Himoyaga ruxsat etilsin” Pedagogika fakulteti dekani A. Iminoxunov



tải về 42.72 Kb.
trang2/7
Chuyển đổi dữ liệu30.01.2024
Kích42.72 Kb.
#56504
1   2   3   4   5   6   7
Davrlar stuli, ijtimoiy psixologiya
Kirish
Mavzuninng dolzarbligi:O‘spirinlik inson hayotyoi itizimidagi o‘rni. O‘spirinlik davrini psixoloik nazariyalari. Yosh chegaralari. Intellektual sohani rivojlanishi. Dunyoqarashni shakllanishi. Emotsional rivojlanish.O‘spirinlik davrida shaxsini rivojlanish xususiyatlari. “ Men siymosi” va barqaror o‘zini o‘zi anglashni shakllanishi. O‘spirinlik davrida inqiroz muaqmosi. O‘spirinlik davrida ijtimoiy faollik.
Mazkur kurs ishi ilk o‘spirinlik davrining hozirgi zamondagi talqini, bu davrning boshqa yosh davrlaridan juda ko‘p farqli tomonlari, asoslari, akseleratsiya jarayonining ta’siri, bu yosh davrga xos bo‘lgan shaxslararo munosabar va muloqot shakllari bayon etilgan.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: Psixologlardan B.G.Anan’ev, N.V.Kuzimina, N.F.Talizina, V.YA.Lyaudis, I.S.Kon, V.T.Lisoveskiy, A.A.Bodolev, A.V.Petrovskiy, M.G.Davletshin, I.I.Ilg‘yasov, A.V.Dimitreva, Z.F.Esarova, A.A.Verbitskiy, V.A.Tokareva, E.G‘.G‘oziev va boshqalarning tadqiqotlariga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish talabalar uchun juda og‘ir kechadi, chunki bu davrda shaxsning murakkab fazilatlari, hislatlari, sifatlari, takomillashish bosqichida bo‘ladi. Mazkur yosh davridagi ijtimoiypsixologik o‘sishning xususiyatlaridan biri o‘qish faoliyatining ongli motivlari kuchayishidir. Talabalarda ahloqiy jarayonlarning o‘sishi sust amalga oshsa-da lekin xulqning eng muhim sifatlari mustaqillik, tashabbuskorlik, topqirlik, farosatlilik va xokazolar takomillashib boradi. Shuningdek, ularda ijtimoiy hollarga, voqelikka ahloqiy qoidalarga qiziqish, ularni angalshga intilish tobora kuchayadi. Psixologlarimizning tadqiqotlari shaxs hayoti tajribasini egallashida unda o‘zligini anglash vujudga kelishini, jumladan, shaxsiy hayotining mazmunini anglashi, aniq turmush rejalarini tuzish, kelajak hayot yo‘lini belgilashi va xokazolar amalaga oshishini ko‘rsatadi. Talaba asta-sekin mikroguruxning notanish sharoitlariga ko‘nikib boradi, o‘zining haq-huquqlari va majburiyatlarini bila boshlaydi, shaxslararo munosabatining yangicha ko‘rinishini o‘rnatadi, turmushdagi ijtimoiy rollarni amalda sinab ko‘rishga intiladi. Ulardagi romantik his-tyg‘ular voqelikka muayyan yondoshishiga birmuncha halaqit beradi. Chunki ular turmushdagi yutuqlar va muvaffaqiyatsizlikning ijtimoiy-psixologik ildizlari nimadan iborat ekanligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lmaydilar.1

tải về 42.72 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương