Amaliy rus tili



tải về 6.31 Mb.
trang2/3
Chuyển đổi dữ liệu26.01.2024
Kích6.31 Mb.
#56454
1   2   3
AMALIY RUS TILI TO\'GARAK
Билеты по семье и доо, 376332
«Amaliy rus tili” to‘garagi a’zolarini maqsadli tayyorlash vazifalari:
- iqtidorli talabalarning intellektual salohiyatini chuqur bilim olishga va qobliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;
- malakali professor-o‘qituvchilarni iqtidorli talabalar bilan individual ishlashga jalb etish;
- ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni keng jalb etish;
- maxsus o‘quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish;
- buyurtmachilar talablarini qondiruvchi malakali, har tomonlama kamol topgan kadrlarni tayyorlash;
-vatanparvarlik ruxini singdirish
Iqtidorli talabalar, boshlang‘ich bilimlar hisobga olingan holda, yasashga, tikishga, to‘qishga, bezak ishlariga bo‘lgan qiziqishlari orqali qobiliyati darajasiga qarab aniqlanadi.
Aniqlangan iqtidorli talabani maqsadli tayyorlash quyidagi o‘quv-ijodiy, tarbiyaviy masalalar va yo‘nalishlardan iborat:
- kengaytirilgan o‘quv rejasi bo‘yicha o‘qish va qo‘shimcha malakaga ega bo‘lish (tanlangan yo‘nalish bo‘yicha);
- maqsadli dastur bo‘yicha yakka tartibda (induvidual) o‘qitish;
- chuqurlashtirilgan dastur bo‘yicha o‘qitish (fundamental fanlar, umumkasbiy fanlar, menejment, marketing, audit, huquqiy fanlar, ekologiya va boshqalar)
Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash dasturlarida quyidagi omillar nazarda tutiladi:
- fanlarni yuqori darajada o‘zlashtirish;
- kompyuter bilimdonligi hamda programmalashtirish;
- chet tillardan birini puxta egallash;
- kurs va bitiruv ishlarini hamda magistrlik dissertatsiyasini yozishda kompyuter va chet tilidan samarali foydalanish;
- ilmiy – ijodiy ishlarni bajarish jarayonida mustaqil fikrlash, yangi fikr mulohazalarni bildirish, amalda tadbiq etish;
- soha bo‘yicha mustaqil bilim olishga yo‘naltirish va ilm fan sohasidagi yangiliklarni tezkorlik bilan egallash hususiyatlarini shakllantirish;
- davlatning ichki va tashqi siyosatini to‘g‘ri tushunadigan va uni qo‘llab-quvvatlaydigan, vatanparvar, barkamol inson etib shakllantirish;
«Amaliy rus tili” to‘garagi talabalariga dars berishga ilmiy darajali talabani maqsadli tayyorlash dasturi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar jalb etiladi.
To‘garak a’zolariga ilmiy-rahbar etib ijodiy va uslubiy ishlash tajribasiga ega bo‘lgan, o‘quv – uslubiy ishlash tajribasiga ega bo‘lgan, o‘quv – uslubiy va ilmiy faoliyati bo‘yicha reyting yuqori bo‘lgan professor va dotsentlar tayinlanadi.
«Amaliy rus tili” to‘garagi a’zolari va ilmiy rahbarlarning asosiy vazifalari:

  • to‘garak talabalarini maqsadli tayyorlash dasturini tuzish va uni amalga oshirishga rahbarlik qilish;

  • to‘garak a’zolari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi xorijiy davlatlardagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni o‘z faoliyatida qo‘llash;

  • yangi pedagogik texnologiya, kompyuter texnologiyasi va video-audio texnikalarini o‘quv jarayonida keng qo‘llash;

  • maqsadli dasturni muvaffaqiyatli bajarayotgan to‘garak a’zolarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha taklifalar kiritish;

«Amaliy rus tili” to‘garagi a’zolari bilan ishlashning shakl va uslublari:

  • to‘garak mashg‘ulotlari olib borishni individullashtirish;

  • talabalarning intellektual salohiyati va qobiliyat imkoniyatlarini bilim olishga yo‘naltirish;

  • talabalar qobiliyatini rivojlantirish uchun maksimal shart-sharoitlar yaratish;

Iqtidorli talabalar bilan ishlashni sifatli tashkil etish maqsadida universititet, fakultet va kafedralarda quyidagi ish qog‘ozlarini yuritish tavsiya etiladi:

  • to‘garak a’zolari bilan ishlash bo‘limining Nizomi;

  • to‘garak a’zolari bilan ishlash bo‘limining ish rejasi;

  • yillik hisobotlar;

  • iqtidorli talabalarga oid direktorning buyruqlari;

  • kafedra bo‘yicha to‘garak a’zolarining ro‘yxati;

  • murabbiylarni to‘garak a’zolari bo‘yicha bergan tavsiyalari va unga ilova qilgan xujjatlar va fotosuratlar;

  • konferensiya, olimpiada, tanlov viktorina o‘tkazilishiga oid hujjatlar;

  • iqtidorli talabalarni izlash va ularni maqsadli tayyorlashga tegishli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining buyruqlari va Xay’at qarorlari;

  • Murojatlarni qayd etish kitobi;

  • har o‘quv yilining yakunida iqtidorli talabalarning qobiliyati, o‘quv-ilmiy va malaka sifatlarining reytingi aniqlanadi hamda uning shaxsiy delosiga tikiladi;

Iqtidorli talabalar bilan ishlashda yuqori natijalarga erishgan ilmiy rahbar, konsultant va o‘qituvchilar “Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi ” tomonidan quyidagi rag‘batlantirish va taqdirlashga tavsiya etiladilar:

  • vazirlik va oliy o‘quv yurtining buyrug‘i bilan tashakkurnoma e’lon qilish;

  • qo‘shimcha oylik maosh belgilash (agar umumiy reyting ham yuqori bo‘lsa);

  • o‘quv yili yakuni bo‘yicha uch oylik maosh miqdorida mukofotlashtirish;

  • faxriy unvonlarga tavsiya etish;

  • chet el stajirovka va tajriba almashishga yuborish;

  • dam olish maskanlari va sanatoriyalariga yo‘llanma berish;

  • buyurtmachi tashkilot iqtidorli talabalarning ilmiy rahbarlari, maslahatchilari va o‘qituvchilariga qo‘shimcha oylik maosh belgilashi mumkin.




tải về 6.31 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương