Toshkent gumanitar fanlar universiteti amaliy va gumanitar fanlari kafedrasi talabasi quryozova mavluda abdiyozovna



tải về 121.5 Kb.
trang1/6
Chuyển đổi dữ liệu02.03.2024
Kích121.5 Kb.
#56693
  1   2   3   4   5   6
MAVLUDA QURYOZOVA MATEM



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI AMALIY VA GUMANITAR FANLARI KAFEDRASI TALABASI
QURYOZOVA MAVLUDA ABDIYOZOVNA
3-KURS BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI

MATEMATIKA VA UNI O’QITISH METODIKASI”



KURS ISHI MAVZUSI
2-SINFDA SONLARNI NOMLASHNI O’RGATISH METODIKASI


KURS ISHI ILMIY RAHBARI ASSISTENT O’QITUVCHI: ESHIMBETOV J.R.

TORTKO’L- 2024
KIRISH..............................................................................................................1
I BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA NOMANFIY BUTUN SONLAR O’N ICHIDA NOMERLASHGA O’RGATISH METODIKASI

    1. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari………………………………………………………..3

    2. «O`nlik» ichida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi……………………………………………………………..5

    3. «Yuzlik» ichida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi……………………………………………………………

xulosa......................................................................................................15
foydalanil ganadabiyotlar......................................................17

KIRISH

Ushbu mavzu ustida ishlashda o‘qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat:


1) o‘quvchilarni qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallarining mazmuni bilan tanishtirish;
2) Hisoblash usullaridan o‘quvchilarning ongli foydalanishlarini ta’minlash:
a) Sonni qismlari bo‘yicha (bittalab yoki guruhlab) qo‘shish va ayirish usuli
b) Yig‘indining o‘rin almashtirish xossasidan foydalanib qo‘shish usuli;
d) Sonlarni ayirishda qo‘shishning tegishli holini bilishdan yoki yig‘indi va qo‘shiluvchilardan biri bo‘yicha ikkinchi qo‘shiluvchini topish malakasidan foydalaniladigan holda yig‘indi bilan qo‘shiluvchilar orasidagi bog‘lanishlarni bilganlikka asoslangan ayirish usuli
3) Qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish ko‘nikma malakalarini shakllantirish (yod olishga yetkazish) 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganish ishini o‘zaro bog‘langan bir nechta bosqichga bo‘lish mumkin. O‘quvchilarda og‘zaki va yozma hisoblash ko‘nikmalarini tarkib toptirish matematika dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Arifmetik amallarni o‘rganishdan oldin bolalar ongiga uning ma’nosini, mazmunini yetkazish kerak. Bu vazifa turli xil amaliy ishlarni bajarish asosida o‘tkaziladi. Masalan, «o‘nlik» mavzusini qo‘shish va ayirish amallarining manosi 2 to‘plam elementlarini birlashtirish va to‘plamdan uning qismlarini ajratish kabi amallar yordamida olib boriladi. Ko‘paytirishni uning komponentlari bilan natijasi orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish esa bo‘lish amalini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Barchamizga ma‘lumki, ta‘lim tizimida, ayniqsa, boshlangʻich ta‘limning oʻrni beqiyosdir. Ta‘lim oʻqituvchi va oʻquvchilarning hamkorlikdagi faoliyati boʻlib, shu jarayonda oʻqituvchi har bir shaxsning taraqqiyoti, taʼlimi va tarbiyasi yoʻqori darajada boʻlishiga oʻz hissasini qoʻshadi. Oʻqituvchi har bir oʻtgan darslari orqali oʻz bilimi, koʻnikma va malakalarini mashgʻulotlar vositasida oʻquvchilarga yetkazadi, oʻquvchilar esa uni oʻzlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega boʻladi. Oʻrganish jarayonida oʻquvchilar oʻzlashtirishning turli xil koʻrinishlaridan foydalanishadi, ya‘ni oʻzlashtirilayotgan ma‘lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda oʻziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta‘lim jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, oʻquvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta‘lim va tarbiya masalalari hal etiladi. Butun nomanfiy sonlarni nomerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlang’ich matematika kursi asosini tashkil etadi. Butun nomanfiy sonlar ustida ishlash boshlang’ich maktabda 4 yil o’qish davomida olib boriladi.



tải về 121.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương