KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda jismoniy
tarbiya ustidan amalga
oshiriladigan shifokor nazorati tibbiy xizmati yagona sistemasining ajralmas
tarkibiy qismi hisoblanadi. Shifokor nazorati - bu jismoniy tarbiya va sport bilan
shug'ullanuvchi turli yoshdagi kishilarning sog'ligi
jismoniy rivojlanishini
o'rganadigan tibbiy bilimlarining maxsus sohasidir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalar jismoniy tarbiyasi jarayonida shifokor nazoratining asosiy vazifasi ularning
sog'ligini mustahkamlash, jismoniy va nerv-psixik rivojlanishini takomillashtirishga
ko'maklashishdan iboratdir.
Maktabgacha tarbiya tashkilotlaridagi tibbiy nazorati quyidagilarni:
1) jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish jarayonida bolalaming sog'ligi,
jismoniy rivojlanishi va funksional imkoniyatlarini shifokor tomonidan tekshirilishi
va baholanishini;
2) jismoniy tarbiyaning turli xil shakllarini o'tkazish tibbiy-pedagogik kuzatish,
jismoniy mashqlarning mazmuni, o'tkazish metodikasini
bola yoshi va funksional
imkoniyatlariga muvofiqligi va organizmiga ta'sirini nazorat qilishni;
3) jismoniy mashqlar, ertalabki gimnastika, harakatli o'yinlar, sport mashqlari,
chiniqtiruvchi tadbirlar o'tkaziladigan joylarni, jismoniy tarbiya jihozlari,
inventarlari,
shuningdek, shug'ullanuvchilarning kostyum va oyoq kiyimlarining
gigiyenik holati ustidan sanitariya nazorati o'rnatishni;
4) maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlari, ota-onalar va bolalar o'rtasida
sanitariya-maorif ishlari uyushtirishni o'z ichiga oladi. Maktabgacha ta'lim
tashkilotlarida tibbiy nazoratini tashkil etish shifokor, tibbiyot hamshirasi, mudira
va tarbiyachilarning hamkorlikda ishlashini taqozo etadi.
Ishning bu qismi
maktabgacha tarbiya tashkiloti tarbiyalanuvchilarning salomatligi yoki bolalar
shifoxonasining har yilgi jismoniy rivojlanishi tibbiy ko'riklarida shifokor
tomonidan chuqur tekshirish va funksional o'rganilayotganda amalga oshiriladi.
Aniq
belgilangan muddatda, shuningdek, tekshirilishi va zarur bo'lganida bolalar
shifoxonasining shifokor - mutaxassislari tomonidan ko'rib chiqiladi. Sog'liqni
baholash kompleks tarzda: tibbiy ko'rigi ma'lumotlari,
nerv-psixik va jismoniy
rivojlanish xususiyatlarini aniqlash, bola kasallanishini hisobga olish asosida
o'tkaziladi. Tekshirishda, avvalo bolaning jismoniy rivojlanishi aniqlanadi. Buning
uchun antropometrik ko'rsatkichlar: gavda uzunligi, gavda og'irligi, ko'krak qafasi
aylanasi, bir yoshgacha bo'lgan bolalarda esa boshni ham hisobga oladi.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: