Toshkent gumanitar fanlar universiteti amaliy va gumanitar fanlari kafedrasi talabasi quryozova mavluda abdiyozovna


Nomerlashni bilish natijasida o'quvchilar quyidagilarga erishadilar



tải về 121.5 Kb.
trang3/6
Chuyển đổi dữ liệu02.03.2024
Kích121.5 Kb.
#56693
1   2   3   4   5   6
MAVLUDA QURYOZOVA MATEM

Nomerlashni bilish natijasida o'quvchilar quyidagilarga erishadilar:

    1. 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o'zlash­tirish.

    2. Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko'rsatilganda har bir narsaning tartib nomerini aytib bera olishi.

    3. Sonlarning 1 dan 10 gacha har bir son qanday hosil bo'lishi (1 ni qo'shish yoki 1 ni ayirish bilan).

    4. Raqamlarni o'qiy olishlari va har bir raqamga mos keladigan narsalar to'plamini mos keltirishi.

    5. Sonlarning katta, kichik, tengliklarini bilish.

    6. 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 sonlarini bir necha qo'shiluvchilardan iborat qilib yoza olishni.

    7. Doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari kerak.




    1. «O`nlik» ichida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi

O'quvchilarni nol raqami bilan tanishtirish.
Bu vazifalardan kelib chiqib mavzuni o'rganish rejasi tuzuladi. Natural raqamlar tartibi o'quvchilarda bu qatorning hosil bo'lish tushunchalarini ongli o'zlashtirishiga imkon beradi. Shunga e'tibor qilish kerakki har gal avvalgi o'tilgan raqamlar qatori qayta ko'rib chiqiladi va o'rganilayotgan yangi raqam-lar ilgarigi tartibni davomi ekanligiga diqqat qaratiladi.
Natural qatordagi o'rganilayotgan har bir yangi raqam ko'rgazmali material bilan tushuntiriladi, so'ngra, yig'indi va ayirma belgilari bilan yozib ko'rsatiladi. Bu bilan qo'shish va ayirish amallarini o'rganishga zamin hozirlanadi.
Birinchi o'nlik ustida ishlashda uch bosqich ajratib turiladi:
1. Tayyorgarlik davri,
2. Nomerlashni o'rganish,
3. Arifmetik amallar (qo'shish va ayirish)

Tayyorgarlik davrining asosiy vazifasi – bolalarning bilim, o'quv malakalarini sistemalashtirish va to'ldirish, nomerlashni o'rganishga o'tishda zarur bo'ladigan bilimlarni egallashlariga sharoitlar yaratish, birinchi sinfga kelgan bolalarning matematik tayyorgarligini o'rganish.



tải về 121.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương