Buxoro davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi Eshova Dilbar Shonazarovnaning 4-2 mt-16 guruhi



tải về 15.8 Kb.
Chuyển đổi dữ liệu04.12.2022
Kích15.8 Kb.
#53912
Amaliyot Hisoboti Eshova


Buxoro davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi Eshova Dilbar Shonazarovnaning 4-2 MT-16 guruhi 14 nafar talabalari bilan Buxoro shahar 67-son MTM da Malakaviy amaliyotni o’tkazilgani yuzasidan bajargan ishlari


H I S O B O T I

2019 yilning 15 apreldan 27 aprelgacha 4-2 MT -16 guruh talabalari (14 nafar) bilan reja asosida Buxoro shahar 67-sonli MTM da 2 haftalik malakaviy amaliyotni o’tadik. 13-aprel kuni amaliyotga chiqish oldidan anjuman bo’lib o’tdi. Anjumanda fakultet dekani B.J.Umarov, kafedra mudiri G.Q.Hasanova, amaliyot rahbari R.R.Xalilova va uslubshunoslar M.M.Nigmatova va D.Sh.Eshovalar ishtirok etdilar.


4-2 MT -16 guruhining 14 nafari amaliyotning 1-kuni 67-son MTM da tashrif buyurib, MTM rahbari D.B.Narziyeva va muassasa guruh tarbiyachilari hamda tarbiyachi yordamchilari bilan tanishib, hamshira xonasi, metodik kabinet, mudira xonasi, oshxona va uning holati bilan tanishtirildi.
Talabalarni guruhlarga bo’lib, ular dastlabki kunlardan boshlab bolalar bilan muomalani o’rnatish haqida ma’lumotlar berildi va talabalar ular bilan tanishib, tez til topa oldilar. Reja bo’yicha talabalar biriktirilgan guruh tarbiyalanuvchilarni psixologik o’rganib, tarbiyachi o’tgan mashg’ulotlarini kuzatish va tahlil qilish tushuntirildi. Kuzatuv davomida tarbiyachining yillik, oylik va haftalik ish rejalari o’rganib chiqildi. Hujajatlashtirish yo’llari o’rganildi. Mashg’ulotlar davomida har xil ko’rgazmalar tayyorlashda bevosita ko’maklashildi. Tarbiyalanuvchilarning kunlik rejimi puxta o’rganildi. Ikki hafta davomida kuzatuvchi talabalar mashg’ulot ishlanmasi, tahlili, pedagogik va psixologik uslubiy talablarga muvofiq mashg’ulot tahlillari o’rganib chiqildi.
Mashg’ulot mavzulari bo’yicha metodik ko’rsatmalarni tayyorlashga tavsiyalar berildi. Talabalar O. Obidova va S.Zaripovalar hamda G.Tosheva va S.Safarovalar o’z guruhlarida o’tkazilgan tadbirlarni tashkil etishda yaqindan yordam berishdi va tadbir ajoyib ruhda o’tkazildi.
Malakaviy amaliyot yuqori saviyada o’tdi deb o’ylayman. Mening taklifim talabalarga har semestrda malakaviy amaliyotni tashki etish kerak deb o’ylayman.
Uslubshunos: D.Sh.Eshova
tải về 15.8 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương