Psixologiya va yoshlar psixologiyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Hayvonlarning xatti - harakat tiplari



tải về 170.97 Kb.
trang6/37
Chuyển đổi dữ liệu05.12.2023
Kích170.97 Kb.
#55882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Psixologiya va yoshlar psixologiyasi-fayllar.org

2.Hayvonlarning xatti - harakat tiplari.
Instinktlar - hayvonlarning o`z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan tug`ma murakkab harakatlaridir. Masalan: ko`p qushlar juda ustalik bilan in yasar ekan, material tanlash va inni pishiq qurish yo`lida xilma - xil harakatlarni bajaradi. Qaldirg`och, o`rgimchaqlar, asalarilarning in yasashlari bo`nga misol bo`la oladi. Hayvonlarning biologik ehtiyojlariga qarab, ularning instinktiv harakatlarini quyidagi turlarga bo`lish mumkin: ovqatlanish instinkti, saqlanish instinkti, nasl qoldirish instinkti va poda - poda bo`lib yashash instinkti kabilar. Instinktlar mashq qilish yoki o`rganish yo`li bilan hosil bo`lmaydi, ular biologik irsiyat sifatida o`tadi. Instinktlarning nerv - fiziologik asosi - shartsiz reflekslardir.Ular ma`lum sharoitdagina qulay hisoblanadi. Agar sharoit o`zgarsa instinktlar foydasiz bo`lib qoladi. Masalan: qushlarga tuxum o`rniga boshqa narsani qo`yib qo`yilsa, bosib yotaveradi. Instinkt har bir turdagi hayvonlar uchun nasldan naslga o`tib o`zgarmay qoladi. Ko`nikma hayvonlarning individual hayoti davomida paydo bo`ladigan harakatlardir. Masalan: o`rgangan it qo`l o`zatilsa, oldingi oyog`ini beradi, it eshikni oyog`i yoki tumshug`i bilan ochadi. “o`yinga to`shadi”, keyingi oyoqlari bilan tikka yuradi, ot aravaga kiradi. Bunday harakatlar ko`nikma deb ataladi. Hayvon instinktiv harakatlar yo`li bilan qanday ehtiyojlarini qondirsa, hosil qilingan ko`nikma yo`li bilan ham shu ehtiyojlarini qondiradi. Hayvonlarning ko`nikmalari, instinktlar asosida, shuningdek, ilgari hosil qilingan shartli reflekslar asosida vujudga keladi. Hayvonlarning ko`nikmasi “o`rganish” yo`li bilan hosil bo`ladi. Masalan: bo`rilar o`z bolasiga qidirish, ov qilishni o`rgatadi. Uy hayvonlarini odam “o`rgatganda” ularda ko`nikma hosil bo`ladi. Kishilarning hayvonlarda shu tariqa ko`nikmalar hosil qilishiga o`rgatish - “dressirovka” deb ataladi. Hayvon biologik taraqqiyoti qanchalik yuqori bosqichda tursa, ko`nikmalar shunchalik tez hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan ko`nikmalar mustahkamlanishi instinktiv harakatlar shaklida avloddan -avlodga o`tishi mumkin.
Ayrim narsalar o`rtasida murakkab munosabatlarning aks ettirilishi intellektual harakatlarning asosini tashqil etadi. Quyidagi tajriba intellektual harakatga misol bo`la oladi. Qarg`aning ko`zi o`ngida bitta ichi bo`sh trubaga ipga bog`langan ovqatni, ya`ni bir parcha go`sht kiritilgan. Qush ovqatning truba ichiga kirganini, keyin ikki truba o`rtasidagi ochiq joydan o`tib, ikkinchi trubaga o`tib ketganini ko`rib turgan. Shundan keyin qarg`a darhol trubaning oxiriga yugurib borib, ovqatning trubadan chiqishini kutib turgan.
Bu misol yuksak taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o`rtasidagi munosabatlarni payqay olishini va mazkur vaziyatga qarab, ular natijasini oldindan, ya`ni harakat qilayotgan narsalarning qaerda paydo bo`lishi mumkinligini hisobga ola bilishini ko`rsatuvchi dalildir. Maymunlar intellekti (aql) ularning murakkab masalalarni echa olishlari bilan ajralib qolmay, balki ular faoliyati yo`nalishi bilan ham ahamiyatlidir. (chunki ular 81 xil ovkat turi bilan ovqatlanadi). Instinktlar va ko`nikmalar tashqi ta`surotlarga bir xil javob qaytarish mexanizmi sifatida hayvon organizmini ortiqcha zo`r berishdan saqlaydi. Hayvon bir necha marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan vaziyatlardagina masalani hal qilishning eng yuksak darajadagi usullariga, ya`ni intellekt bilan ish ko`rish usullariga murojaat qiladi. Maymunlarda har qanday narsani sinab ko`raverish jarayonida konkret amaliy tafakkur sodir bo`ladi. YUksak taraqqiy etgan hayvonlar to`dasida o`zaro munosabatning ma`lum shakli mavjuddir. Hayvonlarning to`daga birlashuvi o`z navbatida shu to`da a`zolarining o`zaro aloqa bog`lashlari uchun zarur “til” ni albatta keltirib chiqaradi. Hayvonlarning qiyofa, suykalish va tovush signallari shaklidagi “tili” mavjud.

tải về 170.97 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương