Mutaxassislarini


TAShKILOTDA VA QOʻShMA TURDAGI MAKTABGAChA



tải về 175.5 Kb.
trang8/10
Chuyển đổi dữ liệu08.09.2023
Kích175.5 Kb.
#55123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Бердишукурова Ойгул Ашур қизи huquq
ERKINOY huquq, Zamonova Shaxnoza huquq
TAShKILOTDA VA QOʻShMA TURDAGI MAKTABGAChA
TAShKILOTDA GURUHLARNI TOʻLDIRISh
49. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan 2 yoshdan 7 yoshgacha tarbiyalanuvchilar kontingentiga muvofiq quyidagi guruhlar tuziladi:
nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;
eshitishida ogʻir nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;
koʻrishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;
psiхik rivojlanishda kechikayotgan tarbiyalanuvchilar uchun;
aqli zaif boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun.
50. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida guruhlar bolalarning toifasiga va yoshiga qarab toʻldiriladi hamda tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etadi:
kar tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
zaif eshituchi tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
koʻzi ojiz tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
zaif koʻruvchi yaхshi koʻrmaydigan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlar boʻlgan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 15 nafar va koʻpi bilan 18 nafar tarbiyalanuvchi;
gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari bilan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
bolalar serebral falaji sindromi asoratlari bilan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
yengil darajada aqli zaif boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; oʻrta darajada aqliy zaif boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 6 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
autizm bilan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
psiхik rivojlanishda kechikayotgan uch yoshdan katta bolalarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi.
51. Qoʻshma turpdagi maktabgacha tashkilotlarda inklyuziv guruhlar yoshi boʻyicha toʻldiriladi.
52. Qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarda uch yoshdan katta bolalarga moʻljallangan inklyuziv guruhlar rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalarning toifasiga qarab toʻldiriladi hamda quyidagini tashkil etadi:
kamida 20 nafar va koʻpi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, koʻpi bilan rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan (zaif koʻruvchilar yoki zaif eshituvchilar yoki tayanch-harakat apparatida nuqsonlar boʻlgan) 3 nafar bola;
kamida 20 nafar va koʻpi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, koʻpi bilan rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan (ambliopiya bilan, koʻzi gʻilaylik, yoki nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan yoki autizm bilan) 2 nafar bola;
kamida 20 nafar va koʻpi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, koʻpi bilan nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan 3 nafar bola;
kamida 20 nafar va koʻpi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, koʻpi bilan psiхik rivojlanishda kechikayotgan 3 nafar bola.
Qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarda guruhlar bolalarning toifasiga va yoshiga qarab toʻldiriladi hamda tegishli ravishda quyidagini tashkil etadi:
kar bolalarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar bola;
zaif eshituvchi bolalarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar bola;
koʻzi ojiz bolalarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar bola;
zaif koʻruvchi bolalarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar bola;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlar boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarda -kamida 15 nafar va koʻpi bilan 18 nafar bola;
gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari bilan bolalarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar bola;
bolalar serebral falaji sindromi asoratlari bilan bolalarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar bola;
yengil darajada aqli zaif boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; oʻrta darajada aqli zaif boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 6 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
autizm bilan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
psiхik rivojlanishda kechikayotgan uch yoshdan katta bolalarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi.
53. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlarni toʻldirish tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini saqlab turish, tuzish va ularda ishlash tartibini tashkil etishga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablarini hisobga olgan holda muassis tomonidan belgilanadi.

10-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGAChA



tải về 175.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương