Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi



tải về 315.58 Kb.
trang14/102
Chuyển đổi dữ liệu02.11.2023
Kích315.58 Kb.
#55524
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102
8-s-d-i-t

Dasrning turi:Amaliy
Darsning usuli: Test topshiriqlari
Darsning jihozi:Test banki va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.


3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.


Yangi darsning bayoni.

1.Avogadro doimiysini ifodalovchi sonni ko`rsating.


A. 3.02∙1023 B. 6.02∙1023. D. 22.4 litr S. 6.12∙1023
2. Asosli oksidni qatorini aniqlang.
A. NaOH B. Fe(OH)2 D. Al(OH)3 S. Be(OH)2
3. Amfoter oksidni qatorini ko`rsating.
A. Al(OH)3 B. Zn(OH)2 D. Fe(OH)2 S. A. B.
4. tuzlar berilgan qatorini aniqlang.
A. H2O B. K2O D. NaCl S. H2SO4
5.Davriy sistemada nechta metall bor.
A. 58 ta B. 63 ta D. 24 ta S. 85 ta
6. kisloltali oksid birilgan qatorni aniqlang.
A. H2SO4 B. SO3 D. H2O S. NaOH
7.Oddiy moddalar berilgan qatorni aniiqlab toping.
A. H2SO4 B. NaOH D. Al, Na, K. S. Na, Li, H2O
8.Murakkab moddalar berilgan qatorni toping.
A. KOH, H3PO4 B. Al, Na, K. D. Na, Li, H2O S. Mg. B, K2SO4
9. 14 gramm temirda nechta atom mavjud.
A. 2.06∙1023 B. 3.06∙1023 D. 1.505∙1023 S.6.02∙1023
10. Asoslar berilgan qatorni aniqlang.
A. NaOHKOH Al(OH)3 B. Mg (OH)2CO2 H2SO4
D. NaCl FeSO4 Ca(OH)2 S.KOH Al(OH)3FeSO4
11. Oksidlar berilgan qatorni aniqlang.
A. CO SO­2H2O. B. Mg (OH)2CO2 H2SO4
D. NaCl FeSO4 Ca(OH)2 S. Mg. Be, Ca SO4
12. kislota berilgan qatorni aniqlang.
A. H2SO4 B. H2O D. Mg (OH)2 S.FeSO4
13. Kislorod bo`lgan ikki elementlardan tashkil topgan murakkab moddalar nima deb ataladi.
14. Tuz hosil qilmaydigan oksidlar qatori nima deb ataladi.
15. Ham kislotali, ham asos xossasiga ega asoslar nima deb ataladi.
16. Metall atomi va bir yoki bir necha gidroksoguruhlardan tashkil topgan
murakkab moddalarga nima deb ataladi
17. Kislotalar yoki kislotali oksidlar bilan tuz hosil qiluvchi birikma nima deyiladi. 18. O`simlik va daraxtlarning zararkurandalardan saqlovchi oksid qaysi
19. Neft qayta ishlashda,sovun va qog`oz olishda qaysi gidroksiddan foydalaniladi.
20. Xlor ishlab chiqarishda, bo`yoqlar va mineral o`g`itlar olishda qaysi kislota ishladi.



Savol

1

2



3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

Javob






































Yopiq test javoblari.



13

Oksidlar

17

Asosli oksidlar

14

Befarq oksidlar

18

Kalsiy oksid CaO.

15

Amfoter asoslar

19

Natriy gidoksid NaOH

16

Asoslar

20

Sul`fat kislota H2SO4



Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: ________________

Sana: ____________________ Sinf: ______________________________ Dars: ___




Mavzu: Atomyadro tarkibi.


Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad:Atomyadro tarkibi haqida bilim, ko`nikma va malaka berish
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi:An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.


Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.


Yangi darsni rejasi.

Atom . Zarracha. Molekula.




Yangi darsning bayoni.

Ma’lumki, eramizdan avvalgi 460-370 yillarda yashagan olim Demokrit tabiatdagi barcha narsalar juda kichik zarrachalardan ya’ni, “atom”lardan tashkil topgan va atom bo‘linmaydi deb aytgan edi. 865-925 yillarda yashagan Markaziy Osiyolik Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy atomlar bo‘linadigan zarrachalar bo‘lib, ular ning ichi bo‘shliq va mayda bo‘lakchalardan iborat bo‘ladi. degan fikrni aytgan. Atomlar doimo harakatda va ular orasida o‘zaro ta’sir kuchlari mavjud deb hisoblagan. 979-1048 yillarda yashagan vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy atomlarni bo‘linmaydigan zarrachalardir deb qaraydigan olimlarga qarshi o‘z fikrlarini bildirgan va atomlarni bo‘linadigan (lekin cheksiz emas) mayda zarralar ekanligini e’tirof etgan. 1911 yilda ingliz olimi E.Rezerford atomlar bo‘linmaydigan sharsimon zarralardir deb qarovchi g‘oyalarni inkor etdi va atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi.Buning uchun tabiiy radioaktiv elementlardan ajralib chiqayotgan α-nurlarni metaldan yasalgan juda yupqa plastinkadan o‘tkazdi. Metall plastinkasidan o‘tayotgan α-nurlarning asosan ko‘p qismi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasdan harakatini davom ettirdi. Oz qismi esa ma’lum burchakostida harakat yo‘nalishini biroz o‘zgartiradi. Juda oz qismi, taxminan 8 mingta α-zarrachalarning bittasi o‘z harakati yo‘nalishini butunlay o‘zgartirdi (1-rasmga qarang). Rezerford o‘z tajribalari natijalariga asoslanib quyidagicha xulosalarga keldi va atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi. Atomning markazida musbat zaryadlangan yadro bor. Yadro atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakatlanadi. Atom yadrosining zaryadi son jihatdan elementning tartib raqamiga teng. Yadrodagi musbat zaryadli protonlar soni elektronlar soniga teng. Atomlarning yadrolari radioaktiv elementlardan ajralib chiqayotgan α-zarrachalar bilan to‘qnashganda, ya’ni α-zarrachalar bilan “bombardimon” qilinganda yadrodan proton va neytronlar otilib chiqadi.


Protonlarning zaryadi +1, massasi 1 ga teng bo‘lgan zarracha bo‘lib, 1 p bilan belgilanadi. Protonlar zaryadi va massasi 1 ga teng bo‘lgan vodorod atomining yadrosidir. Neytronlar zaryadsiz zarrachalar bo‘lib, massasi birga teng. Neytronni 0 1n bilan belgilanadi.
Atom yadrosi atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakat qiladi. Elektronlarning massasi protonlarning massasidan 1840 marta kichik, demak, uning massasini amalda hisoblash qiyin bo‘lganligi sababli 0 deb olamiz, za ryadi esa -1 bo‘lgan zarrachalardir. Elek tronni ē bilan belgilaymiz. Atomning elektroneytral zarracha ekanligini bilamiz. Demak, atomlarda protonlar soni elektronlar soniga teng deb ayta olamiz. Alyuminiy ning tartib raqami 13, demak, uning atomi yadrosida 13 taproton bo‘ladi. Yadro zaryadi+13. Yadro atrofida ham 13 ta elektron harakat qiladi, ya’nimanfiy zaryadlar yig‘indisi ham –13 ga teng. Moddaning kimyoviy hodisalar oqibatida bo‘linmaydigan eng kichik zarrachasi atomdir. Atom musbat zaryadlangan yadrodan va manfiy zaryadlangan elektronlardan iborat yadro qobig‘idan iborat.Kimyoviy elementning tartib raqami uning atom yadrosi zaryadi bilan mos keladi.Vodorod atomining yadrosida bitta proton bo‘ladi. Zaryadi +1, massasi 1 a.m.b. Uning yadrosi atrofida bitta elektron harakat qiladi. Atomning massasi uning yadrosidagi protonlar va neytronlar yig‘indisiga teng. Ar=N+Z N - tartib raqami (ptotonlar soni), Z- neytronlar soni.

tải về 315.58 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương