Urganch davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti



tải về 14.24 Kb.
Chuyển đổi dữ liệu06.06.2024
Kích14.24 Kb.
#57869
TAQRIZ 1
O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi,

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR FAKULTETI
5230100 – “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo`nalishi
Allaberganov Ma’murjon Umarjon o‘g‘lining bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z
Bitiruv malakaviy ish mavzusi: “Aholi turmush farovonligini ta`minlashda kambag`allikni qisqartirish yo`nalishlari”.
Bitiruv malakaviy ishning hajmi: 19826 so`zdan iborat
a) tushuntirish qismi varaqlar soni: 83 sahifadan iborat
b) ilovalar soni: -
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va berilgan topshiriqqa mosligi: Darhaqiqat, Jahonda aholi turmush darajasini yaxshilash, kambag’allikni qisqartirishda juda zarur hisoblanib, kichik biznesni yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, turmush faravonligi va daromad darajasini oshirishda juda muhimligiga e’tibor qaratilmoqda. Jahon bankining ma'lumotlariga ko'ra, «dunyo miqyosida kambag’allikni qisqartirish bo'yicha ma’lum bir o’sishlarga erishilganiga qaramay, mutlaq kambag’allikda yashovchi insonlarning umumiy soni yuqoriligicha qolmoqda. Jahon iqtisodiyotida “hozirgi vaqtda dunyodagi 90,0 foiz korxonalar kichik va o’rta biznesga tegishli bo’lib, ular jahon aholisining 63,0 foizini ish bilan ta’minlamoqda.
Yevropa Ittifoqida kichik va o’rta biznesning nomoliyaviy korxonalardagi umumiy salmog’i 99,8 foizni tashkil etgani holda aholining uchdan ikki qismini ish bilan ta’minlamoqda”.Jahonda aholi farovonligini oshirish uchun kichik biznesni rivojlantirishning kambag’allikni qisqartirishdagi rolini oshirish, bu yuzadan muvaffaqiyatli strategiya ishlab chiqish, hamda halqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Shunday ekan, bitiruv malakaviy ish mavzusi dolzarb va berilgan topshiriqqa to`la mosdir.
Bitiruv malakaviy ishning “Kirish” qismida va ilova qilingan materiallarning tarkibi va bajarilish sifati: Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti, metodlari, natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati hamda joriy qilinishi yoritilgan. Ishda belgilangan vazifalar to`liq bajarilgan.
Bitiruv malakaviy ishda ilmiy manbalar. Fan-texnika innovasiya yutuqlari natijalaridan foydalanilganligi: Ishlab chiqarish bilan innovasion korporativ hamkorlikni amalga oshirish borasida “Iqtisodiyot” kafedrasi qoshida tuzilgan innovatsion guruhlarda kafedra ixtisoslashuviga mos zamonaviy korxonalar ilmiy-texnologik muammolarini o`rganish bo`yicha rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida bajarilgan.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy-uslubiy va texnik iqtisodiy jihatdan asoslanganligi: Bitiruv malakaviy ishi UrDU “Iqtisodiyot” kafedrasi majlisida muhokama qilingan va himoyaga tavsiya etilgan (202__-yil “___” _________dagi ___-sonli bayonnoma).
Bitiruv malakaviy ishidagi kamchiliklar: Bitiruv malakaviy ishda aholi turmush farovonligini ta`minlashda kambag`allikni qisqartirish yo`nalishlari har bir hudud misolida olinib tahlil qilinsa va taqqoslansa, maqsadga muvofiq bo’lar edi. Ammo, bu kamchiliklar ishning ilmiy saviyasini pasaytirmaydi.


Taqrizchi: __________ Phd, Yoqubov Azizbek.,
Urganch Ranchtexnologiya
universiteti kafedra mudiri
2024-yil “___” _________
tải về 14.24 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương