Mavzu: Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish. Mundarija: I. Kirish



tải về 379.07 Kb.
Chế độ xem pdf
trang1/8
Chuyển đổi dữ liệu18.03.2024
Kích379.07 Kb.
#56872
  1   2   3   4   5   6   7   8
portal.guldu.uz-MATЕMATIKA O’QITISH MЕTODIKASI



Mavzu: Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish. 
 
MUNDARIJA: 
I.KIRISH…………………………………………………………………………..2 
I.BOB: Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar. Ona tili to’garagi va unga 
rahbarlik qilish…………………...…………………….......5 
1.1Ona tili to’garagi va uni tashkil qilish …………………….……….…5 
1.2. Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va 
uni o’tkazish usullari pedagogik muammo sifatida………..….9 
II.BOB. Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish 
va uni o’tkazishning shakl va metodlari
.
…… ………….14
2.1 
Boshlang`ich 
sinflarning 
tarbiyaviy 
ishlar 
tizimida 
sinf 
rahbarining faoliyatini tashkil etish metodikasi.…………….14 
2.2. 
Boshlang`ich 
sinflarda 
sinfdan 
tashqari 
ishlarni 
tashkil 
etish 
va uni o’tkazish usullari
.
…………………….24 
III.XULOSA……………………………………………………………………...34 
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….37 
ILOVALAR………………………………………………………………………38
 
 



KIRISH: 
Kurs ishining dolzarbligi O‘zbekiston Respublikasi Qomusi sahifalarida har 
bir fuqaro-ning ilm olish, o‘z ijodiy kuch va qobiliyatlarini har tomonlama 
rivojlantirish ta’kidlanadi. Hozirgi zamon maktabi tubdan yangi-lanmoqda. 
Mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning qaytadan ko‘rib chiqilganligi 
maktabning buguni va kelajagiga umid bilan qarashga undaydi.Yosh avlodga tarbiya 
berishdek murakkab vazifani hal etishda maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. 
Ayni shu joyda yoshlarimiz ijtimoiy jamiyat va ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga 
javob bera oladigan mukammal ma’lumotlarni oladilar. Maktab yoshlarning 
dunyoqarashlariga poydevor hamda g‘oyaviy e’tiqodlari uchun negiz yaratadi, 
ularning irodalarini shakllantiradi, xalqimiz baxt-saodati yo‘lida sidqidildan mehnat 
qilishga tayyorlaydi. 
O‘quvchilarga tarbiya berish ularga ta’lim berish bilan mustahkam va yaxlit 
birlikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning o‘z vazifasi, mazmuni, shakl hamda 
uslublari bor. O‘quv-tarbiyaviy jarayonning uzviyligi maktab oldiga qo‘yilgan eng 
muhim pedagogik qoidalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ham sinfdan va 
maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o‘quv jarayoni bilan bog‘langandir. 
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarda asosiy vazifalari bo‘lmish ilm olishga 
ishtiyoq uyg‘otish, qobiliyati va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat 
yaratishdan, maktabni muvaffaqiyatli tugatish, kasb-korga intilish hissini 
tarbiyalashdan iboratdir. Yoshlarning kundalik ehtiyojlari, intilish-lari, talab va 
qiziqishlarini faqat dars jarayoni bilan qondirib bo‘lmaydi. Sinfdan va maktabdan 
tashqari mashg‘ulotlar o‘quv-chilar faoliyatining barcha qirralarini qamrab olmog‘i 
lozim. Har bir o‘quvchi bilan yakkama-yakka ishlash, uni ijtimoiy-ruhiy jihatdan 
o‘rganish sinf faoliyatiga yangicha mazmun olib kiradi. 
Yoshlarning g‘oyaviy-siyosiy ongini shakllantirish, ularda atrof-muhitga, 
jamiyatga ongli munosabatda bo‘lish, jonajon Vatanini cheksiz sadoqat bilan sevish, 
xalqimizning milliy qadriyatlarini e’zozlash hissini tarkib toptirish – vatanparvarlik 
tarbiyasining mag‘zi bo‘lmog‘i lozim. Maktab va maktabdan tashqari 
muassasalarning tashkiliy shakllarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi 



kunimizning barcha qirralarini hisobga olishini talab etmoqda. Sinf va maktabdan 
tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga 
qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan 
va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim: 
Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllarini, 
mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga 
olishini talab etmoqda.Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs 
kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur 
muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar 
tizimida quyidagilar bo’lishi lozim: 
• 
Ulg`ayayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan 
olish, har bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini 
hurmatlash, ijtimoiy xuquqini e`tiborda tutish zarur. 
• 
Milliylikning o’ziga xos an`ana vositalariga tayanish. 

Pedagoglar o’rtasida o’zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o’quvchilarni darsdan bo’sh vaqtlardagi o’quv 
tarbiya jarayonini to’ldiradi va kengaytradi, o’quvchilarni mustaqil bilim olishlari, 
ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan 
tashqari tashkil etiladigan tadbirlarda fan o’qituvchilari o’z faniga qiziqqan 
o’quvchilar bilan mashg`ulot o’tqazib, o’quvchilarning qiziqishlarini o’stiradi. 
Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi 
mumkin:A) fan to’garaklari B) mohir qo’llar to’garaklari V) sport to’garaklari G) 
badiiy to’garak. 
O’rta umum ta`lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar 
tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari sinfdan tashqari ishlarni uyushtirishda 
to’garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil 
bo’lgan o’z o’quvchilarini biror to’garakka a`zo bo’lishga chorlaydi. Ularni qaysi 
to’garakda mashg`ul bo’lishlari hisboga olinadi. 
Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarni ijodkorlikka da`vat etuvchi 
tarbiyaviy maskandir. Pedagogik tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, hozirgi sharoitda 



maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi bolalar uylari, yoshlar 
saroylari, yosh texniklar saroylari, yosh texniklar uylari maktab tarbiyasining uzviy 
davomchisi bo’lib qolishi kerak. O’zbekiston Respublikasining «Sinfdan va 
maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasi», bu ishlarni rejalashtirish va 
amalga oshirishda asos bo’ladi. 

tải về 379.07 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương