Toshkent gumanitar fanlar universiteti amaliy va gumanitar fanlari kafedrasi talabasi quryozova mavluda abdiyozovna


I BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA NOMANFIY BUTUN SONLAR O’N ICHIDA NOMERLASHGA O’RGATISH METODIKASI



tải về 121.5 Kb.
trang2/6
Chuyển đổi dữ liệu02.03.2024
Kích121.5 Kb.
#56693
1   2   3   4   5   6
MAVLUDA QURYOZOVA MATEM

I BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA NOMANFIY BUTUN SONLAR O’N ICHIDA NOMERLASHGA O’RGATISH METODIKASI

    1. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari

Matematika dasturi natural sonlar va nol haqidagi ma’lumotlarni o’nlik, yuzlik, minglik, ko’p xonali sonlar konsentrlari bo’yicha kiritishni koʻzda tutadi. Har bir konsentr o’z mazmuniga ko’ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarini aks ettiradi, shuning uchun o’quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlarni nomerlashni va bu sonlar ustida amallarni o’rganadib boradilar, umuman arifmetikaning mohiyati to’g’risida tasavvur hosil qiladilar. O’nliklarni ajratish o’nlik sanoq sistemasining xususiyatlari bilan sonlarni og’zaki va yozma nomerlash bilan bog’liq bo’lgan asosiy masalalarni o’rganishga yordam beradi. Birinchi o’nlikni o’rganishda predmetlarni sanash, 1–10 gacha bo’lgan sonlarning nomlarini, ketma-ketligi va belgilanishini, sonlarni taqqoslashning turli usullarini (oldin predmetlarning mos to’plamlari ustida operasiyalar bajarish asosida, so’ngra esa taqqoslanayotgan sonlarning qatorda egallagan o’rni bo’yicha sonlarning tarkiblarini) o’zlashtirib olish nazarda tutiladi. O’qitishning boshidanoq bolalarda ba’zi muhim umumlatirishlar shakllanib boradi.


Masalan, natural qatordagi har bir navbatdagi son qanday hosil bo’lishi aniqlanadi, qatorning ixtiyoriy soni bilan undan oldin keladigan va keyin keladigan hamma sonlar orasidagi munosabatlar o’rnatiladi va shu bilan birga bo’sh to’plamning xarakteristikasi sifatida 0 soni ham tanishtiriladi. Birinchi sinf darsligida oldin 11–20 ichida, so’ngra 21–100 sonlarni nomerlash qaraladi. Sonlarni nomerlashni o’rganishda ikkinchi o’nlikni ajratish sonlarning o’nli tarkibini va raqamlarning o’rin qiymati prinsipini yaxshi o’zlashtirish imkonini beradi. Ikkinchi o’nlik sonlarini nomerlashni o’rganish tushunchasini shakllantirish orqali boshlanadi. Shundan keyin 11–20 ichida sonlarni og’zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o’nli tarkibi, 21–100 ichida sonlarni og’zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o’nli tarkibi o’rganiladi. Sonlarni 1000 ichida nomerlash bilan o’quvchilarni tanishtirish yangi sanoq birligi yuzlik bilan tanishtirishdan boshlanadi.
Bunda bolalarga yangi sanoq birliklari o’nta birlik o’nlikni, o’nta o’nlik yuzlikni, o’nta yuzlik minglikni, yangi sinf tushunchasini kiritish o’rgatiladi. III sinfda uch xonali sonlarni yozish va o’qishga doir bu sonlar sonlarning yuzliklardan, o’nliklardan va birlikdan hosil bo’lishiga doir uch xonali sonni o’nga qo’shiluvchilarning yig’indisi shaklida tasvirlashga doir mashqlar berib boriladi . IV sinfda sinf tushunchasini kiritilib, ikki va yuz sinflar sonlarini og’zaki va yozma nomerlash prinsiplarini o’zlashtirishga oid mashqlar berib boriladi. Shu oʻrinda oʻqtuvchigaʻqituvchiga qoʻyiladigan talablar:
1) o‘quvchilarning miqdor va raqamlar tartibi haqidagi tushunchalarini aniqlash;
2) predmetlarni sanashni shakllantirish;
3) 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o'zlashtirib olishlari kerak;
4) narsalarni sanashni va sanash tartibi ko'rsatilganda har bir narsaning berilgan guruhdagi tartib raqamini aytib bera olishlari kerak;
5) sonlarning 1 dan 10 gacha qatoridagi har bir son qanday hosil bo‘lishini ongli ravishda o'zlashtirishlari kerak;
6) raqamlarni o'qib olishlari va har bir raqamni narsalarning mos soni bilan mos qo'ya olishlari kerak;
7) sonlarni taqqoslashni bilishlari kerak;
8) 2,3,4,5 sonlaming ikkita qo'shiluvchilardan iborat sonlar tarkibini barcha hollarini mustahkamlab, o'zlashtirib olishlari kerak;
9) 2+1, 4-1, 1+3, va hokazo ko'rinishdagi matematik yozuvlarni o'qiy olishlari va bunday yozuvlarni aniq rasmlar bilan mos qo'yishlarini bilishlari kerak;
10) miqdorlar yordamida predmetlarni o'zaro taqqoslash, «ко'р», «kam», «ortiq», «baland», «past» kabi tushunchalarni taqqoslay olishi hamda doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari kerak. Shunday qilib, raqamlash metodikasi natural sonlar va nol haqidagi maʼlumotlarni oʻnlik, yuzlik, minglik, koʻp xonali sonlar konsentrlari boʻyicha kiritishni nazarda tutadi.
Matematika dasturi natural sonlar bilan birga toʻrtta arifmetik amal bajarishni oʻz ichiga oladi. Bu matematikaning yadrosini tashkil qiladi. Shu bilan birga algebra va geometriyaning asosiy tushunchalari, asosiy miqdorlar kiritilgan, ular arifmetik amallar bilan zaruriy o'rinda qo'shib o'qitiladi. Matematika darslarining oʻziga xos yana bir tomoni shundaki, bu - oʻquv materialining abstraktligidir. Shuning uchun koʻrgazmali vositalar, oʻqitishning faol metodlarini sinchiklab tanlash, oʻquvchilarning faolligi, sinf oʻquvchilarining oʻzlashtirish darajasi kabilarga ham bogʻliq. Matematika darsida turli-tuman tarbiyaviy vazifalar ham hal qilinadi. Oʻquvchilarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, atrofga tanqidiy qarashni, ishda tashabbuskorlikni, mas‘uliyatni va sof vijdonlilikni, toʻgʻri va aniq soʻzlashni, hisoblash, oʻlchash va yozuvlarda aniqlikni, mehnatsevarlik va qiyinchiliklarni yengish xislatlarini tarbiyalaydi.
Demak, o‘qitishning 1-bosqichida abstrakt bo‘lgan narsa navbatdagi bosqichda yanada abstraktroq bilimlarni shakllantirish uchun aniq asos bo‘lib xizmat qiladi. Тurli hisoblash usullarining o‘zlashtirilishi uchun dasturda arifmetik amallarning ba’zi muhim xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Masalan, 1-sinfda 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganishda bolalar qo‘shishning o‘rin almashtrish xossalari bilan tanishadilar. Dasturda arifmetik amallarning xossalarini o‘rganishdan tashqari arifmetik amal hadlari va natijalari orasidagi bog‘lanishlarni tanishtirishni ham ko‘zda tutadi. Bu ish amallarni, tenglamalarni tekshirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, 6*4 = 24 bo‘lsa, uni bo‘lishga bog‘lab 24:6=4, 24:4 = 6 kabi hollar hosil qilinadi.
Muhim vazifalardan biri hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Og‘zaki va yozma usulda hisoblashlar 1-4 sinfning har bir mavzusida o‘z aksini topgan.
Masalan, og‘zaki
276 + 432 = (200+400)+(70+30)+(6+2) = 600+100+8 = 708
yozma, + 276
432



tải về 121.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương