Xakimjonov javohir Diniy tashkilotlarning zamonaviy dunyoviy meʼyorlarga moslashuvining ahamiyati



tải về 0.51 Mb.
trang1/3
Chuyển đổi dữ liệu05.04.2024
Kích0.51 Mb.
#57085
  1   2   3
Diniy tashkilotlarning zamonaviy dunyoviy meʼyorlarga moslashuvining ahamiyati.

Xakimjonov javohir

Diniy tashkilotlarning zamonaviy dunyoviy meʼyorlarga moslashuvining ahamiyati.

  • Reja:
  • Diniy tashkilotlar
  • Fuqarolar dinga bo’lgan munosabatlari
  • Diniy ekstremizm va fundamentalizm

Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda muhim va murakkab masala bo’lib kelgan. Chunki uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi.
Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog’lom va barkamolligiga bevosita ta`sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhimdir.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib, barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o’z ifodasini topgan.
1948 yilda qabul qilingan inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega.
Bu huquq o’z dini yoki e`tiqodini o’zgartirish erkinligini, o’z dini yoki e`tiqodiga o’zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o’z ichiga oladi.
Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u albatta ma`lum ijtimoiy vaziyatda namoyon bo’ladi. Shuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, ob`ektiv va sub`ektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari «vijdon erkinligi» tushunchasini ilmiy talqin qilishda milliy, mafkuraviy va madaniy omillarni ham albatta nazarda tutish kerak.
Odamlar doim turli dunyoqarash va e`tiqod bilan yashaganlar va yashaydilar. Har kimning o’z ichki dunyosi, o’z e`tiqodi bo’ladi.
Bundan tashqari bu masala yana bir murakkab hodisani - turli dunyoqarash, e`tiqodda bo’lgan kishilar o’rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta`minlanishini ham nazarda tutadi.
Diniy tashkilotlarga O’zbekiston Respublikasida diniy xarakterga ega bo’lgan partiyalar tuzish, respublikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bo’lim yoki filiallarini ochish man etiladi.
Dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ’ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg’otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, bo’hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatishda, aholi o’rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.
Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko’maklashadigan, shuningdek boshqa g’arazli maqsadlarni ko’zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning bunday faoliyatlari taqiqlanadi.

tải về 0.51 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương