1. Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]



tải về 193.94 Kb.
trang1/3
Chuyển đổi dữ liệu27.05.2024
Kích193.94 Kb.
#57763
  1   2   3
402 15.05.2019




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Davlat qo‘mitalari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat to‘g‘risida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari, shu jumladan, qo‘mita xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlashga ham sarflanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi nizomda belgilangan qo‘mita xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlashni nazarda tutuvchi normalar qo‘mita tashkil etilgan sanadan boshlab tatbiq etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi bir oy muddatda:
markaziy apparat va hududiy boshqarmalarni qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni yuqori professional darajada bajara oladigan, zarur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishni;
markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlanishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-may,
402-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 402-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari, huquqlari va javobgarliklarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini nazorat qilish va tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalash hamda tovar-xomashyo birjalarida tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
3. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan alohida masalalar bo‘yicha — bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
4. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
5. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar) va uning tarkibiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
7. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, qisqarilgan nomi — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi;
b) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Antimonopoly Committee of the Republic of Uzbekistan, qisqarilgan nomi — Antimonopoly Committee;
v) rus tilida:
to‘liq nomi — Antimonopolniy komitet Respubliki Uzbekistan, qisqarilgan nomi — Antimonopolniy komitet.
8. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining joylashgan manzili (pochta manzili): 100128, Toshkent shahri, Labzak ko‘chasi, 3.
2-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining tuzilmasi
9. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tizimiga:
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) kiradi.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
3-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vazifalari va funksiyalari
1-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilishi, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatni aniqlash va ularga chek qo‘yish;
savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat ko‘magini monopoliyaga qarshi tartibga solish;
bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni ta’minlash;
qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tovar-xomashyo birjalarida tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish;
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
11. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirishning yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining raqobatni rivojlantirish va monopolistik faoliyatni cheklash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobatni himoya qilishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirishni cheklovchi yakka tartibdagi imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganish va joriy etishni amalga oshiradi;
vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari va xalqaro tashkilotlar bilan har taraflama hamkorlikni tashkil qiladi;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat organlarining reyestrini yuritadi va e’lon qiladi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan va raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzayotgan davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining harakatlaridan (harakatsizligidan) o‘z vakolatlari doirasida himoya qiladi;
tovar yoki moliya bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga teng shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning davlat organlari va ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladi;
b) tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilishi, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatni aniqlash va ularga chek qo‘yish sohasida:
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o‘rganadi va xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini aniqlaydi, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilaydi;
ustun mavqeni suiiste’mol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘radi;
“kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplaensni joriy etadi;
ustun mavqeyini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik subyektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari ustidan monitoring olib boradi;
tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrlarini shakllantiradi va yuritadi;
v) savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat ko‘magini monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida;
tanlov (tender) va birja savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshirish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish borasida davlat ko‘magi ko‘rsatilishi masalalarini ko‘rib chiqadi;
tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalaydi hamda ular tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
tovar-xomashyo birjalarining litsenziyalari reyestrini yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band “v” kichik bandining yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
g) bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni ta’minlash sohasida:
yuqori likvidli monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;
yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolariga qo‘yilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
tabiiy monopoliya subyektlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtiradi;
tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinishi tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va majburiy tarzda xizmat ko‘rsatiladigan iste’molchilar ro‘yxatini belgilash bo‘yicha takliflar kiritadi;
raqobatga qarshi harakatlarni va tartibga solinadigan narxlarning (tariflarning), shuningdek, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarning asossiz o‘sishini aniqlaydi va ularga chek qo‘yadi;
tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qiladi;
d) qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik sohasida:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritiladigan va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, boshqa hujjatlarni ularning raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha takliflar kiritadi;
raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarini bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, hududiy boshqarmalar hamda unga idoraviy mansub tuzilmalar orqali amalga oshiradi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
maxsus vakolatli davlat organi bilan birga tovar-xomashyo birjalari uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
tovar-xomashyo birjalari faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil qiladi va o‘rganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir choralar ko‘radi;
belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevrosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashda ishtirok etadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qo‘llaydi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan “e” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
j) tovar-xomashyo birjalarida tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish sohasida:
tovar-xomashyo birjalari tomonidan ishlab chiqiladigan va birjaning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan fyuchers savdolarini o‘tkazish qoidalarini hamda fyuchers savdolari bo‘yicha kliringni amalga oshirish tartibini kelishadi;
tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolari o‘tkazilishini nazorat qiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
2-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
12. Quyidagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirish;
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini nazorat qilish;
savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat ko‘magini monopoliyaga qarshi tartibga solishni tashkil qilish;
bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni ta’minlash;
qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik ishlarini tashkil qilish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini tashkil etish;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
tovar-xomashyo birjalarida tovar derivativlari savdolarini, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
13. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va unga idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini huquqiy ta’minlaydi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik hamda boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
raqobatni rivojlantirish va monopol faoliyatni cheklash bo‘yicha davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobatni himoya qilishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirishni cheklovchi yakka tartibdagi imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirsh sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganadi va joriy etadi;
vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari va xalqaro tashkilotlar bilan har taraflama hamkorlikni tashkil qiladi;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat organlarining reyestrini yuritadi va e’lon qiladi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan va raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzayotgan davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining harakatlaridan (harakatsizligidan) o‘z vakolatlari doirasida himoya qiladi;
tovar yoki moliya bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga teng shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning davlat organlari va ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladi;
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o‘rganadi va xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini aniqlaydi, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilaydi;
ustun mavqeni suiiste’mol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘radi;
“kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarida monopoliyaga qarshi komplaensni joriy etadi;
ustun mavqeyini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik subyektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari ustidan monitoring olib boradi;
tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrlarini shakllantiradi va yuritadi;
tanlov (tender) va birja savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshirish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish borasida davlat ko‘magi ko‘rsatilishi masalalarini ko‘rib chiqadi;
tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalaydi hamda ular tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
tovar-xomashyo birjalarining litsenziyalari reyestrini yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning o‘ttizinchi — o‘ttiz ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
yuqori likvidli monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;
yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolariga qo‘yilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
tabiiy monopoliya subyektlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtiradi;
tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinishi tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va majburiy tarzda xizmat ko‘rsatiladigan iste’molchilar ro‘yxatini belgilash bo‘yicha takliflar kiritadi;
raqobatga qarshi harakatlarni va tartibga solinadigan narxlarning (tariflarning), shuningdek, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarining asossiz o‘sishini aniqlaydi va ularga chek qo‘yadi;
tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritiladigan va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, boshqa hujjatlarni ularning raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha takliflar kiritadi;
raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarini bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
tovar-xomashyo birjalari tomonidan ishlab chiqiladigan va birjaning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan fyuchers savdolarini o‘tkazish qoidalari hamda fyuchers savdolari bo‘yicha kliringni amalga oshirish tartibini kelishadi;
tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolarining o‘tkazilishini nazorat qiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan o‘ttiz to‘qqizinchi va qirqinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Markaziy apparati qonunchilikka va qo‘mita rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
3-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari
14. Quyidagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilishi, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatini aniqlash va ularga chek qo‘yish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ular amalga oshirilishini nazorat qilish;
savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat ko‘magini monopoliyaga qarshi tartibga solishni tashkil qilish;
bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni ta’minlash;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishlariga yo‘l qo‘ymaslik ishlarini tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
(14-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini tashkil etish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish, iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarini oldini olish;
aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish;
reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamaning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish;
iste’mol bozorini, davlat tomonidan narx-navosi tartibga solinadigan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) narxlarning dinamikasi va narx shakllanishi mexanizmlarini o‘rganish.
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qaroriga asosan sakkizinchi — o‘n uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
15. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari o‘zlariga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
hududiy boshqarma va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;
hududiy boshqarma faoliyatini huquqiy ta’minlaydi;
hududiy boshqarmaning vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik hamda boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirishni cheklovchi yakka tartibdagi imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganish va joriy etadi;
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar kiritadi;
o‘z vakolatlari doirasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan himoya qilishni ta’minlaydi;
tovar yoki moliya bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga teng shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning mahalliy davlat hokimiyati organlari va ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladi;
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o‘rganish va xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini aniqlash, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilaydi;
ustun mavqeni suiiste’mol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘radi;
“kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
ustun mavqeyini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik subyektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari ustidan monitoring olib boradi;
tanlov (tender) va birja savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazorat qiladi;
shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish borasida davlat ko‘magi ko‘rsatilishi masalalarni ko‘rib chiqadi;
yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolariga qo‘yilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
tabiiy monopoliya subyektlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilishini tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va majburiy tarzda xizmat ko‘rsatiladigan iste’molchilar ro‘yxatini belgilash bo‘yicha takliflar kiritadi;
raqobatga qarshi harakatlarni va tartibga solinadigan narxlarning (tariflarning), shuningdek, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarning asossiz o‘sishini aniqlash va ularga chek qo‘yadi;
tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qilish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bo‘yicha takliflar kiritadi;
raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarini bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralar ishtirokida ishtirokida ishlab chiqilgan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama ishlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni joylarda ijrosini amalga oshiradi;
aholining iste’mol bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirilishini ta’minlaydi;
iste’molchilarning huquqlari va manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishini, shuningdek aholining iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi;
iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qiladi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlari bo‘yicha ogoxlantiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish reklama masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
iste’molchilarga ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda, shu jumladan iste’molchilarning nomuayyan doiralarining qonuniy huquq va manfaatlarini sudlarda himoya qilishni ko‘zlab da’vo arizalari kiritish orqali amaliy yordam ko‘rsatadi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda va ichki bozorda sotiladigan iste’mol tovarlarining zarur sifatda bo‘lishini va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo‘lishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlik qiladi;
chakana savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida tovarlar va xizmatlarning nazorat xaridini amalga oshiradi, ularni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligi jihatidan ekspertizadan (testdan) o‘tkazilishini tashkil qiladi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan) tekshirishlar o‘tkazadi;
o‘z vakolatlari doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlariga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tashkilot, muassasa va korxonalarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritadi;
dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilangan ulgurji va chakana savdo ustamalariga rioya qilinishi ustidan nazorat qiladi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish darajasining holati qoniqarliligi yuzasidan fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;
qonunda belgilangan tartibda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
tashqi reklamani joylashtirishni tartibga solish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalarida jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi hamda ko‘ngillilar harakatini rivojlantirishga ko‘maklashadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qaroriga asosan yigirma oltinchi — qirq birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari qonun hujjatlariga va qo‘mita hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida Agentlik rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
(15-bandning qirq ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
4-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining huquqlari va javobgarligi
1-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining huquqlari va javobgarligi
16. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha zarur statistika ma’lumotlarini davlat statistika organlaridan bepul asosda olish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarining davlat mulkini, o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida, belgilangan tartibda bir hududiy boshqarmadan boshqasiga bepul foydalanish huquqi asosida o‘tkazish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlarini ularning tegishli sohadagi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlarni bajarganliklarini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda xalqaro darajada ifodalash;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish muammolari bo‘yicha jamoatchilik, konsultativ, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari tashkil etish, maxsus kengashlar chaqirish, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish bilan bog‘liq uzoq muddatli dasturlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, monopoliyaga qarshi davlat siyosatini yuritish va boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari va yuridik shaxslarning vakillarini hamda jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;
sudlarga da’vo arizalari va arizalar kiritish, o‘zining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar buzilishi bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqilishida sud jarayonlarida ishtirok etish;
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan bog‘liq jinoyatlar alomatlari bo‘yicha ma’muriy va jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish uchun tegishli organlarga materiallarni yuborish;
belgilangan tartibda raqobat to‘g‘risidagi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish, qonun hujjatlarining buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, ular bo‘yicha ishlarni qo‘zg‘atish va (yoki) ko‘rib chiqish;
o‘z vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlarga monopoliyaga qarshi siyosat va raqobatni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini, shuningdek, ularga ko‘maklashadigan sabablar va shartlarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
o‘z vakolatlari doirasida mansabdor shaxslar va fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi materiallarni ma’muriy sudlarga yuborish;
raqobat to‘g‘risidagi va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan raqobat to‘g‘risidagi va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) undirish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hay’ati qarori asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning arizasi bo‘yicha, agar mablag‘larni olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ijro etish xo‘jalik yurituvchi subyektning bankrotligiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, raqobat to‘g‘risidagi va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun undirilishi kerak bo‘lgan summani bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli davlat organlariga litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish, bojxona tariflarini o‘zgartirish, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish, shuningdek, soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish yoxud imtiyozlarni bekor qilish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini qo‘llash to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;
(16-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va unga idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlar va buyruqlarni bekor qilish, to‘xtatib turish (to‘liq yoki qisman) haqida, yoxud ularni qonunchilikka muvofiqlashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
tegishli xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilib, ularga, istisno tariqasida, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlar miqdorlarini belgilash.
Oldingi tahrirga qarang.
tovar derivativlari savdolariga, shu jumladan, fyuchers savdolari jarayonida narx manipulatsiyalarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tovar-xomashyo birjalariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
tovar derivativlari savdolari, shu jumladan fyuchers savdolariga oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etmagan hamda savdolar jarayonida narx manipulatsiyalariga yo‘l qo‘ygan ishtirokchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan yigirma oltinchi va yigirma yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi tomonidan mustaqil ravishda ikki nafargacha malakali mahalliy mutaxassislar maslahatchilar sifatida bir yil muddatgacha jalb qilinishi mumkin, qolgan hollarda mutaxassislarni jalb qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-sonli Farmoniga asosan yigirma to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son)
17. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda u bilan kelishilishi shart.
18. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar tashkilotlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tekshiruvlar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi hamda Tekshiruvlarni elektron shaklda ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart.
19. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga raqobat hamda tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha vakolatlar faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalarida tuziladigan maxsus komissiyalarning qarorlari asosida amalga oshiriladi.
20. Maxsus komissiya raqobat hamda tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun, shuningdek, asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olib qo‘yish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi. Iste’molchilarni aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda maxsus komissiya asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) xo‘jalik yurituvchi subyektlardan undirish va ixtiyoriy to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
21. Xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olib qo‘yish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng bir oy muddatda ixtiyoriy to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sudga iste’molchilarga qaytarish va/yoki asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) majburiy undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi.
22. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi:
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirilishi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini so‘zsiz ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi dasturlar, chora-tadbirlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
2-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
23. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan masalalarni tahlil qilish va o‘rganib chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatida ko‘rib chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini so‘rash va olish;
zarurat bo‘lganda belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni o‘rganib chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert komissiyalari va ishchi guruhlar tuzish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalaridan va idoraviy mansub tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishi oxiriga yetkazilishini talab qilish, zarurat bo‘lganda ularni kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari ishtirokida majlislar o‘tkazish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga belgilangan tartibda tezkor hal qilishni talab qiladigan va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha topshiriqlar berish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning rahbariyati hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi bo‘yicha faoliyatini o‘rganish va tekshirish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatida monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish muammolari bo‘yicha jamoatchilik, maslahat, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalarini tashkil etish, yig‘ilishlar chaqirish, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish bilan bog‘liq uzoq muddatli dasturlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, monopoliyaga qarshi davlat siyosatini yuritish va boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari va yuridik shaxslar vakillari hamda jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;
sudlarga da’vo arizalari va arizalar topshirish, sud jarayonlarida o‘zining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan bog‘liq jinoyatlar alomatlari bo‘yicha ma’muriy va jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish uchun tegishli organlarga materiallarni yuborish;
belgilangan tartibda raqobat to‘g‘risidagi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish, qonun hujjatlarining buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, ular bo‘yicha ishlarni qo‘zg‘atish va (yoki) ko‘rib chiqish;
o‘z vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlarga monopoliyaga qarshi siyosat va raqobatni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini, shuningdek, ularni yuzaga keltiradigan sabablar va shartlarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
o‘z vakolatlari doirasida mansabdor shaxslar va fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi materiallarni ma’muriy sudlarga yuborish;
raqobat to‘g‘risidagi va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan raqobat to‘g‘risidagi va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) undirish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
hay’at qarori asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning arizasi bo‘yicha, agar mablag‘larni olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ijro etish xo‘jalik yurituvchi subyektning bankrotligiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, undirilishi kerak bo‘lgan summani bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish;
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish, bojxona tariflarini o‘zgartirish, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish, shuningdek soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish yoxud imtiyozlarni bekor qilish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini qo‘llash to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;
(23-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlar va buyruqlarni bekor qilish, to‘xtatib turish (to‘liq yoki qisman) haqida, yoxud ularni qonunchilikka muvofiqlashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida tegishli xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolari jarayonida narx manipulatsiyalarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tovar-xomashyo birjalariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolariga oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etmagan hamda savdolar jarayonida narx manipulatsiyalariga yo‘l qo‘ygan ishtirokchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan yigirma birinchi va yigirma ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
24. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati:
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirilishi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatining bo‘linmalari ishi tashkil qilinishi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi dasturlar, chora-tadbirlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi tashkil qilinishi uchun javob beradi.
3-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
25. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy boshqarmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan o‘zlarining vakolatlariga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Agentlik vakolati sohasiga taalluqli bo‘lgan muhim muammolarni hal qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish bo‘yicha hududiy miqyosdagi idoralararo komissiyalar va kengashlarni tashkil qilish;
(25-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
o‘z vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish;
sudlarga da’vo arizalari va arizalar topshirish, sud jarayonlarida o‘zining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan bog‘liq jinoyatlar alomatlari bo‘yicha ma’muriy va jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish uchun tegishli organlarga materiallarni yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda raqobat to‘g‘risidagi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish, qonun hujjatlarining buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda ular bo‘yicha ishlarni qo‘zg‘atish va (yoki) ko‘rib chiqish;
(25-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
o‘z vakolatlari doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarga monopoliyaga qarshi siyosat va raqobatni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini, shuningdek ularga ko‘maklashadigan sabablar va shartlarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
o‘z vakolatlari doirasida mansabdor shaxslar va fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi materiallarni ma’muriy sudlarga yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
raqobat to‘g‘risidagi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan raqobat to‘g‘risidagi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) undirish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish, jarima qo‘llash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish.
(25-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
26. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalari:
o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlanishi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishish ta’minlanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarning, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Agentlikka hududiy boshqarmalari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
(26-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolar har taraflama va chuqur tahlil qilinishi hamda umumlashtirish asosida takliflar tayyorlanishi;
(26-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasidagi dasturlar, chora-tadbirlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
(26-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
5-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbarlarining funksional majburiyatlari
27. Quyidagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, shuningdek, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga so‘zsiz erishishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kotibiyatlari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun shaxsiy mas’uliyati darajalarini belgilash;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, shuningdek, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining kadrlar zaxirasini shakllantirish;
faoliyat sohasidagi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ularning “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti (keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti deb ataladi) va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti deb ataladi) talablariga qat’iy muvofiq ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, shuningdek, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqilishi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qo‘yish);
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
o‘z o‘rinbosarlari va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortishga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi nomidan ishtirok etish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qo‘mitasining hay’ati majlislarida raislik qilish;
zaruriyat bo‘lganda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatining, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmasini, shtatlar jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari nizomlari va idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning mansabdor shaxslari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida kadrlarni tayyorlash, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish choralarini ko‘rish;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi xodimlarni va mutaxassislarni ularning ko‘p yillik va samarali faoliyati, alohida xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni ta’minlash va mukofotlashga tavsiyalar berish;
budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rish.
28. Quyidagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ular xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatining o‘zi mutasaddilik qiladigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, shuningdek, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hay’ati qarorlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisiga takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik Qo‘mita raisi tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Qo‘mita raisining topshirig‘iga binoan ishtirok etish;
(28-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;
xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish;
o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisiga takliflar kiritish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisiga takliflar kiritish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
6-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbarlarining javobgarligi
29. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi:
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining javobgarlik sohalari bo‘yicha;
o‘zining funksional majburiyatlarini sifatli bajarish uchun shaxsan javob beradi.
30. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari:
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi yuklangan vazifalar va funksiyalarning o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalarda bajarilishi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining javobgarlik sohalari bo‘yicha o‘zi nazorat qiladigan masalalar yuzasidan;
o‘zining funksional majburiyatlarini sifatli bajarish uchun shaxsan javob beradilar.
7-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining faoliyatini tashkil etish
1-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining rahbariyati
31. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
32. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
33. Rais bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari raisning birinchi o‘rinbosari tomonidan, u bo‘lmagan vaqtda esa raisning buyrug‘iga muvofiq boshqa o‘rinbosar tomonidan amalga oshiriladi.
34. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati boshqarmalarining boshliqlari, boshliq o‘rinbosarlari va xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalar boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlari va rahbarlarning o‘rinbosarlari Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining xodimlari Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi bilan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmalari xodimlari esa, Agentlik direktori bilan kelishgan holda tegishli hududiy boshqarmaning boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
2-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi
35. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.
36. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘z faoliyatlari yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda:
topshiriqlarni hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy bo‘linmalarning bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati amaliyotini tekshiradi va o‘rganadi, natijalarni umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar o‘rganilishini tashkil qiladi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ko‘radi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar ishtirokini tashkil etadi, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.
37. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradi;
faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatiga axborot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida axborot beradi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining markaziy apparatiga o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadi.
38. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari hamda uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular bo‘yicha qaror bevosita Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi
39. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
40. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari o‘z vakolatlari doirasida boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
4-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hay’ati, boshqa kengashish, maslahat va ekspert organlari
41. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida rais (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi boshliqlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
42. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:
ushbu Nizomda belgilangan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
qonun hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini qabul qilish, tarkibiy bo‘linmalar va hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli asosda eshitishni tashkil etish;
har chorakda va tizimli tarzda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati natijadorligini ko‘rib chiqish;
Hay’atning kengaytirilgan majlislarini o‘tkazish, shu jumladan sayyor yig‘ilishlarni tashkil etish orqali, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatining dolzarb masalalari muhokama qilinishini ta’minlash, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining qarorlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash.
Hay’at Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatlariga kiruvchi boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishga haqlidir.
43. Hay’at majlisiga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.
44. Hay’at majlisida uning tarkibining yarmidan ortig‘i ishtirok etsa, Hay’at majlisi qonuniy o‘tkazilgan deb hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
45. Hay’at qarorlari Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining buyrug‘i (Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarorlari) bilan amalga oshiriladi.
46. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.
47. Hay’atning faoliyat yuritish tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
48. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida raisning birinchi o‘rinbosari (Kengash raisi), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi ayrim tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari va biznes-uyushmalar vakillaridan iborat tarkibdagi Jamoatchilik maslahat kengashi tashkil qilinadi.
49. Jamoatchilik maslahat kengashining shaxsiy tarkibi, a’zolari soni, shuningdek, uning Nizomi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Jamoatchilik maslahat kengashining majlisida qabul qilingan qarorga asosan Kengash raisiga uning shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi beriladi.
50. Quyidagilar Jamoatchilik maslahat kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
respublikada raqobatni yanada rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni muhokama qilish;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
raqobat muhitini rivojlantirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatdan himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni amalda ro‘yobga chiqarishning mexanizmlarini tanqidiy ko‘rib chiqish;
qonunchilik bazasini takomillashtirishda ishtirok etish, shu jumladan, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ko‘rib chiqishi uchun ishlab chiqilayotgan va kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarni muhokama qilish orqali ishtirok etish.
8-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati samaradorligini baholash mezonlari
51. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi, raisning birinchi o‘rinbosari, rais o‘rinbosarlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari faoliyati samaradorligini baholash O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholash mezonlariga asosan amalga oshiriladi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati boshqarmalari va bo‘limlarining boshliqlari, boshliq o‘rinbosarlari, shuningdek, markaziy apparat va hududiy boshqarmalar xodimlarining, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va xodimlarining faoliyatini baholash Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholash mezonlariga asosan amalga oshiriladi.
52. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlariga ko‘ra Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazoga tortish choralari ko‘riladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini moliyalashtirish va ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish
(9-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
53. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish;
(53-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
54. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
55. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan uzoq muddat xizmati uchun quyidagi miqdorda har oyda ustama to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan foiz hisobida):
(55-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)


tải về 193.94 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương