5. Zamonaviy audit. Hozirgi zamonaviy auditning asoslari
XIX
asr
o‘rtalarida, ya’ni 1844-yilda Buyuk Britaniyada
«Kompaniyalar to‘g‘risidagi qonun»ning qabul qilinishi bilan
yaratilgan. Unga asosan, Britaniyaning har bir kompaniyasi o‘z hisob-
kitob hujjatlari va moliyaviy hisobotlarini yiliga kamida bir marotaba
buxgalteriya sohasidagi mustaqil ekspert tomonidan tekshiruvidan
o‘tkazishi lozim bo‘lgan. 1878-yilda Buyuk Britaniyada «City of
Glasgow Bank» (Glazgo shahar tijorat banki) bankrot bo‘lishi
munosabati bilan ushbu davlatda 1879-yilda “Majburiy audit”
to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.
21
AQSHda audit XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrda o‘z
mustaqil audit tizimiga ega bo‘lmay, Britaniya audit tizimidan andoza
sifatida foydalangan. Sabab shunda ediki, bu davrga qadar AQSHda
audit tekshiruviga katta ehtiyoj bo‘lmagan. Britaniyada auditor
xulosasidan
keng
jamoatchilik,
shu
jumladan
investorlar
foydalanayotgan bir davrda, AQSHda ushbu xulosadan faqatgina bank
muassasalari foydalanganlar. Chunki bu davlatda ushbu tashkilotlar
korxonalarga mablag‘ ajratuvchi asosiy manba hisoblangan. Bu
davrlarda hali investorlar guruhi shakllanmagan edi. Shu sababli,
ushbu davrda Britaniyadan farqli o‘laroq, AQSHda korxonalarning
asosan, ko‘p hollarda esa faqatgina balans hisobotlari audit
tekshiruvidan o‘tkazilgan. Chunki bank uchun mijozning foydali
ishlayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotdan ko‘ra ko‘proq uning qanday
aktivga egaligi to‘g‘risidagi ma’lumot ahamiyatliroq bo‘lgan. Sababi,
korxona bank kreditlari uchun o‘z aktivlari bilan javob beradi. Aktiv
esa balans hisobotida aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu davr AQSH
auditining o‘ziga xos xususiyati shundan iborat ediki, unda
korxonalarning deyarli har bir schyoti tekshirilgan, har bir hisob-kitob
hujjatlari o‘rganilgan. Bunga esa tabiiyki uzoq vaqt va mablag‘ talab
etilgan. Shu sababli auditorlar keyinchalik tanlab tekshirish usulini
keng qo‘llashga o‘tishgan.
AQSHda audit sohasining keng rivojiga 1933 va 1934-yillarda
qabul qilingan «Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha davlat qonuni»,
1937-yilda Qimmatli qog‘ozlar va birja bo‘yicha komissiya
(Securities & Exchange Comission)ning tuzilishi, korporatsiyalar o‘z
qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va sotish uchun ushbu davlat
tashkilotidan ro‘yxatdan o‘tishi, ro‘yxatdan o‘tish uchun esa har bir
korporatsiya SECga majburiy tartibda audit tekshiruvidan o‘tgan
moliyaviy hisobotlarini taqdim etishlari shart qilib belgilanganligi
turtki bo‘ldi.
Hozirda Buyuk Britaniyada audit sohasini tartibga soluvchi,
auditning metodik asoslarini yaratuvchi va audit standartlarini ishlab
chiquvchi tashkilot 1880-yilda tashkil topgan Angliya va Uelsda
Qasamyod Qilgan Buxgalterlar Instituti (ICAEW) va Qasamyod
Qilgan Diplomli Buxgalterlar Uyushmasi (ACCA) hisoblansa,
AQSHda Amerika Sertifikatlangan Jamoat Buxgalterlari Instituti
(AICPA) shu vazifani amalga oshiradi.
22
Germaniyada zamonaviy audit asoslari 1870-yilda «Aksiyadorlik
jamiyatlari to‘g‘risidagi qonun»ga qo‘shimcha kiritilishi bilan
yaratildi. Ushbu qo‘shimchaga asosan, har bir aksiyadorlik
jamiyatining nazorat kengashi shu jamiyatning moliyaviy hisobotlarini
tekshirishi va natijani aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida e’lon qilishi
lozim edi.
Germaniyada audit sohasini tartibga soluvchi tashkilot 1932-
yilda tashkil etilgan Germaniya Auditorlar Instituti hisoblanadi.
Hozirgi kunda bu tashkilotning a’zolari 6000 dan ortiq.
Fransiyada audit tekshiruvi bilan shug‘ullanuvchi ikki asosiy
tashkilot mavjud. Birinchisi Ekspert – buxgalterlar palatasi bo‘lsa,
ikkinchisi Schyotlar bo‘yicha komissarlarning Milliy kompaniyasidir.
Buxgalterlar va komissarlarning asosiy farqi shundaki, buxgalterlar
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan shu jamiyatlarning buxgalteriya
hisobi ma’lumotlari va moliyaviy hisobotlarini tekshirish uchun taklif
etilsa, komissarlar “Fransiya aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi
qonun”ga asosan davlat idoralari tomonidan majburiy tartibda
tayinlanadi va yuboriladi.
Xitoy Xalq Respublikasida zamonaviy auditning asoslari
1983-yilda Xitoy Auditorlik Ma’muriyati tuzilishi va shu yilda birinchi
auditorlik firmalarining tashkil topishi bilan yaratildi.
Audit sohasi MDH davlatlari, shu jumladan O‘zbekiston
Respublikasiga 1990-yillarda kirib kela boshladi. Bu davrga qadar
ushbu davlatlarda mulkning asosiy qismi davlatga tegishli bo‘lganligi
sabab, faqatgina «taftish» mavjud edi va u davlat idoralari tomonidan
amalga oshirilar edi. Davlat mulkiga asoslangan Sobiq Ittifoqning
parchalanishi
asosida
keng
tartibda
xususiy
mulkchilikning
shakllanishi, qo‘shma korxonalarning tashkil etilishi sababli MDH
mamlakatlarida audit sohasiga ehtiyoj keskin ortdi. Natijada ko‘pgina
MDH
davlatlarida,
xususan
O‘zbekistonda audit sohasining
mustahkam asoslarini yaratish va ushbu sohani tartibga solish
maqsadida «Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun» va «Auditorlik
faoliyatining standartlari» qabul qilindi. Dastlabki milliy auditorlik
firmalari tuzildi hamda «Katta to‘rtlik»ka kiruvchi Deloitte & Touche,
Ernst & Young, KPMG, PriceWaterhouseCoopers kabi yirik xalqaro
auditorlik firmalari o‘z vakolatxonalarini ochdilar.
23
Respublikamizda auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish
va rivojlantirish vazifasini quyidagi tashkilotlar amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi
(O‘zBAMA);
O‘zbekiston Auditorlar Palatasi (O‘zAP).
O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligi
auditorlik
faoliyatining huquqiy asoslarini yaratish, tartibga solish va
rivojlantirishda asosiy vazifani bajaruvchi davlat organidir. Auditorlik
faoliyatiga doir standartlar, me’yoriy hujjatlar, nizomlar Moliya
vazirligining qarori, tasdig‘i bilan, Adliya vazirligidan ro‘yxatdan
o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi
1992-yil 13-martdan e’tiboran rasmiy faoliyat yuritib kelmoqda.
Ushbu tashkilot O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatining
ilmiy-metodik asoslarini yaratish, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish,
xususiylashtirish, qimmatli qog‘ozlar bozori, korxonalar moliya-
xo‘jalik faoliyatining Tahlili va moliyaviy menejment bo‘yicha
qonunchilik, me’yoriy hujjatlar va milliy standartlarni ishlab chiqishda
qatnashadi. Assotsiatsiya hozirgi kunda 4000 dan ortiq a’zolariga ega
bo‘lib, Respublikamizning deyarli barcha yirik shaharlarida o‘z
hududiy bo‘limlariga ega.
O‘zBAMA – bu hududiy yoki kasbiy prinsip teng huquq asosida,
umumiy manfaat va o‘z a’zolarining maqsadlari asosida birlashgan
buxgalterlar,
auditorlar,
ilmiy
va
pedagog
xodimlar,
soliq
maslahatchilarining Respublika jamoat tashkilotidir. Assotsiatsiyaga
a’zolik ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
O‘zBAMAning asosiy faoliyatini quyidagi to‘rt tarmoqqa bo‘lish
mumkin:
1. Moliya vazirligi bilan hamkorlikda Buxgalteriya hisobining
milliy standartlarini hamda Auditorlik faoliyatining standartlarini
ishlab chiqadi va takomillashtiradi.
2. Respublikamizda buxgalterlar va auditorlar malakasining
yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘z o‘quv markazida
uzluksiz ta’lim dasturini amalga oshiradi.
3. Maslahat
va
nashriyot
faoliyatini
bajaradi.
Xususan,
«Hammasi buxgalterlar uchun» nomli oylik byulleten nashr etadi.
24
4. Respublikada buxgalterlar va auditorlar kasbini rivojlantirish
va uni xalqaro standartlarga yaqinlashtirishni ta’minlaydi, o‘zini o‘zi
boshqaradigan va o‘zini o‘zi tartibga soladigan buxgalterlar hamda
auditorlarni shakllantirishga ko‘maklashadi.
5. Buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi me’yoriy hujjatlarni
ishlab chiqishda ishtirok etish va ularni takomillashtirish bo‘yicha
takliflar kiritish.
6. Buxgalterlar va auditorlar uchun malaka talablarini ishlab
chiqish va IFAC talablariga muvofiq sertifikatlashtirish imtihonlarini
o‘tkazish.
7. Sertifikatlangan buxgalterlar va auditorlar uchun axloq
qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
8. Buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirish maqsadida
mintaqaviy, respublika va xalqaro seminarlar, konferensiyalar,
simpoziumlar tashkil etish.
9. Buxgalterlar va auditorlarning kasbiy himoyasini ta’minlash
maqsadida ularga uslubiy, maslahat va axborot yordamini ko‘rsatishda
yordam berish.
10. Xalqaro
e’tirofga
erishish
uchun
buxgalterlar
va
auditorlarning xalqaro professional tashkilotlari bilan aloqalar hamda
hamkorlik o‘rnatish.
O‘zbekiston Auditorlar Palatasi (O‘zAP) – malaka sertifikatiga
ega mustaqil auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil
notijorat jamoat tashkilotidir. Auditorlar Palatasining asosiy maqsadi
auditorlarning professionallik darajasini rivojlantirish va qo‘llab-
quvvatlashga yordam ko‘rsatish, o‘z a’zolarining kasbga oid
manfaatlarini davlat va jamoat organlarida himoya qilish va kasbga oid
talablar bo‘yicha barcha o‘zgarishlar to‘g‘risidagi va axborot ta’minoti
bo‘yicha aloqa o‘rnatishdan iborat. Ushbu tashkilot 2000-yil avgust
oyida tashkil etilgan. Palata qoshida auditorlik professional etika,
xalqaro munosabatlar, metodologiya, a’zolik, qonunchilik islohotlari
sohalari bo‘yicha qo‘mitalar faoliyat yuritmoqda. Auditorlar palatasiga
a’zolikning quyidagi to‘rt xil turi mavjud:
‒ faxriy a’zolik;
‒ haqiqiy a’zolik;
‒ uyushmaviy a’zolik;
‒ a’zolikka nomzod.
25
Ushbu tashkilotlarning o‘zaro aloqasini 1.3-rasmdagi kabi
tasvirlash mumkin.
Hozirgi kunda Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan
buxgalteriya hisobi va audit tizimi shakllanib, kun sayin takomillashib
bormoqda. Bu esa «biznes tili» hisoblangan va mahalliy kompaniyalar
tomonidan tayyorlangan buxgalteriya ma’lumotlarini xalqaro talablar
asosida, xorijlik sarmoyadorlar talablaridan kelib chiqqan holda tuzish
va taqdim etish imkonini berish orqali yurtimizning jahon iqtisodiy
tizimiga tobora kengroq kirib borishiga va xorij sarmoyasini keng
hajmda Respublikamizga jalb etishga imkon beradi.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: |