2-yuklama samarasini yaxshilash (eng ma’qul varianti) vositalaridan biri bo`lib
xizmat qiladi.
Mashqlar orasidagi dam olish vaqtini kamaytirib yoki ko`paytirib yuk umumiy
(kumulyativ) samarasini ko`paytirish yoki kamaytirish mumkin.
Dam olishning tiklanish fazasi oralig’i mashg’ulotlar orasi-dagi dam olish har
doim ertaroq tugashi lozim, ya’ni superkompensatsiya
fazasidan keyin
boshlanadigan qayta (reduktsiya) fazasi boshlanmay turib.
Tiklanish jarayonlarining davomiyligi ko`pincha mashg’u-lotlar yo`nalishiga
bog’liq bo`ladi.
Sportchi
tezlik
yo`nalishidagi,
shuningdek muqobillash-tiruvchi
qobiliyat, tezlik-kuch sifati, texnik, mahoratni oshiruvchi mashg’ulotlardan keyin
tezroq tiklanadi.
Odatda bunday yo`nalishdagi katta yuklamali mashg’ulotlardan keyin tiklanish
2-3 kunda yakunlanadi.
Mashg’ulotlar chidamlilikka yo`naltirilgan bo`lsa,
sportchi tanasida muhim
siljishlarni yuzaga keltiradi va shuning uchun tiklanish jarayoni sekinroq 5-7 kunda
ro`y beradi.
Tiklanish jaryonlari tezligi mashg’ulotning ko`pligi va sportchi mahorati
darajasiga ham bog’liq. Yuqori ixtisosligi sportchida
tiklanish II va III
razryaddagiga qaraganda 1,5-3 marta tezroq yakunlanadi.
Tiklanish jarayonlarining davomiyligiga sportchi tanasi-ning shaxsiy
xususiyatlari va yuklamaning umumiy kattaligi ham ta’sir qiladi.
Sportda jahon miqyosida erishilayotgan yutuqlar
mashq jarayoni uslubi va
mazmunini o`zgartirish zaruratini vazifa qilib qo`ymoqda va birinchi
navbatda mashq yukining ham hajmini, ham jadalligini oshirish ko`zda tutiladi.
Mashq yuklamaning o`sishi, tiklanishining zamonaviy vositalarini tadbiq etilishi
sportchilarning moslashish imkoniyatlarini oshishiga,
ular yanada yuqori sport
yutuqlariga erishishga yordam beradi. 20-25 yil ilgari yosh sportchilar imkoniyatiga
to`g’ri kelmaydigan holat hozirgi paytda me’yor bo`lib qoldi. Turli asosiy
yo`nalishdagi yuklarni to`g’ri muvofiq-lashtirib va ketma-ket qo`llab, tiklanishning
kattaligi va vaqtini o`zaro kelishtirib kuniga ikki
va uch marta mashq qilish
imkoniyati tug’iladi.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: