Kirish Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati



tải về 180 Kb.
trang1/3
Chuyển đổi dữ liệu17.04.2024
Kích180 Kb.
#57260
  1   2   3
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig\'i


Reja:
Kirish



  1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.

  2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i tо‘lovchilari tarkibi.

  3. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining soliq solish obyekti va bazasi.

  4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining iqtisodiy mohiyati va davlat byudjeti daromadlaridagi tutgan о‘rni.

  5. Daromadidan soliq tо‘lovchi jismoniy shaxslar. Rezident va norezidentlar

  6. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini tо‘lovchilari, soliqqa tortish obyekti, soliq solinadigan bazasi, jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari tarkibi.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mamlakatimizda iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash va modernizatsiyalash sharoitida chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, soliq siyosatini yanada erkinlashtirish, soliq ma’murchiligi shaffofligini ta’minlash, soliq yukini kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish va ularga qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratildi. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli”ni va mamlakatni o‘rta muddatli istiqbolda yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish Dasturini izchil amalga oshirishni davom ettirish 2016-yilda iqtisodiy o‘sishning barqaror va yuqori sur’atlarini saqlab qolishni va makroiqtisodiy muvozanatni, aholi hayot darajasi va sifati oshishi ta’minlandi”
2017- 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish” 3-yo‘nalishida, soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish kabi vazifalar belgilangan.2 Harakatlar strategiyasidagi soliq solish tizimini izchillik bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish orqali soliq yukini pasaytirish kabi vazifalar ijrosi yuzasidan, shuningdek, soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF5116-sonli farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon doirasida O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh etishning muhim yo‘nalishlari belgilab berildi.
Darhaqiqat, istiqlol yillarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi 45 foizdan 7,5 foizga, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 30 foizdan 20 foizga, kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovi stavkasi 13 foizdan 5 foizga, yagona ijtimoiy to‘lov 40 foizdan 25 foizga, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar hamda fermer xo‘jaliklariga 15 foizga pasaytirildi.
Natijada umumiy soliq yuki deyarli ikki barobarga kamayib, 2016-yilda 20 foizni tashkil etib, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi. Yuridik shaxslar davlat byudjeti daromadini shakllantirishda asosiy o‘rinni tutishi bilan bir qatorda respublikamiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda yetakchi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan soha hisoblanadi. Mazkur darslik “Soliqlar va soliqqa tortish” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlanayotgan kadrlarning iqtisodiy bilimilarini va ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Darslik o‘n sakkiz bobdan iborat bo‘lib, “Yuridik shaxslarni soliqqa tortish” fanini o‘qitishda fanining predmeti, vazifalari va maqsadi, yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash mexanizmi, soliq hisobotlarini to‘ldirish va taqdim etish muddatlari, soliq imtiyozlari va preferensiyalar, soliq solishning soddalashtirilgan tartibi, soliq tushumlarining davlat byudjetida tutgan o‘rni tahlili, yuridik shaxslarni soliqqa tortish muammolari bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilim berish kabi masalalarni qamrab olgan. Shuningdek, darslikni tayyorlashda mamlakatmizda byudjetsoliq siyosati asosiy yo‘nalishlarining mazmun va mohiyati, soliq qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar aks ettirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa sohaga oid qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlardan keng foydalanilgan.


Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fanining boshqa fanlar singari o‘ziga xos predmet va vazifalari mavjud. Bu fanni o‘qitishning zarurligi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta tashkil etish davrida soliq munosabatlarining ahamiyati o‘sib borayotganligidan kelib chiqadi. Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fani soliq voqeliklarini (harakatlarini) chuqur o‘rganish asosida zaruriy xulosalar chiqarib, ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini o‘rgatadi. Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fani soliq amaliyotidagi eng to‘g‘ri, eng mukammal va eng progressiv voqeliklarni o‘rganib, amaliyot uchun xuddi bir dasturiy amalday yoritib boradi. Nazariya voqeliklarni amaliyotdan oladi va yana eng to‘g‘ri, ma’qul va ilg‘or tajribalar olinib amaliyotga yo‘l ko‘rsatish uchun o‘rgatiladi. Demak, nazariya amaliyot uchun kerak va amaliyot uchun kompas, barometr, yo‘l boshlovchi vazifasini bajaradi. Nazariyasiz amaliyot yo‘ldan adashgan yo‘lovchidir. Nazariyani chuqur bilgan amaliyotchi har qanday o‘zgarishlarda ham ishlab keta oladi va yo‘ldan adashmaydi. Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fanini o‘qitishning zarurligi amaliyotda yo‘ldan adashmaslik, keraksiz soliqlar bo‘yicha o‘zgartishlarga yo‘l qo‘ymaslik, amaliyotda istiqbolli qadamlar tashlash va katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun ham zarurdir. Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fani soliq nazariyasi fani bilan chambarchas bog‘liqdir, uning maxsus bo‘limi, ya’ni chuqurlashtirilgan va kengaytirilgan bo‘limidir. Chunki soliq nazariyasi qonuniyatlari umumiqtisodiy nazariya qonuniyatlaridan chetga chiqib keta olmaydi, ularga asoslanadi va rivojlantiriladi. Soliq munosabatlari moliya munosabatlarining tarkibiy qismi bo‘lganligi bois, soliqlar va soliqqa tortish fani ham moliya nazariyasi fani bilan chambarchas bog‘liq. Soliqlar va soliqqa tortish fanining o‘ziga xos xususiyatlari soliq to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasidagi majburiy xarakterga ega bo‘lgan pul munosabatlarini o‘rgatadi. Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fani davlat byudjeti fani bilan ham o‘zaro bog‘liqdir. Chunki soliqlar oxir-oqibatda byudjet daromadlarini shakllantiradi. Soliqlar (daromadlar) bo‘lmasa byudjet munosabatlarining o‘zi bo‘lmaydi. Bu fan soliq statistikasi va prognozi, soliq tarixi va nazariyasi, chet mamlakatlar soliq tizimi, moliyaviy hisob, soliq ma`murchiligi asoslari fanlari bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Har qanday fan o‘zining predmetiga, ya’ni izlanish obyektiga ega bo‘ladi. Masalan, texnologiya fanining predmeti bo‘lib kimyoviy moddalarning tarkibini o‘rganish hisoblansa, mashinasozlik fani uchun mashinalar mexanizmi xarakteristikasini o‘rganish bo‘lsa, Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fanining predmeti esa soliq munosabatlarini (harakatini), soliqlar mexanizmini har tomonlama o‘rganishdan iboratdir. Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fanining predmeti – yuridik shaxslar to‘laydigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni davlat byudjetiga undirish jarayonida sodir bo‘ladigan moliyaviy munosabatlar hisoblanadi. Shuningdek, fanning predmeti soliq voqeliklari pul munosabatlarini o‘rganishdan iborat. Bu pul munosabatlari soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‘z mulkiga aylantiruvchi (soliq oluvchi) davlat o‘rtasidagi munosabatlardir. Fanning mohiyati shu o‘rtadagi munosabatni chuqur o‘rganish, ularni to‘g‘ri tashkil qilishni ta’minlashdan iborat. Тo‘g‘ri tashkil etish, deganda soliq munosabatida qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatini e’tiborga olish, muvozanatni saqlash kabi munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni saqlashda tomonlar adolatlilik va insoflilik tamoyiliga amal qilishi zarur. Тushunarliroq qilib aytsak, byudjetga soliqlarni olishda soliq to‘lovchilar bo‘yniga ortiqcha og‘irlik osmaslik, ularni o‘z ishlab chiqarishidan manfaatdorligini so‘ndirib qo‘ymaslik, ularning dasturlari va rejalarini tez-tez o‘zgartirishga olib bormaslik va hokazolarga e’tibor berish ko‘zda tutiladi. Bu yerda tomonlarning do‘stona munosabatda bo‘lishi, bozor iqtisodiyoti talablariga mos iqtisodiy munosabatlar bo‘lishini o‘rgatadi. Fanning predmetini chuqur o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, munosabatlarda bir tomonlama zo‘ravonlik munosabati bo‘lguday bo‘lsa, ikkinchi tomon unga javoban o‘z daromadlari, boshqa soliq obyektlarini har xil yo‘llar bilan yashiradi. Bunday hollarda har qanday huquqiy hujjatlarning ham kuchi yetmay qolishi mumkin. Daromadlarni, soliq obyektlarini yashirish holati ham munosabatlarni buzadi. Demak, yuridik shaxslarni soliqqa tortish fanini chuqur o‘rganish orqali amaliyotda soliq tushumlari rejalarini muvaffaqiyatli bajarish vazifasiga ham erishish mumkin
О‘z mulkida, xо‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bо‘lgan hamda о‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, о‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bо‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bо‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bо‘lishlari kerak.
Foyda olishni о‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bо‘lmagan tashkilot) yuridik shaxs bо‘lishi mumkin.
Foyda solig‘i tо‘lovchi yuridik shaxslar quyidagilardir:
О‘zbekiston Respublikasining rezidentlari;
О‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yoki hosil bо‘lish manbai О‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan daromadlarni oladigan О‘zbekiston Respublikasi norezidentlari.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining obyekti quyidagilardir:
О‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining, shuningdek О‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi О‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining foydasi;
О‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining va О‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ushbu bо‘limga muvofiq chegirmalar qilinmagan holda tо‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlari.
Soliq solinadigan baza jami daromad bilan ushbu bо‘limda nazarda tutilgan chegirib tashlanadigan xarajatlar о‘rtasidagi farq sifatida, Soliq kodeksi 158-moddasining ikkinchi qismida, boshqa qonunlarda va О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar hamda Soliq kodeksining 159-moddasiga muvofiq soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi summalari inobatga olingan holda hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi.
Jami daromadga quyidagilar kiradi:
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olinadigan daromadlar;
boshqa daromadlar.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi “О‘zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy kо‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari tо‘g‘risida”gi PQ-1245-son qaroriga muvofiq 2010 yilda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari quyidagi jadvaldagi miqdorlarda belgilangan (jadval).

tải về 180 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương