Ochiq dars ishlanmasi


- SLAYD ham bo‘ladi. Olma, o‘rik, nok, terak, yong‘oq, anjir, tok, bodring, qovun kabi o‘simliklarning bargi bandli



tải về 289.25 Kb.
trang5/8
Chuyển đổi dữ liệu23.04.2024
Kích289.25 Kb.
#57344
1   2   3   4   5   6   7   8
7 sinf Biologiya fanidan Novda mavzusida ochiq dars ishlanma

9 - SLAYD
ham bo‘ladi. Olma, o‘rik, nok, terak, yong‘oq, anjir, tok, bodring, qovun kabi o‘simliklarning bargi bandli; lola, shirach, gulsafsar, bug‘doy, makkajo‘xori, arpa, sholi kabi o‘simliklarning bargi poyaga bandsiz birikadi. Barg yaproqlari unga mustahkamlik beruvchi hamda moddalar transportini ta’minlovchi tomirlarga ega. Ikki pallali o‘simliklarning bargi to‘rsimon (panjasimon) yoki patsimon, bir urug‘pallali o‘simliklar bargi esa parallel yoki yoysimon tomirlangan. Nima uchun barglar shakli va hajmi jihatidan farq qiladi? Bargning suv bug‘latishi uning tuzilishiga bog‘liq. O‘simlik barglari mayda, ba’zan ignachalar (qarag‘ay) va tangachalar (archa, saksovul) shaklida bo‘lishi suvni kam bug‘latishga moslashish hisoblanadi. Katta yuzaga ega barglar suv bug‘latishini kamaytiruvchi tukchalar va mum bilan qoplangan bo‘ladi
Barglar oddiy va murakkab bo‘ladi. Barg bandida bitta barg joylashsa, bunday barg oddiy barg deyiladi. Oddiy bargli o‘simliklarga olma, nok, o‘rik, shaftoli, tut, tok, g‘o‘za, terak misol bo‘ladi. Bitta barg bandida bir nechta bargchalar bandchalari orqali joylashgan bo‘lsa, bunday barglar murakkab barg deyiladi

Ko‘pchilik o‘simliklarda novdalar qo‘shimcha vazifalarni bajarishga moslashib, o‘z shaklini o‘zgartirgan. Shakli o‘zgargan novdalar oziq modda to‘plash, tabiatning noqulay sharoitlaridan himoya qilish va o‘simlikning ko‘payishiga xizmat qiladi
O‘simliklar bargi novdada navbat bilan, qarama-qarshi va halqa hosil qilib joylashadi. Olma, o‘rik, terak, tut, tok, atirgul, g‘o‘za, pomidor kabi o‘simlik barglari poyaning har bir bo‘g‘imida bittadan navbat bilan joylashadi. Rayhon, yalpiz, nastarin, kiyiko‘t kabi o‘simlik barglari poya har bir bo‘g‘imining ikki tomonida bir-biriga qarama-qarshi joylashadi. Sambitgul, qirqbo‘g‘im kabi o‘simliklar poyasining har qaysi bo‘g‘imida ikkitadan ortiq barg halqasimon joylashadi.

10 – SLAYD
Shakli ozgargan yerosti novdalar :1. Piyozbosh 2.Tugunak 3.Ildizpoya






tải về 289.25 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương