Himoyaga ruxsat etilsin” Pedagogika fakulteti dekani A. Iminoxunov



tải về 42.72 Kb.
trang3/7
Chuyển đổi dữ liệu30.01.2024
Kích42.72 Kb.
#56504
1   2   3   4   5   6   7
Davrlar stuli, ijtimoiy psixologiya
Kurs ishining maqsadi va vzifasi: Ta’lim jarayoni va uni boshqarish to‘g‘risidagi adabiyotlarni o‘rganib tahlil qilish.
Vazifasi esa Ilk o‘spirinlik yoshida shaxsning rivojlanishi bilan tanishish.
O‘quv faoliyati va aqliy rivojlanish, Ilk o‘spirinlik davrida shasxlararo munosabatlar shakllanishining psixologik asoslari, Ilk o‘spirinlik davrida o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi. Ilk o‘spirinlik davrida o‘quv kasbiy faoliyatning etakchi faoliyatga aylanishi va kasb tanlash muammosi va Ilk o‘spirinlik davrida kasbga yo‘naltirishning psixologik muammolari. Kabi masalarni o‘rganib tahlil etish.
Kurs ishining obyekti va predmeti: Ishimizning obyekti- Ilk o‘spirinlik yoshida shaxsning rivojlanishini jarayonini o‘rganish. Ishimizning predmeti esa mavzu bo‘yicha adabiyotlar, maqolalar, tezislar va tadqiqot ishlari tashkil etadi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Ilk o‘spirinlik yoshida rivojlanish va munosabatlar, Ilk o‘spirinlik davrida o‘zini -o‘zi anglash muammosi hisoblanadi.
Kurs ishining metodi: Mavzuga oid psixologik, pеdagogik adabiyotlarni o‘rganish, tahlil qilish, umumlashtirish, kuzatish, so‘rovnoma, tadqiqot natijalarini umumlashtirish.
Kurs ishining tuzilishi : Kurs ishi kirish, 2 bob, beshta bo‘lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
1.1 Ilk o‘spirinlik yoshida shaxsning rivojlanishi
O‘smirlik davrida shaxsning rivojlanishida bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ladi bu albatta ilk o‘spirinlik davridan keskin farq qiladi. Uning ijtimoiy faoliyati ko‘pincha maktabdan tashqariga chiqadi ya’ni u odatda maktabda tashkilotchilik rahbarlik va tarbiyaviy fuktsiyalarni bajaradi. Ravshanki uning jamiyatdagi mavqei keskin ravishda o‘zgaradi va shaxsning shakllanishiga muhim ta’sir etadi.Avvalo bu davrda yigit va qizlarda o‘z-o‘zini anglash sezilarli ravishda o‘sadi. Biroq bu anglash odddiygina o‘sishdan iborat bo‘lib qolmay u sifat jihatidan o‘ziga xos xarakterga ega bo‘ladi bu hol o‘z shaxsining ma’naviy-psixologik xususiyatlarini aniq hayotiy maqsadar va intilishlar nuqtai nazaridan anglash va ularga baho berish ehtiyoji bilan bog‘langandir. Ilk o‘spirin shaxsida o‘zining psixik hayotiga o‘z shaxsining sifatlariga o‘z qobiliyatlariga chuqur qiziqish o‘yg‘otadi xuddi shuning uchun ham xatti-harakatlariga nazar tashlash o‘z his-tuyg‘ularini va kechinmalarini bilib olish ehtiyoji paydo bo‘ladi.
O‘z-o‘zini anglash o‘quvchining ichki kechinmalari dunyosiga kirishi bilan bog‘liq emas va foydasiz maqsadsiz o‘z-o‘zini tahlili qilishdan ham iborat emas. O‘z-o‘zini anglash hayot va faoliyat talablaridan kelib chiqadi. Jamoadagi yangi vaziyat tevarak atrofdagilar bilan bo‘ladigan yangicha munosabatlar o‘quvchining o‘z imkoniyatlarini baholashga o‘zining shaxsiy xususiyatlarini o‘ziga nisbatan qo‘yilayotgan talablarga javob bera olishi yoki javob bera olmasligi nuqtai nazardan anglashga majbur qiladi.
Ilk o‘spirin yoshidagi o‘quvchilar o‘zining kuchli va ojiz tomonlarini o‘zning ustunlik va kamchiliklarni o‘smirga qaraganda yaxshiroq va chuqurroq baholay oladi. Biroq o‘smir tomonidan o‘z o‘ziga baho berish birmuncha ob’ektivroq bo‘lib bu ularga kattalar tomonidan berilayotgan fikr va mulohazalarga tayaniladi. Ilk o‘spirinlik davrida esa bu boshqacharoq tarzda amalga oshiriladi ya’ni yoshning ortishi bilan unda o‘z shaxsini o‘z xatti-harakatlari va faoliyatini mustaqil tahlil qilish va baho berish an’anasi kuchayadi. O‘z o‘ziga baho berish esa hamisha tashqaridan berilgan bahoni anglashdan ko‘ra qiyinroqdir. O‘z shaxslarini tahlil qila olsalar ham ular o‘zlariga nisbatan ob’ektiv baho bera olmaydilar. Ayrim paytlar o‘zlariga nisbatan juda yuqori baho beradilar.
Ilk o‘spirinlik davrida endi shaxsning ko‘p qirrali munosabatlarini ifodalovchi sifatlari anglanadi. O‘smir o‘zning hozirgi ahvoliga muvofiq ravishda o‘ziga baho bersa ilk o‘spirin o‘zining kelajagiga muvofiq ravishda o‘ziga baho beradi. Masalan men maktab jamoasi a’zosi sifatida qandayman? desa o‘spirin men kelgusi mustaqil hayot uchun qandayman? degan savolni beraman. O‘z-o‘zini anglash negizida o‘z-o‘zini tarbiyalash ehtiyoji o‘sadi bu endi ayrim sifatlarni yo‘qotish ayrimlarini rivojlantirishdan iborat bo‘lmay balki ma’lum bir ideallarga bog‘liq bo‘ladi. Ularga odam fiziologiyasi genetikasidan ma’lumki organizmdagi barcha xususiyatlar tug‘ma bo‘lib ularni o‘zgartirishning hech ham ilojisi mavjud emas degan xulosaga keladilar.
Ilk o‘spirinlik davrida ideallar ikki asosiy shaklda mavjud bo‘ladi ya’nibiron-bir aniq kishining obrazi o‘smirdagidan ko‘ra kamroq ideal bo‘ladi ilk o‘spirin yoshidagi o‘quvchi ana shu obrazda o‘zi yukasak darajada qadrlaydigan sifatlarning gavdlanishini ko‘radi. Ideal sifatida ijobiy sifatlar bilan birga salbiy sifatlardagi insonlarni ham qabul qiladilar. 2
Ilk o‘spirinlik davrida ahloqiy tushunchalarni juda yuksak darajada anglaydilar deb bo‘lmaydi. Bu jarayonda pedagoglar tomonidan olib borilayotgan ta’lim tarbiya ko‘rsatilayotgan kinolar muhim rol o‘ynaydi. Ahloqiy tushunchalar borasidagi qarashlar psixolog A.S.Alyakrinskaya V.I.Selivanov I.M.Krasnobaev A.P.Gurkina A.L.Maliovanov T.V.Rubtseva boshqalar tomonidan olib borilgan. V.I.Barskiynin bergan ma’lumotlariga qaraganda burch vijdon faxrlanish uyalish adolatlilik kabi ahloqiy tushunchalarning mazmunini tekshirib chiqilgan o‘rta maktabni bitiruvchi o‘quvchilardan 44,5 % igina bir qadar yoritib beran. T.N. Malkovskayaning bergan ma’lumotlariga qaraganda yuqori sinf o‘quvchilaridan 94% vijdonlilikni ma’naviy fazilat deb yuqori baho berganlari holda o‘qituvchilar va ota-onalarni aldash mumkin deb hisoblaydilar.

tải về 42.72 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương