Mavzu: Sanoat korxonalarida mehnat potentsialini rivojlantirish va undan samarali foydalanish yo’llari mundarija


“OLMALIQ KON METAALURGIYA KOMBINATI” AJ 2021-2023 yillarda iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili



tải về 287.06 Kb.
trang13/14
Chuyển đổi dữ liệu14.05.2024
Kích287.06 Kb.
#57612
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
8. “OLMALIQ KON METAALURGIYA KOMBINATI” AJ 2021-2023 yillarda iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili
Respublikamizda konchilik va metallurgiya sanoati yildan yilga rivojlanib bormoqda. 36 000 nafardan ortiq konchi-metallurgni birlashtirgan, O’zbekiston rangli metallurgiyasining bayroqdori Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 40 dan oshiq millat va elat vakillari bo’lgan konchi-metallurglar mehnat qilishadi. O’zining 70 yillik tarixi davomida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati rivojiga munosib hissa qo’shib kelayotgan “Olmaliq KMK” AJ O’zbekistondagi eng yirik sanoat korxonalaridan biri bo’lib, uning ishlab chiqarish quvvati Toshkent, Jizzax, Namangan, Surxondaryo viloyatlarida joylashgan mis-molibden, qo’rg’oshin-rux, oltin va kumush konlariga asoslanadi.
Ona-zaminimiz bag’ridagi nodir, rangli va qimmatbaho metallarni qazib olishga hamda ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan ushbu kombinat konlaridan qazib olinayotgan ma’danlar tarkibida Mendeleyev davriy jadvalidagi elementlarning deyarli barchasi mavjud.
Shuningdek, korxonalarimizni ohak xom-ashyosi bilan ta’minlab kelayotgan Ohak zavodi, konchilar ishini yengillashtirayotgan Portlatish materiallari zavodi, shuningdek, Issiqlik elektr markazi, Sanoat suv ta’minoti sexi, Elektr tarmoqlari boshqarmasi, Loyiha ishlari boshqarmasi, Kapital qurilish boshqarmasi, kombinat va shaharda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining boshida turgan “Olmaliq metallurgqurilish” tresti, Ixtisoslashgan ta’mir ishlari boshqarmasi va boshqalardir.
Kombinatda ishlab chiqarilayotgan oltin va kumush London qimmatbaho metallar birjasining sifat belgisiga, ya’ni “Yaxshi yetkazib beruvchi” maqomiga ega. Mis ishlab chiqarish jarayonida sifat tizimi menejmenti joriy etilib, unga Xalqaro muvofiqlik sertifikati olingan. Ushbu muvofiqlik sertifikati kombinatning Jizzaxdagi sement ishlab chiqarish jarayoniga ham berilgan.
Metallurglar, konchilar va qimmatbaho metall qazib olish sohasining yetuk olimlari ishtirokida ekspertlar guruhi tashkil etilgan bo’lib, ular tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini uzoq muddatda modernizatsiya qilish bo’yicha dastur ishlab chiqildi. Dasturda qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va qayta ishlashga ilg’or xorijiy tajribani joriy qilish ko’zda tutilgan.
Bugungi hisob-kitoblarga koʻra, ushbu dasturni tatbiq etish uchun 502 million dollardan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi. Bu esa yiliga mis ishlab chiqarish hajmini 109 ming tonnadan 148 ming tonnagacha, rux metallini ishlab chiqarishni 78 ming tonnadan 120 ming tonnagacha, oltingugurt kislotasi ishlab chiqarishni qariyb ikki barobar - 845 ming tonnadan 1,6 million tonnagacha oshirish imkonini beradi.
Qimmatbaho va nodir metallarni qazib olish hamda qayta ishlash avvalgi yillarga nisbatan 1,3 martaga ortadi.
Mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromad 1,5 barobarga ortib, 12 trillion soʻmga yetadi. Davlat byudjetiga tushumlar hajmi ham 1,4 barobarga ortib, 5 trillion soʻmdan ortadi. Kombinatning sof foydasi ham 1,4 barobarga ortib, 1,6 trillion soʻmni tashkil qiladi.
Shuningdek, bugungi kunda yillik quvvati 160 million tonna rudani qayta ishlashga moʻljallangan “Yoshlik I” konini oʻzlashtirish investitsiya loyihasi shiddat bilan amalga oshirilmoqda.
Endilikda “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati istiqbolda ijtimoiy sohadagi chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlash, oddiy ishchidan tortib to markaziy apparat xodimlarigacha boʻlgan mehnat jamoasi bilan uzviy tarzda ishlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, ishlab chiqarish salohiyatini va eksportni yanada oshirish, mehnatkashlarni har tomonlama ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashdek vazifalarni oʻz oldiga qoʻygan.



Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2023 yil yakuni boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi:


- amaldagi narxlarda –106,1 %.
Mis katodini ishlab chiqarish 97,7 %, shu jumladan 100,4 % oʻz xom ashyosidan, metalli rux 82,0 %, shu jumladan 101,4% oʻz xom ashyosidan, sulfat kislotasi 93,3%, affinajli oltin 100,1 % va affinajli kumush 100,7 %ga bajarildi.
2023 yil yakuni boʻyicha eksportg xajmi 102,5 % ga bajarildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30-dekabrdagi PQ-72 sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-dekabrdagi 459-sonli qarori 3 ilovasiga muvofiq 2023 yilga “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 1106,7 mln. dollarlik investitsiya oʻzlashtirilishni moʻljallangan.
2023 yil yakuni boʻyicha 1128,2 mln. dollar (101,9 %) miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirildi, shu jumladan:
korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 234,5 mln. doll.
toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy kreditlar – 893,8 mln. doll.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2022 yil 24-anvardagi 99-sonli “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq va “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining 2022 yil 31 yanvardagi 94 sonli buyrugʻiga asosan “Olmaliq KMK” AJ 2023 yilda mahalliylashtirish dasturi boʻyicha 332,6 mlrd. soʻmlik 137 ta loyihani amalga oshirishi koʻzda tutilgan.
2023 yil yakuni boʻyicha 147 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar koʻrsatkichi 429,0 mlrd. soʻmni yoki prognozga nisbatan 119,9 foizni tashkil etdi.
2023 yilga moʻljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 377,5 mlrd. soʻmga yoki 3,2 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan.
2023 yil yakuni boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 404,7 mlrd. soʻmni yoki 3,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2022-yil yakuni boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga erishdi:


- amaldagi narxlari 108,3 foizga bajarildi.
2021-yilning mos davriga solishtirma narxlarda tovar mahsuloti o‘sish sur'ati 96,2 % ni tashkil etdi. O‘sish suratining pasayishiga Qizilqum fosforit kompleksining va Sement zavodlarining “Olmalik KMK” AJ tasarrufidan chiqarilishi, shuningdek yanvar oyidagi “Blekaut” sabab bo‘ldi.
Mis katodini ishlab chiqarish 100,0 foizga, shu jumladan 99,4 foizga o‘z xom ashyosidan, metalli rux 100,1 foizga, shu jumladan 104,8 foiz o‘z xom ashyosidan, 103,4 foizga sulfat kislotasi, 100,3 foizga affinajli oltin va 100,3 foizga affinajli kumushni tashkil etdi.
2022-yil yakuni boʻyicha 946,7 mln.doll. (110,7 %) miqdorida mahsulotlar eksportga sotildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72 sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2022-yilga “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 766,0 mln. dollarlik investitsiya o‘zlashtirilishni mo‘ljallangan.
2022-yil yakunlari boʻyicha 788,8 mln. dollar (102,7%) miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirildi, shu jumladan:

  • korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan – 473,8 mln. doll.

  • to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy kreditlar – 315,0 mln. doll.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2022-yil 24-yanvardagi 99-sonli “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq va “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining 2022-yil 31-yanvardagi 94-sonli buyrug‘iga asosan “Olmaliq KMK” AJ 2022-yilda mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 236,9 mlrd. so‘mlik 108 ta loyihani amalga oshirishi ko‘zda tutilgan.
2022-yil yakunlari boʻyicha 108 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ko‘rsatkichi 334,1 mlrd. so‘mni yoki prognozga nisbatan 141,0 foizni tashkil etdi.
2022-yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 328,0 mlrd. so‘mga yoki 3,0 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan.
2022-yil yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 335,7 mlrd. so‘mni yoki 3,0 foizni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi 203,1 mlrd. so‘m yoki 1,8 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik to‘lovlarini kamayishini ta'minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.
2023-yil 1-yanvar holatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 10 063,2 mlrd. so‘mni, shu jumladan muddati o‘tgan qarzlari 88,2 mlrd. so‘mni, kreditorlik qarzlari 1 702,1 mlrd. so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.
Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.
Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 6222 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari holda 1441 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni o‘zlashtirish bo‘yicha 2052 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha 1957 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 760 nafar kishi o‘qitildi.
“Olmaliq KMK” AJ O‘zbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy o‘quv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni olib boradi.
Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 272 tani tashkil etmoqda, bundan 39 ta talaba OTMlarning kunduzgi va 233 ta talaba sirtqi va kechki bo‘limlarida ta'lim olmoqda.
Hisobot davrida jami 1198 nafar, jumladan kollej bitiruvchilarining 625 nafari, oliy ta'lim bitiruvchilari 367 nafar va ma'lumotsiz 206 nafar kishi ish bilan ta'minlandi.



Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2021 yil yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi:
- amaldagi narxlarda 117,6 %ga.
2020 yilning mos davriga solishtirma narxlarda tovar mahsuloti oʻsish sur’ati 100,1% ni tashkil etdi.
Mis katodini ishlab chiqarish 100,3 %, shu jumladan 100,4 % oʻz xom ashyosidan, metalli rux 90,0 %, shu jumladan 101,6 % oʻz xom ashyosidan, 104,8 % sulfat kislotasi, 100,9 % affinajli oltin va 101,1 % affinajli kumush, 91,3 % portlandsementni tashkil etdi.
2021 yil yakuni boʻyicha 133,7 % ga mahsulotlar eksportga sotildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9 yanvardagi PQ-4563 sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq 2021 yilga “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 5 039,6 mln. dollarlik investitsiya oʻzlashtirilishni moʻljallagan, shu jumladan oʻzlashtirish prognozi:
korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 1 724,0 mln.doll.;
tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlaridan– 336,4 mln.doll.;
tijorat banklarining kreditlaridan – 62,7 mln. doll;
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy kreditlardan – 2 916,5 mln. doll.
2021 yil yakuni boʻyicha 467,8 mln. dollar (102,4 %) miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirildi, shu jumladan:
korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 397,4 mln. doll.;
tijorat banklarining kreditlaridan – 1,4 mln. doll.;
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy kreditlar xisobidan – 68,9 mln. doll. oʻzlashtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 martdagi 136-sonli “2020-2021 yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq “Olmaliq KMK” AJ 2021 yilda 161,4 mlrd. soʻmlik 87 ta loyihani amalga oshirishi koʻzda tutilgan.
2021 yil yakuni boʻyicha 87 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar koʻrsatkichi 217,2 mlrd. soʻmni yoki prognozga nisbatan 134,5 foizni tashkil etdi.
2021 yilga moʻljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 240,9 mlrd. soʻmga yoki 1,8 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan.
2021 yil yakuni boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 604,8 mlrd. soʻmni yoki 4,6 foizni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi, 393,6 mlrd. soʻm yoki 3,0 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik toʻlovlarini kamayishini ta’minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.
2022 yil 1 yanvar xolatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 2609,7 mlrd. soʻmni, shu jumladan muddati oʻtgan qarzlari 139,5 mlrd. soʻmni, kreditorlik qarzlari 4875,4 mlrd. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.
Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.
Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 5487 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari xolda 789 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni oʻzlashtirish boʻyicha 2242 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha 1744 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 232 nafar kishi oʻqitildi.
“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy oʻquv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni olib boradi.
Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 357 tani tashkil etmoqda, bundan 54 ta talaba OTMlarning kunduzgi va 303 ta talaba sirtqi va kechki boʻlimlarida ta’lim olmoqda.


XULOSA
Korxonaning ishlab chiqarish potensiali - bu asosiy vositalar, mehnat resurslari, texnologiya, energiya resurslari va ijodiy faoliyat uchun tashkilot ixtiyorida bo'lgan axborotni o'z ichiga olgan murakkab tizim. U bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega. Avvalo, yaxlitlik, ya'ni potentsialning barcha elementlari mavjud bo'lgandagina uning faoliyatining yakuniy natijasi - ishlab chiqarishga erishish mumkin. Shuningdek, quyidagilar kabi xususiyatlar: o'zaro almashinish, elementlarning o'zaro bog'liqligi, fan-texnika taraqqiyotining so'nggi yutuqlariga erishish qobiliyati, mahsulotlarga moslashuvchanlik va moslashish, o'zgaruvchan iqtisodiy, ishlab chiqarish va texnik sharoitlarga. Ushbu mexanizmlarni o'rganish ishlab chiqarish samaradorligini boshqarish vositasiga aylanadi, ishlab chiqarishni yangilashda sifatli yutuqga yordam beradi, moslashuvchanlik mexanizmini aniqlaydi, bu esa ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlarining intensivligini kamaytirish va jamiyatning talablarga javob berish qobiliyatini oshirish imkonini beradi.
Korxonaning kadrlar potensiali va uning o'zgarishlari ma'lum miqdoriy, sifat va tarkibiy xususiyatlarga ega bo'lib, ular o'lchanishi va mutlaq va nisbiy ko'rsatkichlar bilan kamroq yoki kattaroq ishonchlilik darajasi bilan aks ettirilishi mumkin.
Bu miqdoriy, sifat va tarkibiy xususiyatlar tashkilotning inson resurslarini boshqarish asoslanishi kerak bo'lgan tamoyillarni belgilaydi: mehnat potentsialining mehnat funktsiyalari va bajarilgan ish turlarining tabiati, hajmi va murakkabligi bilan muvofiqligi; mehnat potensiali tarkibi ishlab chiqarishning moddiy omillari bilan belgilanadi; mehnat potensialidan yanada samarali foydalanish; xodimlarning kasbiy va malakasini oshirish, martaba ko'tarilishi va xodimlarning profili, ko'nikma va malakalarini kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Inson resurslarining sifat va miqdoriy xarakteristikalari, shuningdek, uni boshqarish tamoyillari korxona xodimlarining holati va xodimlarni boshqarish maqsadlarida uning o'zgarishlar tendentsiyalari, shu jumladan rejalashtirish, tahlil qilish va boshqarish maqsadlari to'g'risida tasavvurga ega bo'lishi mumkin.



tải về 287.06 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương