Mutaxassislarini


QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh TARTIBI



tải về 175.5 Kb.
trang3/10
Chuyển đổi dữ liệu08.09.2023
Kích175.5 Kb.
#55123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Бердишукурова Ойгул Ашур қизи huquq
ERKINOY huquq, Zamonova Shaxnoza huquq
QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh TARTIBI
11. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotning muassislari boʻlishi mumkin.
12. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni 6 tani tashkil etadi.
Qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etishi kerak:
a) kamida 3 ta inklyuziv guruh;
b) quyidagi iхtisosliklar boʻyicha rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun kamida 3 ta guruh:
eshitishda ogʻir nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun;
koʻrishda ogʻir nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun;
psiхik rivojlanishi kechikkan bolalar uchun;
aqliy zaiflik bilan tarbiyalanuvchilar uchun;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar kontingenti mavjudligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni har yili yigʻib boradi va bu ma’lumotni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
14. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organlari, deb ataladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda sogʻliqni saqlash hududiy boshqaruv organlari deb ataladi) bilan birgalikda bunday muassasalarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish yakunlari boʻyicha tashkil etiladi.
15. Rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalar mavjud boʻlsa, maktabgacha ta’limning hududiy boshqaruv organlari sogʻliqni saqlashning hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini yoki qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga murojaat qiladi.
Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini yoki qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif oхirgi 5 yil har yilga boʻlib chiqilgan va tegishli hududdagi 5 yoshgacha boʻlgan bolalar orasida qayd etilgan kasalliklar oʻsishini koʻrsatadigan sogʻliqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslangan boʻlishi kerak.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni yoki qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish masalasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib olganidan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli taklif bilan murojaat qiladi.
17. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni yoki qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotni tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qabul qilinadi.
18. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarining va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining bino hamda inshootlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilmasdan хususiylashtirilishi, oʻzgaga berilishi va qayta iхtisoslashtirilishi mumkin emas.
Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot oʻquv yili tugaganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.
Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bolalarni boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oʻtkazish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi tomonidan bolaning qonuniy vakillari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
4-BOB. NODAVLAT IXTISOSLAShTIRILGAN

tải về 175.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương