Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi



tải về 315.58 Kb.
trang16/102
Chuyển đổi dữ liệu02.11.2023
Kích315.58 Kb.
#55524
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102
8-s-d-i-t

Yangi darsni rejasi.

1. Izotoplar.2. Izobarlar.




Yangi darsning bayoni.

Proton, neytron, atom massa kabi tushunchalarning mohiyatini bilib oldingiz. Sizda tabiiy ravishda quyidagicha savol tug‘ilishi mumkin. Proton va neytronlarning massalari deyarli butun songa yaqin bo‘lsada, nima uchun proton va neytronlar massalari yig‘indisidan hosil bo‘lgan elementning atom massalari kasr sonlar bilan ifodalanadi?


Masalan, xlorning atom massasi – 35,453, kislorodning atom massasi – 15,9994, vodorodning atom massasi – 1,00787 va hokazo. Massasi 35,453 bo‘lgan xlor atomlari tabiatda uchramaydi.A.M.Butlerov elementlarning atom massalari kasr sonlar bilan ifodalanar ekan, demak massalari turlicha bo‘lgan atomlarning o‘rtacha qiymati bo‘lish kerak deb hisoblagan. Turli atom massaga ega bo‘lgan, lekin kimyoviy xossalari bir xil bo‘lgan atomlarni izotoplar deb atadi. Bu turdagi atomlarning atom massalari turlicha bo‘lsa-da davriy jadvalda bir o‘rinda joylashadi. Tabiatda uchraydigan elementlarning deyarli barchasi izotoplarning aralashmasidir. Elementning atom massasi uning izotoplarining massalarining o‘rtacha arifmetik qiymatiga teng .Tabiatda xlorning atom massasi 35 va 37 bo‘lgan ikki turdagi atomlari mavjud bo‘lib, tabiiy xlor shu atomlar aralashmasidan iborat bo‘ladi. Kimyoviy element – bu yadro zaryadlari bir xil bo‘lgan atomlar turi bo‘lib, uning yadrosida neytronlar soni har-xil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham atomning zaryadi bir xil bo‘lsada, massasi turlicha bo‘ladi. Kimyoviy element atomi yadrosida protonlar soni bir xil, ammo neytronlar soni turlicha, shuning uchun ham atom massalari bilanfarqlanuvchi atomlarning turlari izotoplar deyiladi. Vodorod izotoplarining atom yadrosi.a) Ar=1 bo‘lgan vodorod-protiy, b) Ar=2 bo‘lgan vodorod-deyteriy, c) Ar=3 bo‘lgan vodorod-tritiy bo`ladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.

1. Ikki izotopdan iborat nisbiy atom massasi 79,9 bo‘lgan bromning izotoplaridan biri 81Br ning molyar ulushi 0,45 bo‘lsa, uning yana qanday izotopi mavjud?


2.. Ikki izotopdan iborat, nisbiy atom massasi 35,45 bo‘lgan xlorning izotoplaridan biri 37Cl ning molyar ulushi 0,225 bo‘lsa, uning yana qanday izotopi mavjud? .
3. Uglerodning 12C va 13C, kislorodning 16O, 17O va 18O izotoplaridan nechta CO tarkibli oksidlar hosil bo‘lishi mumkinligini toping.
4. Vodorodning 1H; 2H; 3H va kislorodning 16O, 17O va 18O izotoplari ishtirokida nechta H2O tarkibli birikmalar hosil bo‘lishi mumkinligini toping. .
5. Uglerodning 12C, 13C va vodorodning 1H, 2H, 3H izotoplaridan nechta
CH4 tuzilishli birikmalar hosil bo‘ladi?
6Kremniyning 28Si, 29Si, 30Siva vodorodning 1H, 2H, 3H izotoplaridan
nechta SiH4 turidagi birikmalari hosil bo‘ladi? .
7Nisbiy atom massasi 190, yadro zaryadi 76 bo‘lgan osmiy
atomi yadrosida nechta neytron bor?
8Atom massasi 96, yadro zaryadi 42 bo‘lgan Mo izotopi
yadrosida nechta proton va nechta neytron bo‘ladi?
9Quyidagi izotoplar yadrolaridagi protonlar, neytronlar
soni va izotoplarning atom massasini toping:
10.Tabiiy kaliy 93% 39K va 7% 40K izotoplarining aralashmasidan iborat.
1. Tabiiy kaliy ning o'rtacha nisbiy atom massasini aniqlang.
2."Kimyoviy element" tushunchasiga ta'rif bering.
3.Atom tuzilishi nuqtai nazaridan izotoplar kimyoviy elementdan qanday farq qiladi?
4.Izobarlar deb nimaga aytiladi.



tải về 315.58 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương