2.2. Tarbiyalanuvchilarning jismoniy mashqlar yuklamasini me’yorda
berish.
Jismoniy yuklama – bu shug`llanuvchi organizmiga jismoniy mashqni
belgilangan xajmidir. Yuklama meoyori – bu uni belgilangan miqdori bo‘lib,
xajmning va intensivlikning parametri bilan o‘lchanadi.
Yuklamaning xajmi – bajarilgan mashqlarning soni, mashulot uchun sarflangan
vaqt, bosib o‘tilgan masofani kilometraji va boshqa ko‘rsatkichlari
bilan
belgilanadi.
Intensivlik – xarakatning surati (tempi), tezligi ko‘rsatkichlari, o‘ta tez yugurish,
yurak qisqarishining chastotasi bilan tavsiflanadi.
Jismoniy mashqlarni bajarishdagi o‘zaro munosabat teskari proporsionalpnikga
ega: Yuklamani xajmi qancha katta bo‘lsa uni intensivligi shunchalik past bo‘ladi
yoki uni teskarisi. Muskul ishi xarakteriga ko‘ra yuklama standart va o‘zgaruvchan
bo‘lishi mumkin.
Yuklamani taosiri organizmni bajarilgan ishga reak-siyasi xisoblanadi. Uni
ko‘rsatgichlar – yurak qisqarishi chastotasi va o‘quvchilarni tolishining tashqi
alomatlaridir. Jismoniy yuklamada tolishni darajasining
tashqi alomatlari
gradatsiyasi tablitsada ifodalangan.
Yuqorida qayd qilingan barcha alomatlar turli darajada va turli xolatda jismoniy
yukni shuullanuvchilar organizmiga taosiri doirasini ifodalaydi. Bu bilan
mashulotlar jarayo-nida yuklamani meoyorini aniqlash
va boshqarish mumkin
bo‘ladi.
Yuklamani optimal meoyorlashning nazariy-usuliy asosi-ni organizmni
jismoniy mashqlar taosiriga moslashish qonuniyati, shuullanganlikning ortishidan
bilish mumkin. Shulardan kelib chiqib quyidagi usuliy xolatlar shakllangan va
ilmiy
asoslangan: yuklamani adekvatligi (organizmni indi-vidual funksional
imkoniyatlariga muvofiqligi), yuklamani oshirishni asta-sekinligi (funksional
imkoniyatlarini ortishini rivojlanishini taominlovchi),
yuklamani tizimli-ligi
(ularning birin-ketinligi va muntazamliligi).
Jismoniy yuk xar qanday aniq bir xolatda o‘zining parametri (xajmi, intensivligi,
dam olish intervali)ga ko‘ra optimal bo‘lishi kerak, bu o‘z navbatida shuullanish,
trenirovka qilish effektini taominlaydi. Yuklamaning yetarli emasligi.
Yuklamalarni to'g'ri taqsimlamaslik va yuklamalar yosh sportchi organizmiga
tasirini to'g'ri nazorat qilmaslik oqibatida o'sha sportchining sog'ligiga putur
etadi.Bundan tashqari biz kelgusida jahon yoki Olimpiya chempioni bo'lib etishishi
mumkin bo'lgan sportchini yo'qotamiz.
Quyida yuklamalarni nazorat qilish va yuklamarni
sportchilarda aynan sizga
kerakli sifatlarini rivojlantirishga yo'naltirish bo'yicha maslahatlar bilan tanishing.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: