Infografika nima? Infografika yaratish uchun kerakli maslahat va 5 ta onlayn xizmat



tải về 56.48 Kb.
trang1/4
Chuyển đổi dữ liệu10.06.2024
Kích56.48 Kb.
#57896
  1   2   3   4
Infografika nima


Infografika nima? Infografika yaratish uchun kerakli maslahat va 5 ta onlayn xizmat



Gulom Nazarov


·
Follow
4 min read
·
May 7, 2022
6
Bugungi kunda grafik media mahsulotlarga boʻlgan talab va eʻtibor kun sayin ortib bormoqda. Ijtimoiy media marketing rivoji rivojlangani sayin, insonlarga xizmat, mahsulot hamda faoliyat haqida uzundan-uzoq tekstli maʻlumotlardan koʻr vizual kontent infografikalar taqdim etilishi ancha effekt bermoqda.
Xoʻsh, infografika nima?
Infografika— axborotni taqdim etishning grafik usulidir. Boshqacha qilib aytganda, buni rasm koʻrinishidagi maʻlumotlar desak ham boʻladi. Infografika boshqa elementlarni (matn, koʻrsatkichlar, diagrammalar, bloklar va ikonlar) oʻz ichiga olishi mumkin, unda grafik tasvirlar asosiy rol oʻynaydi.
Infografikani odatda grafik dizaynerlar, baʻzan esa illyustratorlar yaratadilar.
Infografika oddiy rasm yoki tasvirli matndan nimasi bilan farq qiladi?
Infografika, umuman olganda, axborot uzatishning mustaqil vositasidir. Bir soʻz bilan aytganda, infografika materialni tez, vizual va yorqin taqdim etish uchun moʻljallangan.
Nima uchun infografika axborotlarni taqdim etish uchun qulay hisoblanadi?
Uning koʻpgina afzalliklari bor:
Birinchidan, infografika sizga katta hajmdagi maʻlumotlarni koʻrsatishga imkon beradi — matnni uzoq vaqt oʻqish uchun bugungi auditoriyaning sabri va vaqti kamlik qilmoqda.
Ikkinchidan, yaxshi infografika maʻlumotni yanada aniqroq qiladi.
Uchinchidan, qiziqarli rasm tomoshabinlarning eʻtiborini jalb qilishga yordam beradi, shuning uchun bu format ommaviy ravishda qoʻllaniladi. Bugungi zamonaviy taʻlim tizimida ham infografik materiallardan koʻproq foydalanish tavsiya etilmoqda.
Infografika qayerlarda ishlatiladi?
Infografika deyarli hamma joyda qoʻllaniladi. Masalan, ommaviy axborot vositalarida: ammo birinchi infografika faqat statistik maʻlumotlarni taqdim etish uchun ishlatilgan.

tải về 56.48 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương