjudligi haqidagi ogohlantirish muloqot mazmuni bo‘lishi mumkin. Odamda muloqot mazmuni hayvonlarnikiga qaraganda ancha kengroqdir. Odamlar bir-biri bilan dunyo haqidagi bilimlar, orttirilgan tajriba, layoqatlar, malaka va ko‘nikmalarni jamlagan axborot bilan almashadilar. Inson muloqoti ko‘p jismli bo‘lib, ichki mazmuniga ko‘ra turli-tumandir.

tải về 170.97 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương