Himoyaga ruxsat etilsin” Pedagogika fakulteti dekani A. Iminoxunov


Ilk o‘spirinlik davrida o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi



tải về 42.72 Kb.
trang6/7
Chuyển đổi dữ liệu30.01.2024
Kích42.72 Kb.
#56504
1   2   3   4   5   6   7
Davrlar stuli, ijtimoiy psixologiya
2.1 Ilk o‘spirinlik davrida o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi.
O‘spirinlarni hali to‘la katta deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki ularning shaxs xususiyatlarida hali bolalikni kuzatish mumkin. Bu ularning fikrlarida, berayotgan baholarida, hayotga va o‘z kelajaklariga munosabatlarida ko‘zga tashlanadi. Ko‘pchilik o‘spirinlar maktabni tugatish vaqtiga kelib ham kasb tanlashga nisbatan mas’uliyatsiz yondoshadilar. Bu davr o‘spirinning axloqan o‘z-o‘zini anglashi va barqaror “Men” obrazining shakllanishi Shuningdek, axloqning yangi bosqichiga o‘tishi bilan xarakterlanadi. Bu anglash oddiygina o‘sishdan iborat bo‘lib qolmasdan, u sifat jihatdan o‘ziga xos xarakterga ega bo‘ladi, bu hol o‘z shaxsining ma’naviy-psixologik xususiyatlarini qonkret hayotiy maqsadlar va intilishlar nuqtai nazaridan anglash va ularga baho berish ehtiyoji bilan bog‘langandir.
Ilk o‘spirinning o‘zini o‘zi anglashi o‘smirning o‘zini-o‘zi anglashidan xuddi shu tomonlari bilan farq qiladi. Xuddi ana shu narsa ilk o‘spirinlarda o‘zining psixik hayotiga, o‘z shaxsining sifatlariga, o‘z qobiliyatlariga chuqur qiziqish uyg‘otadi, xuddi Shuning uchun ham o‘z xatti-harakatlariga nazar tashlash, o‘z his-tuyg‘ularini va kechinmalarini bilib olish ehtiyoji paydo bo‘ladi.
O‘z-o‘zini anglash o‘quvchining ichki kechinmalar dunyosiga kirishi bilan bog‘liq emas va foydasiz, maqsadsiz o‘z-o‘zini tahlil qilishdan ham iborat emas. O‘z-o‘zini anglash hayot va faoliyat talablaridan kelib chiqadi. Jamoadagi yangi vaziyat, tevarak-atrofdagilar bilan bo‘ladigan yangicha munosabatlar o‘quvchini o‘z imkoniyatlarini baholashga, o‘zining shaxsiy xususiyatlarini, o‘ziga nisbatan qo‘yilayotgan talablarga javob bera olishi yoki javob bera olmasligi nuqtai nazaridan anglashga majbur qiladi.5
Ilk o‘spirinning o‘z-o‘zini anglashiga oid bu qiziqarli xususiyat quyidagilardan iborat. Ilk o‘spirin o‘zining kuchli va ojiz tomonlarini, o‘zining ustunligi va kamchiliklarini o‘smirga qaraganda yaxshiroq va chuqurroq baholay oladi. Biroq o‘smir ko‘pincha ilk o‘spiringa qaraganda o‘ziga to‘g‘riroq baho beradi.O‘smirda o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishiga boshqa kishilarning fikrlari ta’sir qiladi. O‘smir go‘yo o‘ziga tevarak -atrofdagilar ko‘zi bilan qaraydi, uning aynan o‘zi haqidagi fikrlari ko‘pincha ota-onalari, o‘qituvchilari va o‘rtoqlarining fikrlarini takrorlaydi. Tabiiyki, uning o‘z-o‘ziga baho berishi ham ancha ob’ektiv bo‘ladi, chunki u tevarak-atrofdagilarning ob’ektiv bahosini takrorlaydi. Bu hol akademik litsey va kollej o‘quvchilarida boshqacha bo‘ladi.
Yoshining ortishi bilan unda o‘z shaxsini, o‘z xatti-harakatlari va faoliyatini mustaqil tahlil qilish va baho berish tendensiyasi kuchayadi. O‘z-o‘ziga baho berish esa hamisha tashqaridan berilgan bahoga qaraganda qiyinroqdir. Shuning uchun ilk o‘spirin o‘zining shaxsiy xususiyatlarini va xatti-harakatlarini o‘smirga qaraganda yaxshiroq tahlil qila olmasa ham, o‘ziga ayrim hollarda ob’ektiv baho bera olmaydi. Shuning uchun ular ko‘pincha o‘z shaxslariga ortiqcha baho beradilar, g‘ayri tabiiy manmanlik, kekkayish, takabburlik, kibrlanish hollariga yo‘l qo‘yadilar, tevarak-atrofdagi kishilarga mensimasdan munosabatda bo‘ladilar; boshqalar esa o‘zlariga g‘ayri-tabiiy ravishda etarli baho bermaydilar, o‘zlarini “o‘rtamiyona”, “arzimas”, “oddiy va ko‘zga tashlanmaydigan odam” deb hisoblaydilar.
Intellekti yaxshi rivojlangan o‘spirinlar kattalarni tashvishga solayotgan masala muammolarini tushuna oladilar va ularni muhokama eta oladilar. O‘spirinlar juda ko‘p muammoli savollarga javob o‘ylaydilar. Ularning diqqatini ko‘proq axloqiy masalalar tortadi. Ilk o‘spirinning o‘z-o‘zini anglashi o‘smirning o‘z-o‘zini anglashidan shu jihatlari bilan farqlanadi. Xuddi ana shu narsa ilk o‘spirinni o‘zining psixik hayotiga, o‘z shaxsining sifatlariga, o‘z qobiliyatlariga chuqur qiziqish uyg‘otadi, xuddi Shuning uchun ham o‘z xatti-harakatlariga nazar tashlash, o‘z his-tuyg‘ularini va kechinmalarini bilib olish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Agar o‘smirning tushunchasida sezgir kishi hamisha boshqalarga yordam ko‘rsatsa, ilk o‘spirin Yoshidagi o‘quvchilar esa bunda ancha nozik tafsilotlarning ham farqiga boradilar, ular sezgirlik – ayniqsa qanday yordam zarurligini his qila bilish va u ana shu yordamni ustalik bilan kishini xafa qilmasdan, ko‘rsata olishdan iborat deb hisoblaydilar.
O‘smir o‘zining hozirgi ahvoliga muvofiq ravishda o‘ziga baho beradi, katta maktab Yoshidagi o‘quvchi o‘zining kelajagiga muvofiq ravishda o‘ziga baho beradi. O‘smir o‘zicha: “Men maktab jamoasining a’zosi sifatida qandayman?” deb savol beradi. Ilk o‘spirin esa o‘ziga: “Men kelgusi mustaqil hayot uchun qandayman? Men unga yaroqlimanmi?” –deb savol beradi.
Ilk o‘spirin shaxsga, umuman uning barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda baho bera bilsa, o‘smir o‘zining shaxsiga ayrim ishlar, xatti-harakatlarga qarab baho beradi va bu bahoni umuman shaxsga tatbiq etadi.
Ilk o‘spirinda o‘zi, o‘z shaxsi to‘g‘risida to‘g‘ri, ob’ektiv tasavvur hosil bo‘lishi uchun unga ko‘p o‘ylab, ustalik bilan yordam ko‘rsatish kerak. Agar o‘qituvchining bergan bahosi do‘stona va to‘g‘ri bo‘lsa, uning fikrlari ilk o‘spirinning imkoniyatlariga chuqur ishonch bilan, uning shaxsini chuqur hurmat qilish bilan aytilgan bo‘lsa, hatto o‘qituvchining bildirgan keskin tanqidiy mulohazalari ham odatda etarli darajada diqqat-e’tibor va minnatdorchilik bilan qabul qilinadi.
Agar kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilar uchun axloqiy masalalarni echish manbai - o‘qituvchilar bo‘lsa, o‘smirlar bu savollarga javobni ko‘proq tengdoshlari davrasidan qidiradilar. O‘spirin Yoshdagilar esa savollarga to‘g‘ri javobni topishda ko‘proq katta kishilar foydalanadigan manbalarga murojaat etadilar. Bunday manbalar asosan real, ko‘pqirrali, murakkab insoniy munosabatlar va ilmiy-ommabop, badiiy, publitsistik adabiyotlar, san’at asarlari, matbuot, radio, televidenie bo‘lib hisoblanadi. Bugungi o‘spirinlarga hayotga nisbatan hushyor, aqliy-amaliy qarash, erkinlik va mustaqillik xos. Ular haqqoniy bo‘lish tushunchasiga ham real tarzda yondoshadilar. Litsey va kollejni tugallash vaqtiga kelib, juda ko‘p o‘spirinlar axloqiy jihatdan shakllangan va ma’lum axloq normalari qatiylashgan xususiyatlarga ega bo‘ladilar.
O‘spirinlarda axloqiy dunyoqarash bilan bir qatorda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy, diniy va boshqa sohalar bo‘yicha ma’lum bir qarashlar vujudga keladi. Juda ko‘p yillardan beri o‘spirinlarni yaxshilik va yomonlik, haqiqat va noqonuniylik, axloqiylik va axloqsizlik masalalari tashvishlantirib keladi. Hozirgi davr o‘spirinlari har bir narsaga ishonuvchan yoki salbiy munosabatlar bo‘lmay, balki hayotga real, aqliy, amaliy qaraydigan, ko‘proq erkin va mustaqil bo‘lishga intiluvchi Yoshlardir.
O‘spirinlar ongli ravishda egallangan axloq normalari asosida o‘z xatti-harakatlarini yo‘lga solishga intiladilar. Bu esa, avvalo o‘spirin o‘zini anglashining o‘sishida namoyon bo‘ladi.
O‘zini anglash murakkab psixologik struktura bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Bu narsa ularning alohida shaxs ekanligini tan olishga intilishida o‘z ifodasini topadi. Buning uchun ayrim Yoshlar turli modalarga mayl qo‘yish, tasviriy san’atga, musiqaga, kasb-hunarga, tabiatga maftunkor qiziqishlarini namoyish qilishga harakat qiladilar. O‘quv va mehnat jamoalari ta’sirida matonat, jasurlik, sabr-toqat, kamtarlik, intizomlilik, halollik kabi insoniy fazilatlar takomillashadi. Xudbinlik, loqaydlik, munofiqlik, laganbardorlik, dangasalik, qo‘rqoqlik, g‘ayirlik singari illatlarning barham topishi tezlashadi.
O‘spirinlar shaxsining shakllanishi jarayonida jamoat tashkilotlarining roli alohida ahamiyat kasb etadi. Ularda faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, mas’uliyatlilik, o‘z harakatlarini tanqidiy baholash singari fazilatlari barqaror xususiyat kasb etib boradi. O‘spirin yigit va qizlarning jamoatchilikda faol ishtirok etishi orqali muayyan tashkilotchilik qobiliyati namoyon bo‘ladi. O‘zining kimligi, qandayligi, qobiliyatlari, o‘zini nimaga hurmat qilishini aniqlashga intiladilar.Do‘st va dushmanlarining kimligi, o‘z istaklari, o‘zini va tevarak-atrofni, olamni yaxshi bilishi uchun nima qilish kerakligini anglashga harakat qiladi. Ma’lumki, o‘spirinlarning hamma savollari anglangan bo‘lmaydi. Ba’zan o‘spirinlar o‘zlaridan hech qanoatlanmaydigan, o‘z oldilariga haddan tashqari ko‘p vazifalar qo‘yadigan, lekin uning uddasidan chiqa olmaydigan bo‘ladi. Mana bulardan ko‘rinib turibdiki, o‘spirinlar o‘z-o‘zini analiz qilish teranligi va yuksak talablarni bajarish kerakligini o‘zida aks ettira boradilar. Bu esa o‘spirinlarning kelgusi yutuqlari shartlaridan biridir.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, shaxsning ilk o‘spirinlikdagi eng muhim hislatlaridan biri o‘z-o‘zini hurmatlash, o‘z-o‘ziga baho berish hamda o‘zini shaxs deb tan olish yoki olmaslik darajasidir. O‘spirinlar o‘zlarida shaxsning muayyan kompleks sifatlarini hosil qilishga intiladilar. Ularni o‘z-o‘zini tarbiyalash borasida bir butun ma’naviy psixologik qiyofani shakllantirish masalasi qiziqtiradi. Bunda shaxs ideali va namunaning mavjudligi katta ahamiyatga ega. Masalan: o‘g‘il bolalar - qahramonlik, yaxshi ota, tadbirkor, o‘qituvchi, vrach yoki badiiy asar hamda kinofilmdagi obrazlarni o‘zlariga ideal deb bilsalar; qizlarimiz mehnatkash ayol, jozibali jamoat arbobi, nazokatli uy bekasi yoki ilmiy xodim va boshqalarni ideal deb biladilar.. O‘zaro munosabat va emotsional hayot o‘z mavqeini belgilashning murakkab muammolarini o‘spirinning o‘zi hal qila olmaydi. Bu masalani o‘spirinning ota-onasi, o‘z tengqurlari, o‘qituvchilar ishtirokida ularning qo‘llab-quvvatlashida hal qilishi mumkin.
O‘spirinlarni ming yillab tashvishlantirayotgan axloqiy muammolar bu – yaxshilik va yomonlik, adolat va qonunga xiloflik, tartiblilik va ma’suliyatsizlik va hokazo. Hozirgi ilk o‘spirinlar ko‘p asrlar oldin yashagan yigit va qizlardan farq qilmasalar-da, ularga hayotga amaliy nuqtai nazardan qarash xos bo‘lib, ko‘proq mustaqillik va erkinlik xos.
Dunyoda va mamlakatimizda ro‘y berayotgan jo‘shqin ijtimoiy hodisalar, o‘zgarishlar Yosh avlodga mustaqil tanlash, barcha narsada shaxsiy yo‘nalganlik, mustaqil qaror qabul qilish imkonini bermoqda. Zamonaviy yigit va qizlarning psixologiyasini hayotning o‘zi bir necha o‘n yillar ilgari yashagan tengdoshlaridan farq qiladigan psixologiyani shakllantirmoqda. Bu hislatlar quyidagilar: axloqiy xarakterga ega bo‘lgan ko‘p muammolarni qo‘yish va hal qilish, mustaqillik, fikrlarning har doim to‘g‘ri emasligi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va diniy muammolarni hal qilish.
Respublikamiz psixologlari tomonidan ilk o‘spirinlar shaxsining psixologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlagan qator tadqiqotlar o‘tkazilgan. SHunday tadqiqotlar sirasiga A.Jabborov rahbarligida o‘tkazilgan O.U.Avlaevning tayanch-harakat a’zolari buzilgan ilk o‘spirinlarning shaxs xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotini keltirish mumkin.Tadqiqot natijasida muallif quyidagilarni aniqlagan: Tayanch-harakat a’zolari buzilgan kontingentlar shaxsining motivatsiyalari mazkur Yoshdagi sog‘lom tengdoshlari singari bir xildagi munosabatni namoyon qilganiga qaramay ularning imkoniyatlari shaxslilik pozitsiyasidan cheklanib qoladi. Ichki motiv, bilish motivi, musobaqalashuv motivlaridagi natijalar nisbiy ma’noda tenglikni ifodalasa-da, ammo ularninng o‘zini o‘zi hurmatlashi sog‘lom tengdoshlariga qaraganda ancha past ko‘rsatkichli motiv darajasini namoyon etadi.
Demak ilk o‘spirinlik davri katta mustaqil hayotga qadam qo‘yish bo‘sag‘asidir.6

2.2. Ilk o‘spirinlik davrida o‘quv kasbiy faoliyatning etakchi faoliyatga aylanishi va kasb tanlash muammosi va Ilk o‘spirinlik davrida kasbga yo‘naltirishning psixologik muammolari.
Ilk o‘spirinlar shaxsining taraqqiyotida ijtimoiy foydali mehnatning roli katta. Ilk o‘spirinlar mehnati faqat o‘zining moddiy natija berishi tomoni bilangina muhim emas. Bu Yoshdagilarning mehnatini to‘g‘ri tashkil etish shaxsning kollektivizm, umum foydasi uchun qilinadigan mehnatga muhabbat, tashabbuskorlik, maqsadga intiluvchanlik, intizomlilik, qat’iyatlilik singari sifatlarini tarkib toptirishga yordam beradi. O‘quvchilar umumiy mehnatda qatnashar ekanlar, mehnatni va mehnat kishilarini hurmatlash tuyg‘usini hosil qiladilar, ularda mehnat qilish ehtiyoji va istagi paydo bo‘ladi.
Mehnat jarayonida o‘quvchilarda yangi tuyg‘ular – o‘z mehnatidan quvonish, yaratilgan narsa bilan faxrlanish tuyg‘usi, ko‘p kuch-g‘ayrat sarflagandan keyin erishilgan g‘alabadan qanoat hosil qilish tuyg‘usi vujudga keladi. Ana shu yangi quvonchli emotsiya o‘quvchini yana bir marta bu tuyg‘ularni boshdan kechirish uchun tag‘in mehnat vaziyatiga jalb qiladi. Mehnatning ijtimoiy ahamiyati va uning natijalariga ijtimoiy baho berish – o‘quvchini mehnatga psixologik jihatdan tayyorlashning zarur tomonlaridan biridir.7
Jamoada mehnat qilishda uning tarbiyaviy ahamiyati kuchli bo‘ladi. Jamoaviy mehnat, o‘zaro mehnat ma’suliyati ilk o‘spirin shaxsini tarkib toptirishda katta rol o‘ynaydi.Jamoa bo‘lib mehnat qilish o‘quvchilarning mehnatda hamkorlik va o‘zaro yordam ko‘rsatish tajribasini, bir-birlarini nazorat qilish tajribasini hosil qilishlariga imkon beradi, mehnatning umumiy natijalaridan shaxsiy manfaatdorlikni, o‘z xatti-harakatlarini jamoa manfaatlariga bo‘ysundirish odatini tarkib toptiradi. Ilk o‘spirinlik Yoshi – mehnat hayotida o‘z-o‘zini aniqlab olish Yoshi bo‘lib, bu vaqtda o‘quvchi o‘zining mehnatdagi iste’dodini jiddiy ravishda izlay boshlaydi, unda o‘zining kelajakdagi kasbini belgilab olish intilishi paydo bo‘ladi. O‘smirlardan farqli ravishda ilk o‘spirinlar kasbni o‘ylab tanlaydilar, nima uchun shu kasbni tanlaganliklarini asoslab beradilar. Ularning ko‘plari o‘zlarining individual jismoniy va psixik xususiyatlarini biror kasb kishisiga qo‘yiladigan talablar bilan taqqoslamoqchi bo‘ladilar. Buning natijasida ilk o‘spirinlar amaliy jihatdan masalaga yaqinlashib qoladilar va o‘z qiziqishlari hamda imkoniyatlarini hisobga olib, haqiqiy kasblarni tilga ola boshlaydilar.
Ming-minglab kasblar bor, lekin muayyan mehnat turiga individual moyillik bilan unga bo‘lgan qobiliyat va uning ijtimoiy ahamiyatiga yuqori baho berish birga qo‘shilib ketgan vaqtdagina chin yurakdan tanlangan kasbgina kishiga ma’naviy qoniqish va jamiyatga foyda keltiradi. Ilk o‘spirinlar uchun xarakterli xususiyat – kasblarga keskin tanlab munosabatda bo‘lishdir.Ular ayrim kasblarni yuksak baholaydilar, o‘quvchilarning ko‘z o‘ngida bu kasblarning ijtimoiy mavqei ulug‘dir. Boshqa kasblarning ijtimoiy mavqei juda past.
Kasbiy niyatlarning barqarorligini o‘rganish yuzasidan N.I.Krilov o‘tkazgan tekshirish shuni ko‘rsatdiki, hatto o‘z niyatlarini amalga oshirib, oliy o‘quv yurtiga kirgan talabalar orasida ham ko‘plari o‘zlarining kim bo‘lishlarini oxirigacha hal qilmaganlar. Bunga sabab Yoshlarni mazkur oliy o‘quv yurtiga olib kelgan kasb haqidagi tasavvur bilan bu kasbning haqiqiy, amaliy mazmuni o‘rtasidagi nomuvofiqlikdir. O‘zining kasb tanlash bo‘yicha taqdirini tasodifan hal etish murakkab kechinmalarga, tanlagan kasbi sohasida ikkilanishlarga, og‘ir ichki nizolarga olib kelishi mumkin. Bu esa yigit va qizlar uchun ham, jamiyat uchun ham katta zarar keltiradi.
Kasb tanlash nimaning ta’siri ostida ro‘y beradi? Bunday tanlashning motivlari nima?
Ko‘pdan-ko‘p materiallar maktab o‘quvchilarida o‘zlarining kelajakdagi kasblariga qiziqishni tarbiyalashda maktab va o‘qituvchilarning ma’lum darajada rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Bir qancha tadqiqotlarning bergan ma’lumotlariga qaraganda, so‘rab chiqilgan o‘quvchilarning 40-50 % kelajakdagi kasbni tanlashga biror o‘quv predmetiga bo‘lgan qiziqishlari sabab bo‘lganligini aytadi. Ko‘pgina o‘quvchilar xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan kasblarni tanlaydilar, bunga Vatanga foyda keltirish istagini sabab qilib ko‘rsatadilar, lekin bu kasblarni o‘zlarining individual xususiyatlariga, qobiliyatlariga muvofiq keladi, deb hisoblamaydilar. Ilk o‘spirinlarning ko‘pchiligi kasb tanlashga motiv qilib o‘z qobiliyatlarini ko‘rsatadilar. Ko‘p o‘quvchilar esa oilaviy an’analarning mavjudligini, moddiy-maishiy ta’minlanganlik sababini, do‘stlar va o‘rtoqlaridan namuna olganligini motiv qilib ko‘rsatib o‘tadilar. Ayrim hollarda ish joyi yoki oliy o‘quv yurtining uydan yaqinligi va boshqalar motiv bo‘lgan.
Ilk o‘spirinlarning qiziqishlarini xarakterlaganda avvalo shuni aytish kerakki, yigit va qizlar odatda xuddi shu Yoshda biror fanga, bilim tarmog‘iga, faoliyat sohasiga bo‘lgan o‘zlarining qat’iy spetsifik qiziqishlarini belgilab oladilar. Ilk o‘spirin Yoshidagi bunday qiziqish shaxsning bilish-professional yo‘nalishining tarkib topishiga olib keladi, yigit yoki qizning maktabni tamomlagandan keyin qanday kasb tanlashini, hayot yo‘lini belgilab beradi. Ana shunday maxsus qiziqishning mavjudligi muayyan sohadagi bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga doimiy intilishni rag‘batlantiradi: katta maktab Yoshidagi o‘quvchi zarur adabiyot bilan aktiv ravishda tanishib boradi, tegishli to‘garaklarda bajonidil shug‘ullanadi.
Ilk o‘spirinlik Yoshida bilishga oid qiziqishlar tobora keng, qat’iy va amaliy xarakter kasb etadi.O‘quvchilarning qiziqishlari keng va xilma-xil bo‘lib boradi: texnikaga, tabiyotga, ijtimoiy-siyosiy masalalarga, falsafiy-axloqiy masalalarga, sportga qiziqish ortadi8

Ilk o‘spirinlarga xos xususiyatlardan biri hayotiy rejalarning shakllanishidir. Bir tomondan hayotiy rejalar shaxs o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni umumlashtirishi va mustahkamlashi natijasida vujudga keladi. Boshqa tomondan maqsad va motivlarning qonkretlashishi jarayoni ro‘y beradi.


Hayotiy reja – bir vaqtning o‘zida ijtimoiy va axloqiy hodisadir. Kim bo‘lish (kasbiy o‘zlikni anglash) va qanday bo‘lish (axloqiy o‘z-o‘zini anglash) muammolari o‘smirlik davrida farqlanmaydi. O‘smir va o‘spirinlarning hayotiy rejalari tarqoq bo‘lib, ularning amaliy faoliyatiga mos kelmaydi. Ilk o‘spirinlar “Hayotiy rejalaringiz bormi?” degan savolga “ha” deb javob berishgan, lekin ko‘pchilik hayotiy reja sifatida o‘qish, kelajakda qiziqarli ish bilan shug‘ullanish, sodiq do‘stlarga ega bo‘lish va ko‘p sayohat qilish deb ta’kidlashgan.
Hayotiy reja faqat so‘nggi natijagina emas, unga erishish usul va yo‘llari, unga zarur bo‘ladigan ob’ektiv va sub’ektiv imkoniyatlar e’tiborga olingandagina bu so‘zning asl ma’nosi vujudga keladi. Faol va xayolotga beriluvchan orzudan farqli ravishda, hayotiy reja – bu faoliyat rejasidir, u birinchi navbatda kasb tanlashga bog‘liq.
Ilk o‘spirin uchun kasb tanlash avvalo axloqiy muammodir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham shaxs mehnat qilish huquqi bilan birga, o‘z qobiliyati, layoqati va qiziqishiga ko‘ra kasb tanlash huquqiga egaligi ta’kidlangan.Bugungi kunda kasb tanlash har xil nuqtai nazardan qarash mumkin bo‘lgan ko‘p o‘lchovli va ko‘p darajali jarayondir. Birinchidan, jamiyat shakllanayotgan shaxs oldiga qo‘ygan vazifalar seriyasi sifatida, ularni shaxs ma’lum vaqt davomida ketma-ket hal qilishi zarur. Ikkinchidan, individ o‘z qiziqish va layoqatlarini shakllantiradigan qaror qabul qilish jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi. Uchinchidan, hayotning individual uslubini shakllantirish jarayoni sifatida, kasbiy faoliyat uning bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu uch nuqtai nazar o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan ishning har xil tomonlaridir.
Yosh davrlari psixologiyasida kasb tanlash bir necha bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich – bolalar o‘yinlari bo‘lib, unda bola o‘ziga har xil kasbiy rollarni qabul qiladi va shu bilan bog‘liq xulq-atvorning alohida elementlarini “o‘ynaydi”.
Ikkinchi bosqich – o‘smirlik xayoli bo‘lib, o‘smir orzularida, o‘zini u yoki bu qiziqarli kasbning namoyondasi sifatida ko‘radi.
Uchinchi bosqich - ilk o‘spirinlik davrini qamrab oladi – dastlabki kasb tanlashdir.Har xil faoliyat turlari o‘smirning qiziqishlari tomonidan saralanadi va baholanadi (“Men tarixiy romanlarni yoqtiraman, tarixchi bo‘laman”), keyin qobiliyatlari nuqtai nazaridan kasb tanlashga harakat qilinadi (“Men matematikani yaxshi o‘zlashtirayapman, matematik bo‘lsammikan?”, eng so‘nggida qadriyatlar tizimi nuqtai nazaridan qarab chiqiladi (“Men kasal odamlarga yordam berishni hohlayman, vrach bo‘laman"; “Ko‘p pul topishni hohlayman, qaysi kasb bu talabga javob beradi?”). Qiziqishlar, qobiliyatlar va qadriyatlar kasb tanlashning har bir bosqichida namoyon bo‘ladi. Fanga qiziqish o‘quvchini u bilan ko‘proq shug‘ullanishga undaydi, bu esa uning qobiliyatlarini rivojlantiradi, qobiliyatlar esa faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlaydi va qiziqishlarni mustahkamlaydi.
To‘rtinchi bosqich – amaliy qaror qabul qilish, kasb tanlash bosqichi bo‘lib, o‘z ichiga ikki bosh tarkibiy qismni oladi: avval biror faoliyat bilan shug‘ullanish istagi paydo bo‘ladi, keyin esa qonkret soha tanlanadi (“O‘qituvchi bo‘laman”, “Matematika o‘qituvchisi bo‘laman”). Kasb tanlash ko‘p bosqichli jarayon. 9-sinf o‘quvchilari akademik litseyga yoki qaysi kasb –hunar kollejiga topshirishlarini tanlashlari zarur. Qiziqishlar, qobiliyatlar va qadriyatlar yo‘nalganligidan tashqari qaror qabul qilishda o‘zining imkoniyatlarini – oilaning moddiy sharoiti, o‘quv tayyorligi darajasi, sog‘lig‘i va boshqalarni hisobga olish ham muhim rol o‘ynaydi.
Kasb tanlash ilk o‘spirindan ikki xil ma’lumotni talab qiladi: kasb dunyosi va har bir kasbga qo‘yiladigan talablardan xabardorlik; o‘z qobiliyatlari va qiziqishlarini bilish. U ma’lumot ham bu ma’lumot ham ilk o‘spirinlarga etishmaydi. Ilk o‘spirinlarning hayotiy rejalarini amalga oshirish va kasb tanlashi ijtimoiy sharoitlarga, ayniqsa ota-onaning umumta’lim darajasiga bog‘liq.Ota-onaning ta’lim darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, farzandlarining oliy-o‘quv yurtida o‘qishni davom ettirishi va bu rejalarni amalga oshirish ehtimoli shunchalik yuqoridir. Hayotiy rejalarni amalga oshirish ehtimoli yigitlarda qizlarga nisbatan yuqoridir.
Kasbiy yo‘nalganlik nafaqat ijtimoiy, balki psixologik muammo hamdir. Psixologiyada kasbiy yo‘nalganlik bo‘yicha uch nazariy nuqtai nazar mavjud.
Birinchi nuqtai nazar faoliyatning muvaffaqiyati va usullari bog‘liq bo‘lgan individual xususiyatlarning amaliy o‘zgarmasligi va barqarorligi haqida g‘oyaga asoslangan.Bunda birinchi tomondan, u yoki bu ishga mos insonlarni kasbga yo‘llash va tanlashga urg‘u beriladi, ikkinchi tomondan u yoki bu insonning individual xususiyatlariga mos kasblarni tanlashda namoyon bo‘ladi.
Ikkinchi nuqtai nazar qobiliyatlarni maqsadga muvofiq shakllantirish g‘oyasidan kelib chiqadi, bunda har bir insonning muhim xislatlarini rivojlantirish nazarda tutiladi.YUqorida keltirilgan bu ikki nuqtai nazar ham har xil shakllantirilishi mumkin, lekin ularning umumiy metodologik kamchiligi shundaki, individuallik va mehnat faoliyati o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan, bir-biriga qarama-qarshi, biri ikkinchisini albtata bo‘ysundiradigan kattaliklar sifatida qaraladi.
Uchinchi nuqtai nazar psixologiyadagi ong va faoliyatning birligi tamoyilidan kelib chiqadi, faoliyatning individual uslubini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Ushbu qonsepsiya E.A.Klimov ilgari surgan quyidagi qarashlarga asoslanadi:
  1. Faoliyatning muvaffaqiyati uchun muhim bo‘lgan amaliy tarbiyalanmaydigan shaxsiy (psixologik) xislatlar mavjud.


  2. Kasbiy faoliyat sharoitlariga moslashishning mehnat mahsuldorligi bo‘yicha bir xil bo‘lgan, har xil usullari mavjud.


  3. Alohida qobiliyatlarning kuchsiz ifodalanganligini mashq qilish yoki boshqa qobiliyatlar yoki ish usullari yordamida bartaraf etishning keng imkoniyatlari mavjud.(sekin javob qaytarish qobiliyatini tayyorlanish tadbirlaridagi o‘ta diqqatlilik bilan to‘ldirish mumkin; bir sharoitdagi faoliyatning susayishini, inson sun’iy ravishda faoliyatni o‘zgartirishi mumkin – harakatlar tartibini o‘zgartirishi yoki ob’ektlar ranglarini o‘zgartiradi deb tasavvur qilishi mumkin).


  4. SHaxsning individual o‘ziga xosligini hisobga olgan holda qobiliyatlarni shakllantirish zarur, tashqi sharoitlarni hisobga olgan holda ichki sharoitlarni rivojlantirish.


Kasb tanlashda kasbiy maslahat juda muhim hisoblanadi. Bu jiddiy tayyorgarlikni talab qiladigan qiyin ishdir.Hozirgi vaqtda har bir maktab psixologi tomonidan o‘tkaziladigan 9-sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan kasbga yo‘naltirish ishlari bo‘yicha diagnostik va maslahat ishlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi.


Kasb tanlashda – kasb tanlash amalga oshiriladigan Yosh, ilk o‘spirinning ma’lumotlilik darajasi va uning intilish darajasi muhim omillar hisoblanadi.
Biz yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, kasb tanlash murakkab va uzoq jarayon. Muammo na faqat umumiy davomiylikda, balki bosqichlarning ketma-ketligida hamdir. Bu erda ikkita xavf mavjud. Ulardan birinchisi ilk o‘spirinlarning kasb tanlash jarayonini aniq va barqaror qiziqishlari bo‘lmaganligi uchun keyinga qoldirishidir. Bu keyinga qoldirish umumiy etukmaslik, xulq-atvorning infantilligi bilan qo‘shiladi. Bu holat kasb tanlash jarayoni kattalik va barqaror “Men” obrazining, o‘z-o‘zini hurmat qilishning asosiy komponentlaridan biri ekanligini esga olsak tushunarli bo‘ladi.
Ota-onalarning urinishlari (ayniqsa ziyoli oilalarda ko‘p uchraydi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri psixologik ta’sir ko‘rsatish yordamida bu jarayonni tezlashtirmoqchi bo‘ladilar (“Sen qachon kasb tanlaysan? Men sening Yoshingda ...”). Bu esa bolalarda xavotirlanishni kuchaytirib, ba’zan hech qanday kasb tanlamasdan, turli sevimli mashg‘ulotlarni tanlashgacha bo‘lgan salbiy natijalarga olib keladi. Bunda o‘z vaqtida o‘qish davomida bolalarning qiziqishlari va dunyoqarashini kengaytirish, har xil faoliyat turlari bilan tanishtirish, amaliy mehnat ko‘nikmalarini shallantirish sifatida yordam ko‘rsatish mumkin.
Erta kasbiy tanlash ijobiy omil hisoblansa-da, uning ham o‘ziga yarasha kamchiliklari bor. O‘smirlarning qiziqishlari tasodifiy, vaziyatli omillarga bog‘liq. O‘smir faqat faoliyatning mazmuniga qarab ish tutadi, uning boshqa jihatlarini payqamaydi.
Ilk o‘spirinlarning bo‘lajak kasblari haqida xabardorlik darajasi ham muhim hisoblanadi. Yigit va qizlar ular tanlaydigan kasblar doirasini, har bir kasbning aniq xususiyatlarini bilmaganliklari uchun kasbni tasodifan tanlaydilar. Kasb haqida ma’lumotga ega emaslik oliy o‘quv yurtiga kirganlar orasida ham uchraydi. “Bo‘lg‘usi kasbingizning xarakteri, mazmuni va sharoitidan xabardormisiz?” degan savolga talabalarning to‘rtdan bir qismigina “ha” javobini berishgan. Inson kasb tanlayotgan vaqtida qanchalik kichik bo‘lsa, uning kasb tanlashi shunchalik mustaqil bo‘lmaydi, shaxsiy qadriyatlar tizimi asosida emas, ma’lumotlarning etarli bo‘lmaganligi tufayli kimningdir tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Kasb tanlash ma’lum shaxsiy intilish darajasini aks ettiradi. U o‘z ob’ektiv imkoniyatlarini hamda qobiliyatlarini baholashdan iborat. Bundan tashqari unga sub’ekt tomonidan anglanmaydigan kasbga qo‘yiladigan talablar ham ta’sir qiladi. 15-17 Yoshli yigit va qizlarning intilish darajasi ko‘pincha yuqori bo‘ladi.Bu normal va foydali holat bo‘lib, Yoshlarni yanada izlanishga va qiyinchiliklarni bartaraf etishga undaydi. Dastlabki hayotiy muvaffaqiyatsizlik tufayli, masalan oliy o‘quv yurtiga topshirishga urinishdan kelib chiqadigan jarohatdan qanday qutulish mumkin?
Ba’zi konkursdan o‘ta olmagan Yoshlar ularning barcha hayotiy rejalari puchga chiqqanligi, to‘g‘rilab bo‘lmaydigan halokat ro‘y berdi, deb o‘ylaydilar. Lekin sotsiologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, oliy o‘quv yurtida o‘qishni jiddiy hoxlovchilar o‘zlarining hayotiy rejalarini keyinroq ham amalga oshirishi mumkin.
Insonning Yoshi ulg‘aygan sayin hayotiy qadriyatlari va hayotiy rejalari o‘zgarib boradi. Oliy o‘quv yurtiga kirishni hohlaganlar, dastlab o‘qishga kirganlari uchun xursand bo‘ladilar.Kasbni to‘liq o‘ylab tanlamaganlar uchun keyinchalik qiyinchiliklar vujudga keladi: ularning ayrimlari o‘qishni eplay olmaydi, boshqa birlari tanlagan mutaxassislikdan ko‘ngli to‘lmaydi, yana boshqalari oliy o‘quv yurtini to‘g‘ri tanlaganiga shubhalanadi. L.V.Lisovskiy tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, ”YAna kasb tanlashga to‘g‘ri kelsa, yana shu kasbni tanlarmidingiz?” degan savolga so‘ralganlarning uchdan bir qismi rad javobini berishgan. YUqori kurslarda tanlagan kasbidan qoniqadiganlar kamaymasdan, aksincha ortib boradi.
Buni har xil sabablar bilan tushuntirish mumkin: oliy o‘quv yurtidagi o‘qitish darajasi bilan, o‘quvchilik vaqtida payqamagan bo‘lg‘usi kasbning salbiy jihatlarini ko‘rish bilan va h. Ko‘pchilikda qoniqmaslik rivojlanishdagi inqirozli oddiy nuqta bo‘lib, amaliyot boshlanganda bularning bari yo‘qolib ketadi. Yosh mutaxassis ishga tushganda yangi qiyinchiliklar vujudga keladi. Ularning ba’zilari yuqori ma’suliyat hissiga javob bera olmaydi, ba’zilarda esa talablar olingan bilim darajasidan ancha quyida bo‘ladi. SHunday qilib, rivojlanishning oliy o‘quv yurtidagi varianti nizolardan holi emas.
Insonninn hayot yo‘li turli tumandir.Ilk o‘spirinlikda inson hayot yo‘lini o‘zi tanlaydigandek tuyuladi, lekin uning kasb tanlashiga tarbiya, muhit va boshqalar ham ta’sir qiladi.Kasb-hunar kolleji yoki litseyni bitirgandan so‘ng shaxsiy bo‘lmagan tashqi omillarning ta’siri yanada kuchli bo‘ladi.V.N.SHubkinning ta’kidlashicha, biz tanlaydigan yo‘llardan boshqa bizlarni tanlaydigan yo‘llar ham mavjud. Oliy o‘quv yurtini tugallagan Yoshlar ta’limni hayotni mazmunli va qiziqarli qilish vositasi sifatida hamma narsadan ustun qo‘yishadi. Ishlaydigan Yoshlar esa ta’limning mohiyatini jamiyatga ko‘proq foyda keltirishda degan fikrdalar.
O‘spirinlar turli kasblarni turlicha baholaydilar.17 Yoshlilar kasblarni qontrast “oq-qora”, mavhum deb baholasalar, 25 Yoshlilar o‘zlarining hayot yo‘llari bilan baholaydilar. Muvaffaqiyatli kasbga yo‘naltirishning muhim shartlaridan biri o‘quvchilarning mehnatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi va ularning faolligidir.
Kasbga yo‘naltirish – shaxsning ijtimoiy taqdirini belgilashning tarkibiy qismidir. Kasb tanlash - hayot mazmuni haqidagi o‘ylari va shaxsiy “Men” tabiati bilan mos kelganda muvaffaqiyatli hisoblanadi.
Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti talabalarida Z.T.Nishanova rahbarligida o‘tkazilgan D.Xodjakulova tadqiqotlarida so‘ralganlarning yarmisi yana shu kasbni tanlashlarini ta’kidlab, tasdiq javobini berishgan, uchdan bir qism talabalar esa ikkilanishlarini bayon etishgan. Talabalarda kasbiy yo‘nalganlikning shakllanishi va rivojlanishi jarayoniga faol maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatish uchun quyidagilarni tavsiya etish mumkin:
1. Oliy o‘quv yurtidagi ta’lim jarayonida har bir talabaning barqaror kasbiy yo‘nalganligi shakllanishiga yordam berish uchun ta’limning muvafaqqiyatini ta’minlaydigan psixologik fenomenlar majmuini hisobga olish zarur.
2. Oliy ta’lim davomida har bir talabaga individual yondashuvni amalga oshirmoq, kasbiy yo‘nalganlik imkoniyatlaridan kengroq foydalanish lozim.
3. Talabalarning anchagina qismi kasbni anglamay tasodifan tanlaganliklarini hisobga olib, oliy o‘quv yurtidagi ta’lim jarayonida talabalarda dunyoni kasb nuqtai nazaridan ko‘rishni shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimini tavsiya etish mumkin.
4. Ko‘pchilik talabalar hozirgi zamon masalalari bilan aloqasi borligi, ilmiylik, muammolilik, bilimining chuqurligi, ta’limda ko‘rsatmalik va texnika vositalarining qo‘llanilishini mutaxassislik fanlarini o‘qitishdagi ijobiy jihatlar sifatida ta’kidlangani bois, darslarni jonli, yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda qiziqarli qilib o‘tishlarini o‘qituvchilarga tavsiya etamiz.
5. Talabalarda kasbiy yo‘nalganlikni shakllantirish uchun kasb professiogrammasi va psixogrammasi bilan tanishtirish hamda kasbiy muhim hislatlarni psixologiya darslarida amaliy mashg‘ulotlarda hamda tarbiyaviy soatlarda guruh murabbiylari yordamida rivojlantirishni tavsiya etamiz.
E.N.Sattarov rahbarligida S.N.Jo‘raeva tomonidan talaba shaxsiga kasbiy shakllanish ta’sirining psixologik jihatlari o‘rganildi. Tadqiqotda shaxsning kasbiy faoliyatga mutanosibligini belgilovchi psixologik xususiyatlar tva omillar aniqlandi, talabalarning oliy o‘quv yurtiga kirishida ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlariga sabab bo‘luvchi psixologik omillarning roli aniqlandi, shaxs xususiyatlarining kasbiy faoliyatga mutanosibligini ta’minlashga xizmat qiluvchi kasbiy motivlar, ustanovkalar va yo‘nalganlikning o‘rni aniqlangan.
Xulosa.
Yuqorida aytilgan ichki va tashqi vositalar, omillar ta’siri oqibatida uning ruhiy dunyosida umidsizlik, ruxiy parokandalik kayfiyati, ya’ni istiqbolga ishonchsizlik, ikkilanish, xadiksirash, kabi salbiy his-tuyg‘ular namoyon bo‘ladi. Bizningcha oliy maktabda tarbiya ishlarini rejalashtirishda ta’lim jarayonida talabaga o‘ziga xos munosabatda bo‘lish mazkur davrning muhim shartlaridan biridir.
O‘z-o‘zini hurmatlash va uning xususiyatlari quyidagilardan ibdrat, Dеmak, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidеk, shaxsning erta o‘spirinlikdagi eng muhim xislatlaridan biri o‘z-o‘zini, hurmatlash, o‘z-o‘ziga baho bеrish hamda uzviy shaxs dеb tan olish yoki olmaslik darajasidir. O‘spirinlar o‘zlarida shaxsning muayyan komplеks sifatlarini hosil qilishga intiladilar. O‘z-o‘zini tarbiyalash masalalarida bir butun ma’naviy psixologik qiyofasini shakllantirish masalasi qiziqtiradi. Bunda shaxs idеali va na’munaning mavjudligi katta ahamiyatg`a ega. Masalan; ug`il bolalar, qahramonlik, yaxshi ota, o‘qituvchi, vrach yoki badiiy asar haqida kinofilmdagi obrazlarni o‘zlariga idеal dеb bilsalar; qizlarimiz mеhnatkash ayol, jozibali jamoat arbobi, nazokatli uy bеkasi yoki ilmiy xodim va hokazo. O‘zaro munosabat va emotsional hayot o‘z mavqеini bеlgilashning murakkab muammolarini uspirinlar o‘zi hal qila olmaydi. Bu masalani uspirinning ota-onasi, o‘z tеnpqurlari, o‘qituvchilar ishtarokida ularning qullab-quvvatlashida hal qila oladi.

tải về 42.72 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương